O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
arxivshunoslik (1)

Manbalar va adabiyotlar 
Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. 
Teoriya i pratika arxivnogo delo v SSSR. Moskva, 1980. 
8- Mavzu: Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish 
 
Reja: 
1. 
Arxivlarni 
komplektlash 
tushunchasi. 
Arxivlarni 
yangi 
hujjatlar bilan to’ldirish manbalari 
2. 
Arxivlarni yangi hujjatlari bilan to’ldirishni tashkil etish 


39 
Arxivshunoslikda 
«arxivlarni 
komplektlash» deganda ularni yangi 
hujjatlar bilan to’ldirish tushuniladi. Davlat 
arxivlari sistemali ravishda yangi hujjatlar 
bilan 
to’ldirib 
boriladi. 
Arxivlarni 
komplektlash tartibi qonunda, O’zR Bosh 
arxiv boshqarmasining nizomlarida hamda rejalarda belgilab beriladi. 
Idoraviy arxivlar ham doimiy tarzda yangi hujjatlar bilan to’ldiriladi. Bu 
arxivlarga har yili yangi hujjatlar qabul qilinadi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar 
vaqtincha, ma’lum muddat davomida saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng 
ilmiy ahamiyatga molik hujjatlar doimiy ravishda saqlash uchun davlat arxivlariga 
topshiriladi, qolganlari esa dalolatnoma tuzilib, yo’q qilinadi. 
Davlat arxivlarini komplektlash murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib, u 
hujjatlar manbasini aniqlash, hujjatlarni tanlab olish va ularni davlat arxivlari 
shoxobchalariga taqsimlashni o’z ichiga oladi. Hujjatlar va yig’majildlarni idoraviy 
arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish ham arxivlarni komplektlash bilan bevosita 
bog’liqdir. 
Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad har bir arxivda uning 
yo’nalishiga mos keladigan hujjatlarni imkon qadar to’liqroq yig’ishdir. Bu esa 
hujjatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, 
ulardan har tomonlama foydalanish imkoniyatini beradi. 
DAF hujjatlarini davlat arxivlari shoxobchalariga taqsimlash har bir arxiv 
fondining bo’linmasligini hamda hujjatlarni turkumlashning asosiy belgilarini 
inmobatga olgan holda amalga oshiriladi. 
O’zR DAF hujjatlari respublika ahamiyatiga va mahalliy ahamiyatga molik 
bo’lgan materiallarga bo’linadi. Respublika ahamiyatiga molik hujjatlar qatoriga 
Turkiston general-gubernatori mahkamasi, Muvaqqat hukumatning Turkiston 
Komiteti, TASSR va O’zSSR MIK va XKS, O’zSSR Oliy Soveti iva Ministrlar 
Soveti, O’zR Prezidenti Devoni, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, respublika 
vazirliklari va muassasalari fondlari markaziy ahamiyatga molik hujjatlardir. 
Bunday hujjatlar ularning mazmuni, yaratilish texnikasini hisobga olgan holda 
markaziy davlat arxivlari – O’zR MDA, O’z ITMH MDA, O’zR KFFH MDA yoki 
O’zR Prezidenti Devoni arxivida joylashtiriladi. 
Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar respublikaning ma’muriy-siyosiy 
tuzilishi asosida tuzilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi MDA, viloyat davlat 
arxivlari va ularning filiallari hamda Toshkent shahar davlat arxiviga taqsimlanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin