O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə3/9
tarix08.11.2022
ölçüsü45,12 Kb.
#67912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
тубан фан дастури, 2019, биология

Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi
“Botanika” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, u 4 qismdan iborat: o`simliklar anatomiyasi va morfologiyasi 1 semestrda; tuban o`simliklar 2 semestrda; yuksak o`simliklar 3 semestrda, geobotanika asoslari 4 semestrda o`qitiladi. Ushbu fan dasturini amalga oshirishda o`quv rejagi “Sitologiya”,”Ekologiya”, “Kimyo”, “Chet tili”, “Gistologiya” fanlaridan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi.


Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o`rni

Respublikamizning iqtisodiy tarmog`ining asosini qishloq xo`jaligi tashkil etadi. Bundan tashqari, o`simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar farmatsevtika zavodlari va dorixonalarda keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, oqava suvlarni har xil chiqindilardan tozalashda o`simliklardan keng foydalaniladi. Shu bois, o`simliklarning biologik xususiyatlarini bilish, tabiiy zahiralarini aniqlash, ko`paytirish va ulardan oqilona foydalanishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun, ushbu fan asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo`g`inidir.




Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarni “Botanika” fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, muhim ahamiyatga egadir. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylardan foydalaniladi. Fanning o`qitish turlari dasturda ko`rsatilgan mavzular ma`ruza, amaliy mashg`ulotlar shaklida olib boriladi. SHuningdek, atroflicha bilim olishni ta`minlash maqsadida, talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar – “Klaster”, “Bumerang”, “Debatlar” va boshqa shu kabi uslublarda o`tish ham ko`zda tutilgandir. Ma`lumotlar ko`rgazmali o`quv qurollari, kodoskop, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yordamida olib boriladi. Ma`ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin