9
Buxoro amirligi arxivi haqida uzoq vaqt hyech narsa ma’lum emas edi.
Faqatgina 1931 yilning dekabrida Buxoro arkidagi suvab tashlangan yerto’lada arab
alifbosida, fors-tojik tilida yozilgan nomalar betartib xolda topildi. Dastlab bu
materiallar Buxoro muzeyiga keltirilib, chek tarzida saralanadi va tartibga keltiriladi.
1937-1938 yillarda 77764 ta maktub O’zbekiston SSR
Markaziy Davlat arxiviga
o’tkaziladi va bu majmuaga Buxoro amiri Qushbegiisi fondi deb nom beriladi.
Buxoro amiri Qushbegisi arxividagi hujjatlar XIX asr oxirlaridan to 1920
yilgacha bo’lgan davrga taalluqlidir. Ular orasida Buxorodagi Rossiya siyosiy
agentligi bilan ichki va tashqi siyosiy masalalarga
doir diplomatik yozishmalar,
mansabdor shaxslarning joylardagi ahvol haqidagi xabarlari, soliqlar, xalq sayillarini
o’tkazish, jinoyat-qidiruv, dehqonlar qo’zg’olonlari, amirlikka olimlar, harbiylar, chet
elliklarning kelishi, qo’shinlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi, lavozimga
tayinlash haqidagi yorliqlar va boshqa hujjatlarni uchratish mumkin. Fond
majmualari orasida faqatgina Qushbegiga yuborilgan materiallar bo’lmay, qozikalon
va amir xazinasini yurituvchi devonbegiga oid rasmiy hujjatlar ham mavjud.
Buxoro amirligi arxivi ustida ishlash amirlikning XIX asr oxiri va XX asr
boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishda muhim o’rin tutadi.
Hozirgi kunda
sharqshunos-olimlarning bir guruhi mazkur hujjatlarni o’rganish, tahlil etish, tarjima
qilish va ilmiy muomalaga kiritish bo’yicha ish olib bormoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’rta Osiyo
hududida arxivlar qadimgi
zamonlardan mavjud bo’lgan. Ammo turli sabablarga ko’ra bu arxivlarning
ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Biz hozirgi kunda Xorazm podsholari va So’g’d
davlati arxivlarining
ayrim hujjatlarini, shuningdek XVI-XIX asr vaqf hujjatlari
hamda
qisman XIX asrga tegishli Xiva, Qo’qon xonliklari va Buxoro amirligi
arxivlariga mansub hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga egamiz.
Dostları ilə paylaş: