O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKUL’TETI
3-KURS TALABASI Taniqulov Azizbek Nuriddin oʻgʻlining Samarqand viloyati Urgut tumani 17-umumta’lim maktabida 1-choraklikda olib borgan pedagogik amaliyoti bo‘yicha
H I S O B O T
Samarqand 20122-2023
Sam DU Tarix fakulteti 3-kurs 301-guruh talabasi Mustafoyev Dilmurod Muhammad o’g’lining Samarqand viloyati Urgut tumani 17-umumta’lim maktabida 1-choraklikda amalga oshirgan pedagogik amaliyoti bo‘yicha HISOBOTI 2022-yil 29-sentabrda soat 16:00 da 113-auditoriyada “O’zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchilari va 3-kurs talabalari ishtirokida pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi o’tkazildi. Yig’ilishni Tarix fakulteti dekani dots. D.M.Djurakulova ochib berdi va amaliyotchi talabalarga pedagogic amaliyoti o’tkazilishi tartibi va muddati, hamda bu amaliyotning ahamiyati va ma’suliyati haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng “O’zbekiston tarixi” kafedrasi oʻqituvchilari so’zga chiqib kafedra o’qituvchilari qaysi talabalarga amaliyot rahbari ekanligini e’lon qildi va amaliyotchilarga omad tiladi.
Men Samarqand viloyati Urgut tumani 17-umumta’lim maktabida amaliyot oʻtab kelmoqdaman.
Menga 6-7-sinflar biriktirildi, 6-sinf o’quvchilariga Tarix fanidan, 7-sinf o’quvchilariga “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fanlaridan dars mashg’ulotini o’tib kelmoqdaman.Mening amaliyot rahbarim Mamarasulov D. bo’lib, men faoliyat olib borayotgan maktabda amaliyot rahbarim malakali pedagog, mazkur maktabda samarali mehnat qilib kelayotgan tarix fani o’qituvchisi Husanov Elbek.
Dars o’tish bo’yicha: Sentyabr oyida 6-A va 6-B sinfga Tarix fanidan jami 14 soat, 7-A va 7-B sinfga “O’zbekiston tarixi” fanidan jami 14-soat, 7-A va 7-B sinfga “Jahon tarixi” fanidan dars o’tdim,
Oktyabr oyida 6-A va 6-B sinfga Tarix fanidan jami 14 soat, 7-A va 7-B sinfga “O’zbekiston tarixi” fanidan jami 14-soat, 7-A va 7-B sinfga “Jahon tarixi” fanidan jami 12-soat, umumiy olganda 40 soat dars o’tdim, 1-chorakda jami bo’lib 80 dars o’tdim.
Ochiq dars o’tish bo’yicha: 18-sentabrda 6A sinfga Tarix fanidan “Misr - Nilning in’omi” mavzusida ochiq dars o’tdim. Ochiq darsimga o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Husanov Elbek hamda tarix fani o’qituvchilari Rasulova D.D., Qayumov Sh. Kirib tahlil qilishdi. O’quvchilar darsda faol qatnashdi. Mavzu Qadimgi Misr davlatining vujudga kelishi, o’ziga xos madaniyatning shakllanishi haqida bo’lib, o’quvchilar mavzu yuzasidan yaxshi tushunchaga ega bo’lishdi. Darsda proektrdan, klaster, aqliy hujum, bliss-so’rov meta xaritadan foydalanib dars o’tdim. Dars tahliliga kirgan o’qituvchilar ochiq darsimni namunali deya etirof etishdi.
14-oktabrda 7B sinfga O’zbekiston tarix fanidan “Arablar tomonidan O’rta Osiyoning istilo etilishi” mavzusida ochiq dars o’tdim. Ochiq darsimga tarix fani o’qituvchilari Husanov Elbek., shuningdek 7B sinf rahbari irib tahlil qilishdi. O’quvchilar darsda faol qatnashdi. Mavzu arablar tomonidan 651-715 yillarda amalga oshirilgan harbiy yurishlari, egallagan hududlarda yuritgan mustamlakachilik siyosati haqida bo’lib, o’quvchilar mavzu yuzasidan yaxshi tushunchaga ega bo’lishdi. Darsda proektrdan, klaster, aqliy hujum, bliss-so’rov meta xaritadan foydalanib dars o’tdim. Dars tahliliga kirgan o’qituvchilar ochiq darsimni namunali deya etirof etishdi. 1-chorakda jami 2 ta ochiq dars o’tkazdim.
Darslarga tahlil qilish uchun kirish bo’yicha: 9-sentabrda tarix fani o’qituvchisi Qayumov Sh.ning 8-A sinfiga Jahon tarixi fanidan “Buyuk geografik kashfiyotlar”mavzusida o’tgan darsiga tahlil qilish uchun kirdim. O’qituvchi darsni yurtimizda sodir bo’layotgan 2-minutlik yangiliklarni yetkazish bilan boshladi. Darsning asosiy qismiga o’tib o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazdi. Keytin yangi mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar bilan tushuntirdi, FSMU, baliq sekeleti, klaster metodlaridan foydalanib dars olib bordi. O’quvchilar ham savol-javoblarda faol qatnashdi. Dars mazmunli o’tdi. Men bu dars mashg’ulotidan ta’lim metodlaridan foydalanishni o’rgandim.
19-oktabrda tarix fani o’qituvchisi Rasulova D.ning 11-A sinfiga O’zbekiston tarixi fanidan “O’zbekistonda iqtisodiyotning rivojlanishi” mavzusida o’tgan darsiga tahlil qilish uchun kirdim. O’qituvchi darsni yurtimizda sodir bo’layotgan 2-minutlik yangiliklarni yetkazish bilan boshladi. Darsning asosiy qismiga o’tib o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazdi. Keyin yangi mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar bilan tushuntirdi, FSMU, baliq sekeleti, klaster metodlaridan foydalanib dars olib bordi. O’quvchilar ham savol-javoblarda faol qatnashdi. Dars mazmunli o’tdi. Men bu dars mashg’ulotidan ta’lim metodlaridan foydalanishni o’rgandim. 1-chorakda jami 5 ta darsga tahlil qilish uchun kirdim.
Sinf rahbar sifatida faoliyat olib borish bo’yicha: Menga sinf rahbar yordamchisi sifatida 6A sinf biriktirilib, ushbu sinf rahbari Asadova Bahora Anvarovna bilan sinf rahabarlik qilib kelmoqdamiz. Men u kishidan sinf bilan ishlash, sinf rahbari sifatida pedagogic ishlarni amalga oshirishni o’rganib kelyapman. Sinf jurnalini yuritish, sinf hujjatlarini tayyorlash va sinf o’quvchilari bilan ishlashni o’rgandim. 6A sinfda 27 ta o’quvchi o’qiydi, shundan 17 tasi qiz bola, 10 nafari o’g’il bolani tashkil etadi. Sinf sardori Alimov Sohib, tozalik komissiyasi: Majidova Adiba, Erkinova Lola, yoshlar ittifoqi yetakchisi: Bahodirov Obid.
24-sentabrda 6A sinf o’quvchilaruining ota-onalar majlisi o’tkazildi. majlisda kun tartibidagi masalalar ya’ni tartib-intizom, kitobxonlik, bola ustidan nazorat, bo’sh vaqtilarini mazmunli band qilish masalalari ko’rib chiqildi.
Men mana shu vaqt ichida olib brogan pedagogic amaliyot davrida ko’pgina xalq ta’limiga doir hujjatlarni, o’qituvchilaga tegishli hujjatlarni, ta’lim metodlari va ulardan foydalanishni, sinf bilan ishlashni, tadbirlar o’tkazishni va hokazoarni o’rgandim.