11
3- Mavzu: Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi
Reja:
1. Mustamlaka Turkiston idoraviy arxivlarining vujudga kelish
2.
Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi
O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z
mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya
boshqaruv tizimi joriy qilindi.
Yangi bosib
olingan
hududlarda
Turkiston
general-
gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va general-
gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni
harbiy gubernatorlar
boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy
boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi.
O’lkada mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati
natijasida doimiy ravishda
ko’plab hujjatlar vujudga kelgan. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to
qishloq boshqaruv idoralariga qadar hujjatlar to’planib borgan,
ular bevosita shu
muassasaning o’zida saqlangan. Shunday qilib chor mustamlakachiligi davrida
Turkistonda har bir muassasa qoshida arxivlar vujudga kelganiligini kuzatamiz.
Ammo bu idoraviy arxivlarni o’zaro bog’lash va yagona
davlat arxivlari tizimini
barpo etish e’tibordan chetda qoldi.
Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust
tashkillashtirilgan edi. Ko’p tashkilotlarda arxivlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan
xonalar yo’q edi. Shu sababdan hujjatlar ko’pincha
zax qaznoqlarda, yog’och
saroylarda saqlangan.
Bundan tashqari, hujjatli manbalarni saqlash ishiga
tashkilot rahbarlarining
o’zlari ham jiddiy zarar yetkazganlar. Ular qog’ozlarni yakkash o’zlari ko’rib chiqib,
keraksiz deb hisoblaganlarini yo’qotib yuborganlar. Hujjatli materiallarni yo’q qilish
turli chekka o’lkalarda, jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha
davrdayoq ilg’or kishilarni tashvishga solib qo’ygan edi. 1914 yilda Orenburgda
o’tkazilgan guberna olimlari arxiv komissiyasining I syezdida shu komissiya a’zosi
A. Popov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Keyingi 12 yil davomida yo’qotilgan
yuz minglab ishlarning anchagina qismi O’rta Osiyoning qo’shilishi va
bosib olinishi,
Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida edi”.
Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan edi.
Misol tariqasida quyidagi faktni keltirish mumkin. Farg’ona viloyati harbiy shtabida
25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida 105 pud “keraksiz”
arxiv materiallari savdogarlarga o’rov sifatida sotib yuborilgan. Tez orada muhim
Dostları ilə paylaş: