Fanining maqsadi va vazifalari “Botanika” fanini o`qitishdan maqsad talabalarga o`simliklar xujayrasi, o`simliklar to`qimalari, vegetativ va generativ organlari, changlanish va urug`lanish jarayonlari, mevaning hosil bo`lishi, tarqalishi o`simliklarning hayotiy shakillari, tuban o`simliklar; suvo`tlari, zamburug`lar va lishayniklar yuksak o`simliklar sistematikasi; tur, turkum, oila, o`simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, o`simlik jamoalari, fitotsenozning tuzilishi va o`zgarishi, o`simliklar qoplamining klassifikatsiyasi haqida ta`lim berishdan iborat. Fanning asosiy vazifasi talabalarga Botanika fanning ilmiy–nazariy asoslarini; ulardan foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash; mikropreparatlar tayyorlashni; o`quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o`rgatishdan iborat.
Fan bo`yicha bilimga, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar “Botanika” fani bo`yicha bakalavr: o`simliklar xujayrasi organoidlari va ularning funksiyalari; to`qima xillarining vazifalari; vegetativ organlar - ildiz, poya, barg vazifalari, tuzilishi; generativ organlar - gulning kelib chiqishi; morfologik va anatomik tuzilishi; changlanish xillari va urug`lanish jarayonlari; mevaning hosil bo`lishi, tarqalishi; o`simliklarning hayotiy shakllari; tuban o`simliklar: suvo`tlarining asosiy bo`limlarini, ularning tuzilishi va ko`payishi, zamburug`lar tuzilishi va ko`payish yo`llarini, shilimshiqlarning asosiy ahamiyatga molik turlarini, lishayniklarning tuzilishi, ko`payishi va ahamiyatini; yuksak o`simliklarning asosiy bo`limlarini, ularning tuzilishi va ahamiyati, aniqlagichlardan foydalanish; yuksak o`simliklardan gerbariy materiallarini tayyorlash; o`simlik morfologik belgilariga qarab turini aniqlash; o`simliklarning hayotiy shakllari, o`simlik jamoalarining shakllanishi, fitotsenozdagi jarayonlar, o`simliklar qoplamining klassifikatsiyasi, o`simliklarning xo`jalikdagi ahamiyati haqidailmiy bilimlar, amaliy o`quv ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.