O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
arxivshunoslik (1)

Arxivlar haqida 
umumiy tushuncha 
Arxivlarning vujudga kelishi 
va rivojlanish tarixiga bir 
nazar 
Муаммоли савол: Архивлар қачон ва 
нима сабабдан пайдо бўлди? 



joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari 
arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi. 
Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning 
arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan 
arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda 
Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli 
hujjatlar majmuasi saqlanmoqda. 
Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi 
natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari 
bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari 
g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va 
umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa 
arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi 
oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi. 
XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib 
keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni 
boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada 
Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur 
arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining hujjatlarini topshirish shart etib 
qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi 
shart edi. Fransiyada arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun 
namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin 
Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat 
arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har 
biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari 
tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish 
va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus 
arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv 
instituti – Xartiyalar maktabi ochildi. 
Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari 
o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, 
Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal 
Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat 
arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik 
arxivlar qatoriga kiradi. 
O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa 
o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va 
uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi. 
Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini 
muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro 
Arxiv Kengashi tashkil etildi. O’zbekiston arxiv muassasalari ham mazkur xalqaro 
tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida 



aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta 
ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” 
nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
 
Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi 
tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi. 
Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning 
yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik 
fani paydo bo’ldi. 
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni 
turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda 
foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy 
qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish 
tamoyillarini ishlab chiqadi. 
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda 
ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni 
saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri 
yo’lga qo’yish amri maholdir. 
Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat 
muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun 
yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori 
ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash 
imkonini beradi. 
Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan ham 
zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik, arxivshunoslik” 
mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga kirishildi. 
Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli 
arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga 
o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir. 
Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv 
muassasalarining vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning 
hozirgi ahvoli, faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan 
birga arxivlarning maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash 
va saralash, ularni saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish 
usullarini o’rganamiz. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin