58
Muammoli savol: Davlat arxivlarida kataloglarning qanday turlaridan
foydalaniladi?
Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir.
Bunda hujjatlar
haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha
guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi.
Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning o’zaro bog’liqligi va
munosabati asosida tuziladi. Masalan, «Din» umumiy tushunchasiga quyidagi
ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm», «Iudaizm»
(yaxudiylik), «Buddaviylik». O’z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha
bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga»,
«umumiydan ayrimga» tamoyili bo’yicha davom etadi. Barcha turkum tarhlari
ichida sistematik kataloglar tarhlari eng murakkabidir.
Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek O’zbekiston
Respublikasida «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» sistematik kataloglar
uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat
arxivlarida sistematik
kataloglar uchun turkum tarhi ishlab chiqilgan.
«O’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning mohiyati shundaki, bitta umumiy
tushunchaga bo’ysungan, bog’langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan.
Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan
arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo’lingan.
Ular o’z navbatida yuzdan, ming-dan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga
bo’linadi.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning asosiy bo’limlari
quyidagilar:
0. Umumiy bo’lim.
1. Falsafa.
2. Din.
3. Ijtimoiy fanlar.
4. Filologiya. Tilshunoslik.
5. Matematika. Tabiiy fanlar.
6. Amaliy bilimlar. Tibbiyet. Texnika.
7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar.
8. Adabiyot. Adabiyotshunoslik.
9. Ulkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»
kutubxona kitoblari uchun
ishlab chiqilgan bo’lsa-da, undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash
uchun ham foydalansa bo’ladi.
Mavzuiy kataloglar
. Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60-yillardan
keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzular bo’yicha
kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy shahar, viloyat davlat arxivlarida -
sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu bo’yicha
kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi.
Bunday kataloglarda
mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida yana mayda
59
bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston general-gubernatorligida milliy-ozodlik
harakati mavzusi bo’yicha katalogda quyidagi kichik mavzular bo’lishi mumkin:
Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg’oloni, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni
va hokazo. Bularning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin.
Xronolog katalog
. Bunday katalog turkumi tarhi davrlar, asrlar, yillar kabi
bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan
vaqfnomalar uchun
xronologik katalog tuzilsa, u asrlar bo’yicha bo’lishi mumkin: XIII asr, XIV asr,
XV asr, XVI asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Xar bir asr katalogning bo’limi
hisoblanadi. Bo’limlar bo’linmalarga ellik, o’ttiz, yigirma, o’n
yilliklarga
bo’linadi. Masalan, XVIII asr: 1701-1710, 1711-1720, 1721-1730, 1731-1740
yillar va hokazo.
Ismlar katalogi
. Ismlar katalogida bo’limlar familiyalardan iboratdir.
Bo’limlar ichida bo’linmalar u yoki bu shaxs faoliyatining u yoki bu qirralarini
yoritadi. Masalan, Fayzulla Xo’jayev: Davlat faoliyati; partiyaviy faoliyati;
ilmiy
faoliyati; kitoblar; broshyuralar; maqolalar; ma’ruzalar; xatlar, u haqidagi
maqolalar.
Bo’limlarda familiyalar alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Bo’linmalar va
bo’linmaning bo’lakchalari alfavitlar bo’yicha emas, sistematik mantiqiy ravishda
birin-ketin joylashtiriladi.
Geografik katalogning turkum tarhi alfavit tartibida joylashgan geografik va
topografik nomlardan: viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, daryolar, ko’llar,
suv omborlari va boshqalardan iborat.
Viloyatlar, shaharlar nomlari bo’limlar
hisoblanadi va alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahri quyidagi
bo’limlarga bo’linadi: tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy o’quv yurtlari,
texnikumlar, maktablar, sanoat korxonalari va hokazo.
Hozir barcha yirik davlat arxivlarida sistematik, ismlar, geografik kataloglar
mavjud. Bu ma’lumotnomalar tadqiqotchiga ishlayotgan mavzu bo’yicha
kerakli
arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi.
Arxivlardagi kataloglar tizimida ularning
fondlaridagi barcha ma’lumotlar
uz aksini
topishi kerak. Fondlarni kataloglashtirishda
birinchi navbatda muhim va ko’p
foydalaniladigan jamg’armalar tanlab olinadi, Masalan, davlat hokimiyati va
boshqarish idoralari (UzSSR XKS, Oliy Sovet Prezidiumi) fondlari, iqtisodiyot,
madaniyat sohasidagi idora va tashkilotlar hujjatlari muhim fondlar qatoriga kiradi.
Davlat arxivlarida kataloglashtiriladigan fondlar ro’yxati va rejasi tuziladi.
Kataloglashtirish uchun tanlab olingan fond materiallari o’rganilib, kerakli
yig’majildlar tanlab olinadi. Dastlab ro’yxatlardan idora yoki tashkilotning asosiy
faoliyatini yorituvchi bo’limlari tanlab olinadi. Tashkilotning yordamchi, xo’jalik
sohalari bo’limlari bo’yicha jildlar olinmaydi.
Fond yig’majildlari tanlab olingandan keyin ular sinchiklab o’qib, o’rganib
chiqiladi. Hujjatlardagi eng muhim axborotlar, faktlar, voqyealar, xodisalar
umumlashtirilib, kartochkada bayon qilinadi. Bunda hujjatlardagi ma’lumotlarning
ahamiyatiga qarab har xil usullar qo’llaniladi. Varaqaga bir hujjat, bir yig’majild
Dostları ilə paylaş: