O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Муаммоли савол: Ҳужжатларни экспертиза қилиш



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
arxivshunoslik (1)

Муаммоли савол: Ҳужжатларни экспертиза қилиш 
жараёнида қандай асосий меъёрлар эътиборга 
олинади? 


36 
Hujjatlar qimmatini ekspertiza qilayotgan shaxs DAF hujjatlari tarkibini 
bilishi, jumladan qaysi hujjat qaysi arxivlarda saqlanishini yaxshi bilishi zarur. Aks 
holda davlat arxiviga qabul qilinishi zarur bo’lgan hujjatlarni aniqlashda xatolikka 
yo’l qo’yilishi mumkin. 
Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish ishi bir necha bosqichda amalga 
oshiriladi. Birinchi bosqichda hujjatlar vujudga kelishi bilanoq ularning qiymatiga 
baho berilib, bu hujjatlarni saqlashning taxminiy muddatlari beligilanadi. 
Ikkinchi bosqichda muassasa arxivlarida vaqtinchalik saqlanayotgan 
hujjatldar yo’q qilinadi va davlat arxivlariga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar 
saralab olinadi. 
Uchinchi bosqichda doimiy saqlash uchun hujjatlar uzil kesil tanlab olinadi. 
Bu ish davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish jarayonida amalga 
oshiriladi. Bu bosqichda ekspertizaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
tarmoqlararo dublikasiyalarga yo’l qo’ymaslik, arxiv fondining to’laligini 
ta’minlash va kerak bo’lganda ayrim yetishmayotgan hujjatlarni topish. 
Ekspertizada arxiv fondlari xujjatlarini kompleks ravishda baholash 
muhimdir. Bu holda bir-biriga tashkiliy yo tarixiy jihatdan yangi bo’lgan 
fondlarning hujjatlari bir vaqtda ekspertizadan o’tkaziladi. 
Ekspertiza ishlariga hujjatlar ro’yxati (perechenp) asos qilib olinadi. Bu 
ro’yxatda hujjatlarning nomi, ularni saqlash muddatlari, shuningdek davlat 
arxiviga o’tkazilishi shart bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tiladi. 
Hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash ekspertizaning mas’liyatli 
ishlaridan biridir. Muassasalarda odatda ikki xil hujjatlar guruhi yig’iladi: 1) 
muassasaning o’zida yaratilgan hujjatlar; 2) boshqa tashkilotlardan olingan 
hujjatlar. Eng avvalo birinchi guruhga kirgan hujjatlarni saqlash muddatlarini 
aniqlash kerak. Chunki, shu guruh hujjatlari mazkur tashkilotning faoliyatini ochib 
beradi. Ular orasida mazkur muassasa faoliyati davomida yaratilgan qarorlar, 
bayonnomalar (protokollar), farmonlar, farmoyishlar, istiqbolli va yillik rejalar, 
hisobotlar, yo’riqnomalar, nizomlar, maromnomalar, ma’ruza, tavsiflar, 
qurilishlarning texnikaviy loyihalari, ilmiy asarlar, badiiy asarlar, kinos’yomkalar 
hamda audio- va videokassetalarning originallari va boshqalar ayniqsa muhimdir. 
Muassasaning asosiy faoliyati yuzasidan yuqori va quyi tashkilotlar rahbarlari 
bilan olib borilgan yozishmalar ham doimiy saqlanadigan hujjatlar qatoriga kiradi. 
Birinchi guruhga kiruvchi boshqa hujjatlar uchun esa vaqtinchalik saqlash 
muddatlari belgilanadi. 
Ikkinchi guruh hujjatlari esa tamoman boshqacha yondashuvni talab qiladi. 
Bu guruh hujjatlari yuqori tashkilotlarning ijro etish uchun yuborgan hujjatlardan, 
quyi tashkilotlarning hisobot hujjatlaridan va mazkur muassasa bilan hamkorlik 
qilayotgan tashkilotlarning maktublaridan iboratdir. Bu hujjatlarning aksariyat 
ko’pchiligi uchun vaqtinchalik saqlash muddatlari belgilanadi. Bu muddatning 
uzoq yoki yaqin bo’lishi hujjatdagi ko’rsatmani bajarilishi yoki bu hujjatdan 
foydalanish vaqti bilan belgilanadi. 


37 
Hujjatlar qiymatini ekspertiza qilish ishlari ekspert 
komissiyalari va ekspert-tekshiruv komissiyalari 
zimmasiga yuklatiladi. Bu komissiyalar doimiy amal 
qiluvchi maslahat organlari hisoblanadi. Muassasalar 
va arxivlarda ekspert komissiyalari, arxivlarni boshqarish organlarida esa ekspert 
tekshiruv komissiyalari tashkil etiladi. 
Muassasaning ekspert komissiyasi rahbarning buyrug’iga binoan eng 
malakali xodimlar hisobidan tashkil etiladi. Rais etib rahbar xodimlarning biri 
tayinlanadi. Muassaslarning ekspert komissiyalari har yili saqlanishi kerak bo’lgan 
hujjatlarni va yo’q qilinishi lozim bo’lgan hujjatlarni aniqlaydilar. Doimiy va uzoq 
saqlanishi kerak bo’lgan hujjatlar talabga muvofiq ravishda rasmiylashtiriladi, yo’q 
qilinishi zarur bo’lgan hujjatlarga dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomalarda 
ekspert komissiyasining tarkibi, yig’majildlarning sarlavhasi, ro’yxat tartibi, yo’q 
qilinishi kerak bo’lgan hujjatlarning miqdori ko’rsatiladi. 
Arxivlardagi ekspert komissiyalarining vazifalari muassasa komissiyalariga 
nisbatan kengroqdir. Arxivlarning ekspert komissiyalari arxiv sohasiga muvofiq 
ravishda saqlanishi kerak bo’lgan hujjatlar kategoriyasini aniqlaydi, fondlar 
tarkibining to’laligini belgilaydi va yetishmayotgan hujjatlarni topish uchun chora-
tadbirlar ishlab chiqadi. Komissiya arxivga kelayotgan barcha hujjatlarni 
sinchiklab o’rganadi. Uning xulosasiga tayanib arxivlarga yangi hujjatlar qabul 
qilib olinadi. Ekspert-tekshiruv komissiyalari arxivlarni boshqarish muassasalari 
(respublika Bosh arxiv boshqarmasi, viloyat arxiv bo’limlari) qoshida tashkil 
etiladi. Ular muassasa va davlat arxivlarida ekspertizalar o’tkazish va arxivlar 
fondlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirish masalalari bo’yicha asosiy ilmiy-metodik 
markazlar vazifasini bajaradi. Ekspert tekshiruv komissiyalari arxivlar va 
muassasalardagi ekspert komissiyalari faoliyati ustidan nazorat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Bosh arxiv boshqarmasi huzurida tashkil etilgan 
Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi viloyatlar va respublika markaziy 
arxivlarida faoliyat ko’rsatayotgan ekspert komissiyalari ishini yo’naltiruvchi va 
nazorat qiluvchi organdir. Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi ekspertiza 
ishlarida va davlat arxivlarini to’ldirish jarayonida paydo bo’ladigan bahsli 
masalalarni hal etadigan oliy organ hisoblanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin