19
ma’lumotnomalar berilar edi. Xodimlar arxivdagi hujjatlarni targ’ib
qilish borasida
ham keng ko’lamda ish olib bordilar. Faqatgina 1981-1985 yillar davomida ular
843ta maqola e’lon qildilar, 583ta radioeshittirish va 29ta teleko’rsatuvda faol
ishtirok etdilar. 243ta hujjatlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Arxivlarning o’quv
zallarida 3906 tadqiqotchi ishladi. Ilmiy-tarixiy tadqiqotlar
saviyasiga arxivlardagi
maxfiylik rejimining susayishi ham ijobiy ta’sir qildi. 1987-1990 yillarda ilgari
maxfiy saqlangan 99,9 ming yig’majildni ilmiy xodimlar foydalanishi uchun ruxsat
berildi.
Shunday qilib, sovet davrida O’zbekistonda davlat arxiv xizmati shakllandi va
rivojlandi. Bu davrda arxiv tizimida qator kamchilik va nuqsonlar mavjud edi. Lekin,
ulardan qat’i nazar O’zbekiston arxivlari ilmiy va amaliy
maqsadlar va talablarni
qondira oladigan yirik maskanlarga aylandi.
Tayanch iboralar
Bosh arxiv boshqarmasi– O’zbekiston hududida
barcha arxivlar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi raxbar tashkilot
Davlat arxiv fondi
– davlat tasarrufiga olingan hamda davlat va idoraviy
arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar majmui
Viloyat arxiv bo’limlari
- (yoki okrug arxiv byurolari)
- u yoki bu viloyat
(okrug) hududida arxivlarga rahbarlik qiluvchi organ
Saqlov birligi
– (yedinisa xraneniya)
arxivlarda saqlash uchun
alohida yig’majild (delo) larga birlashtirilgan
hujjatlar to’plami
Markaziy arxivlar
– respublika ahamiyatiga molik hujjatlarni saqlovchi
arxivlar. Bu arxivlarda asosan markaziy davlat
organlari hujjatlari saqlanadi
Mahalliy arxivlar
– turli davrlarda mavjud bo’lgan va hozirda faoliyat
ko’rsatayogan viloyat, shahar va rayon arxivlari
Dostları ilə paylaş: