Kurs ishining dolzarbligi: Ta’lim jariyonida talabalar tarjima faoliyatining asosiy akspektlari haqida ma’lumotga ega bo‘lib,tarjima janri va shakllari, tarjimada funksional uslublar, tarjima jarayoni, tarixi, so‘z tanlash, lug‘at bilan ishlash haqida tasavvurga ega bo‘lishidir.
Kurs ishining maqsadi: o‘rganilayotgan tilning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunib yetishga, o‘rganilayotgan tilii o‘zbek tili bilan qiyoslab o‘rganishga, tarjima faoliyatinining ijtimoiy ahamiyatini anglashga, tarjimaning halqaro madaniy aloqalardagi o‘rnini ko‘rsatib berishga yo‘l ochib berish.
Fan nafaqat nazariya balki tarjimon bilishi zarur bo‘lgan tarjimashunoslik tarixini qolaversa, sharq va g‘arb tarjimachiligining eng qadimgi davridan to hozirgi kungacha bo‘lgan jarayonini tahlil qiladi. Shuningdek, tarjimashunoslik kursi chet tilini o‘qitishda tarjima nazariyasining bir necha bog‘liqligini ochib beradi.
Talabalarni tarjima jarayoni va natija sifatidagi asosiy muammolar bilan tanishtirish, tarjima qilishning nazariyasi haqida ma’lumot berish, shuningdek, mustaqil ravishda matn tarjima qilishga yo‘naltirish, har ikki tilda amalga oshiriladigan tarjimaning xalqaro anjumanlar, muzokaralar, ommaviy axborot vositalari materiallari borasida ham e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlarini o‘rgatishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: yo‘nalish va matn hususiyatlarini e’tiborga olgan holda talablarda tarjimashunoslik haqida tushuncha hosil qilish, o‘rganilayotgan sharq tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan o‘rganilayotgan sharq tiliga tarjima qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda tarjima mahoratini o‘rgatish, tarjima nazariyasi fani predmeti va vazifalari haqida tasavvurga ega bo‘lish, mustaqil ravishda biror – bir funksional uslubga oid tarjima qilish malakasiga, tarjima shakllari va janrlari haqidagi tassavurga ega bo‘lishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi:Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism tarkibida 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.