O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
arxivshunoslik (1)

Hujjatlarni ekspertizada 
o’tkazish tushunchasi. 
Ekspertizaning vazifalari 


34 
hujjatlar bilan uni to’ldirish masalasi hal etiladi (Shuni e’tiborga olish kerakki, 
ko’p hollarda bitta hujjatning nusxalari bir vaqtning o’zida bir necha fondlar 
tarkibida saqlanishi mumkin). 
Hujjatlar boshqa maqsadda ham ekspertizadan o’tkazilishi mumkin. 
Hujjatlarni nashrga tayyorlash chog’ida, turli ma’lumotnomalar (ro’yzatlar, 
tavsifnomalar, kataloglar, yo’lko’rsatkichlar) yaratishda, mikrofilpmlashtirish 
uchun saralab olish paytida ekspertiza qilinadi. Hujjatlar bir arxivdan boshqa 
arxivga o’tkazilgan holatda ham ekspertizada o’tkaziladi. Bunday paytda hujjatlar 
ularni qabul qilib olayotgan arxivning sohasiga to’g’ri kelishi yoki kelmasligi 
aniqlanadi. Arxivlar uchun sotib olinayotgan yangi hujjatlar ham ekspertizada 
o’tkazilishi shart. Arxivlar, muzeylar, kutuxonalar, odatda, yangi hujjatni sotib 
olish chog’ida ularning qiymatini aniqlash maqsadida har tomonlama o’rganib 
chiqadilar. 
Ekspertiza jarayonida shu narsani yodda tutish kerakki, yo’q qilingan 
hujjatni qayta tiklash qiyin ishdir. Ko’p hollarda esa ularni qayta tiklash umuman 
mumkin emas. Shuning uchun hujjatlarni davlat asroviga olish ishlari puxta yo’lga 
qo’yish zarur. Shu bilan birga ikkinchi va uchinchi darajali hujjatlarni doimiy 
saqlash uchun qoldirish ham maqsadga muvofiq emas. Ayniqsa hujjatlarning 
miqdori keskin oshib borgan hozirgi davrda bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Shu 
boisdan ekspertizaning muhim vazifalaridan biri – bu saqlanadigan hujjatlar 
miqdorini kamaytirishga erishishdan iboratdir. Ayni paytda davlat uchun, fan 
uchun muhim ma’lumot beruvchi hujjatlarni esa yo’qotmaslik vazifasi ham g’oyat 
muhimdir. 
Shunday 
qilib, 
ekspertiza 
jarayonida 
arxivshunoslar, 
tarixchilar, 
manbashunoslar va boshqa soha mutaxassislari birgalikda davlat arxiv fondini 
optimal hajmini saqlash kabi muhim ilmiy vazifani to’g’ri hal etishlari talab 
qilinadi. 
Hujjatlarni 
ilmiy 
qiymatini 
aniqlash 
jarayonida 
tarixiylik, 
yaxlitlik 
va 
hartomonlamalik 
tamoyillariga 
amal 
qilinadi. Tarixiylik tamoyili har bir hujjatni 
ma’lum tarixiy davr mahsuli sifatida 
baholashni, shuningdek, bu hujjatga nafaqat hozirgi kun, balki kelajak nuqtai 
nazaridan qarashni taqozo etadi. Ekspertizada nisbatan murakkab bo’lgan tamoyil 
– bu hartomonlamalik tamoyilidir. Mazkur tamoyilga binoan hujjatning mazmunini 
turli tomonlar (nuqtai nazar) dan tahlil qilish lozim. Masalan, konkret bir hujjat bir 
vaqtning o’zida ham tarix, ham adabiyot tarixi, ham san’at tarixi haqida ma’lumot 
berishi inobatga olinishi kerak. Hujatning ilmiy ahamiyati ba’zan uning qaysi tilda 
bitilganligi, qanday materialga yozilganligi (pergament, qog’oz va h.), hujjatdagi 
rasmlar yoki uning chekkasiga bitilgan qaydlar bilan ham belgilanishi mumkin. 
Demak, ekspertiza qilish chog’ida shularning hammasini e’tiborga olish shart. 
Ekspertizada yaxlitlik tamoyili keng ravishda qo’llaniladi. Buning ma’nosi shuki, 
hujjatlar bir-biridan alohida tarzda emas, balki muassasa faoliyati davomida 
yaratilgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda baholanadi. Mazkur tamoyilning 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin