O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI ROMAN GERMAN TILLARI FAKULTETI “Til o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti” fanidan
Mavzu: “Badiiy asarlar tarjimasida leksik gramatik nomutanosiblik holatlari va ularni bartaraf etish”
Bajardi: 406 italyan guruhi talabasi Bozorova Dilobar
Ilmiy rahbari: _________________________________
SAMARQAND -2022 REJA: KIRISH………………………………………………..………………
I BOB. Tarjimashunoslik tarixi …………………………………………
1.1. Tarjimaning umumiy nazariyasi ……………………………
1.2. Tarjimaning til muammolari……………………….………………………
I bobga xulosa...........................................................................................
II BOB. Badiiy asarlar tarjimasida leksik gramatik nomutanosiblik holatlar ............
2.1. Leksik va gramatik ma’nolar ..........................................
2.2 Badiiy tarjimada leksik-grammatik vositalar va ularning tarjima muammolari......................................................
XULOSA………………………..
FOYDALANILGAM ADABIYOTLAR RO'YXATI………………………
KIRISH Bugungi kunda zamonaviy globallashuv va madaniyatlararo aloqalarning jadal rivojlanishi, xalqaro aloqalarni kengayib borishi, davlatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va moliyaviy aloqalarning rivojlanishi, Yevropa mamlakatlari va butun dunyoning integrallashuv jarayonining kuchayib borishi, fan va texnologiyalarning rivojlanishi, ilmiy va texnikaviy ma’lumotlarning doimiy ravishda uzviy almashib borishining samarali omillari sifatida hozirgi kunda chet tillarining ahamiyati katta e’tiborga sazovordir. Shuningdek, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy taraqqiyot bosqichida chet tili dunyoning turli xalqlar vakillari o’rtasida og’zaki va yozma aloqa vositasi sifatida keng qo’llanilib kelmoqda.
Bilim va texnologiyalar jadal rivojlanishi oqibatida zamonaviy davr bugungi jamiyatda barcha jihatlarni qamrab olgan holda va zamonaviy iqtisodiyot o’zgarib boraytgan sharoit davrida, shuningdek turli xil sohalariga tegishli ilmiy va texnik matnlarni tarjima qilishda amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan tarjimonlar – mutaxassislar bugungi kunda alohida ehtiyojga munosibdir. Shu sababli keng bilimli tarjimon mutaxassislarga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi sababli, bugungi davrda dunyoning turli mamlakatlaridagi olimlar tezkor ma’lumot almashish va qo’shma tadqiqotlar olib borish imkoniyatlariga ega bo’lib, ushbu aloqa vositalari tufayli zamonaviy ilmfan misli ko’rilmagan natijalarga erishilmoqda. Bunday sharoitda ko’pgina ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ilmiy adabiyotlarning yuqori sifatli tarjimasiga ehtiyoji sezilarli darajada oshib bormoqda. Tarjimonlar esa ilmiy adabiyotlar tarjimalarini doimiy ravishda o’zining so’z boyligiga qo’shib borishi, atamalarni tushunish qobliyatini oshirib borish va ularning ma’nosini bilishi shartdir.
Shuning uchun ilmiy-texnik atamalrni tarjima qilishda tarjimon avvalam bor ilmiy-texnik nuqtai nazardan ma’noga katta e’tibor berishi lozim, keyinchalik esa ilmiy-texnik tor atamalari bilan solishtirilish ko’nikmasiga ega bo’lish lozim.