17
Bu davrda shahar va rayon arxivlarini tashkil etishga kata e’tibor berildi. 1936
yilga kelib Andijon, Namangan, Qo’qon shahar arxivlari va 31
ta rayon arxivi
faoliyat ko’rsatmoqda edi.
Markaziy va mahalliy davlat muassasalarida arxiv ishlarini yo’lga qo’yishga
ko’p e’tibor berildi. O’zbekiston arxivlari muntazam ravishda hujjatlar bilan to’ldirib
borildi. 1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga yetdi, hujjatlar esa 1580450 saqlov
birligini tashkil etdi.
Arxiv hujjatlaridan amalda foydalanish ishida ham ma’lum ijobiy o’zgarishlar
ro’y berdi. Matbuotda arxeografik yo’nalishdagi
maqolalar chiqa boshladi, 5 ta
hujjatlar to’plami nashrga tayyorlandi, arxiv materiallari ko’rgazmalari uyushtirildi.
Arxiv hujjatlaridan xalq xo’jaligini rivojlantirish maqsadlarida ham foydalanilardi.
Masalan, foydali qazilmalar, suv xo’jaligiga doir ma’lumotlarni
aniqlash borasida
ishlar olib borildi. Bu ishlarning natijalari sanoatni rivojlantirish, yangi irrigasiya
inshootlarini barpo qilish, sug’orish ishlarini yo’lga qo’yishda qo’llanildi.
Arxiv hujjatlaridan ilmiy-tarixiy tadqiqotlarda ham keng foydalanish yo’lga
qo’yildi. 1929-1939 yillarda O’zSSR Markaziy Arxiv boshqarmasining o’quv zalida
444 tarixchi ish olib bordi. Ular 28768
ta hujjat bilan tanishib, ulardagi
ma’lumotlardan o’z ilmiy ishlarida foydalandilar.
Arxivlar tashkilotlar va fuqarolarning talablariga binoan turli ma’lumotnomalar
berar edilar. 1934-1938 yillarda 2100 ta ana shunday ma’lumotnomalar berildi.
30-yillarning oxirida an’anaviy qatag’onlarning kuchayishi arxivlar faoliyatiga
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Arxivlar 1938 yilda Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD)
tasarrufiga o’tkazildi. Natijada arxivlarning faoliyati mazkur jazolovchi organning
manfaatlariga moslashtirildi. Arxivlarning ijtimoiy ahamiyatga
molik vazifalari esa
ikkinchi o’ringa surib qo’yildi.
Shunday qilib, 20-30-yillarda O’zbekistonda organlarining keng tarmoq arxiv
shoxobchalari vujudga keltirildi. Arxiv muassasalarining faoliyati takomillashib
bordi. Lekin, totalitar tuzum sharoitida arxivlar faoliyatida
talay kamchilik va
muammolar mavjud edi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay
1941-1945 yillarda respublika hukumati arxiv
ishini yaxshilash
sohasida ancha ishlarni
amalga oshirdi. 1943 yilda O’zbekiston
kinofotofonohujjatlar markaziy arxivi tashkil qilindi. 108ta rayon davlat arxivlari
ochilib, ularning mudirlarini oylik maoshi deyarli 3 baravarga oshirildi. Arxivlar
yangi kadrlar bilan mustaxkamlandi. Urush yillarida arxivlarda
mehnat qilayotgan
xodimlarning soni 113 kishidan 306 kishiga yetdi. Arxiv xodimlari hujjatlarni ehtiyot
qilish maqsadida idoraviy arxivlar ishini tartibga solish va bu yerdagi hujjatlarni
davlat arxivlariga qabul qilishga alohida e’tibor berdilar. 1941-1942 yillarda
respublika davlat arxivlariga 0,5 million saqlov birligi qabul qilindi. 1944-1945
yillarda esa bu ko’rsatkich 48 ming saqlov biriligini tashkil etdi.
Qabul qilingan
hujjatlar sonining kamayishi joylar yetishmasligi hamda tashkilotlarda ish yuritish
hujjatlarining kamayishi bilan bog’liq edi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, urush
davrida O’zbekistonga sobiq Ittifoqning markaziy rayonlaridan 30 ta ittifoq
Dostları ilə paylaş: