18
muassasalari va korxonalari arxivlari evakuasiya qilindi. Ular asosan mavjud arxivlar
binolarida joylashtirildi. Bu esa arxivlarda joylar yetishmasligiga olib keldi.
Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv
fondlarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yilda 100 ming,
1944-1945 yillarda 136 ming saqlov birligidagi hujjatlar tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq
xo’jaligida foydalanish maqsadida ko’p hujjatlar topilib,
tegishli tashkilotlarga
yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi.
Arxiv xodimlari tomonidan 1944-1945 yillarda 21 ta maqola e’lon qilindi, 9ta
radioeshittirish, 4 ta ko’rgazma tashkil etildi, ko’plab ma’ruzalar o’qildi. Arxivlar
qiroatxonasida yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari
uchun arxiv hujjatlaridan
foydalandilar.
Shunday qilib, O’zbekiston arxivchilari urush yillarida fidokorlik bilan mehnat
qildilar. Ular arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, yangi hujjatlarni qabul qilish va
tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish borasida samarali ish olib bordilar.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston arxivlari arxiv
materiallarini
tartibga
keltirish
va
turkumlash
borasidagi ishlarni davom ettirdilar va 50-yillarning
boshlarida uni yakuniga yetkazdilar. Shundan so’ng
arxiv xodimlari boshqa muhim vazifa – fondlarning ilmiy-ma’lumotnoma apparatini
tuzish va kataloglashtirish ishiga kirishdilar.
O’zbekistonda arxiv ishlarini rivojlantirishning yangi bosqichi 50-yillarning
oxirlarida boshlandi. Bu jarayon S. Xrushchov davrida mamlakatnin siyosiy hayotida
boshlangan “iliqlik” bilan bog’liqdir. 1958 yilda arxivlar respublika Ministrlar
Sovetining tasarrufiga o’tkazildi. Bir yildan so’ng Toshkentdagi
Oktyabrp inqilobi
markaziy arxivi va Tarix markaziy arxivi yagona O’zbekiston SSR Markaziy Davlat
arxiviga birlashtirildi. Xuddi shu vaqtda O’zR MDA tarkibiga respublika Markaziy
fotofonokinohujjatlar arxivi ham kirdi. Keyingi yillarda shunga o’xshash o’zgarishlar
quyi arxiv muassasalarida ham amalga oshirildi. Jumladan, 118
ta shahar va rayon
arxivlari qayta tuzilib, 28ta shahar va rayonlararo arxivlar tashkil etildi. Shu davrda
tibbiyot fani tajribasidan har tomonlama foydalanish maqsadida O’zbekiston
markaziy medisina arxivi tuzildi. Bir necha boshqa arxivlar ham tashkil etildi.
Natijada, 70-yillarning boshlarida O’zbekistonda 66 ta
arxiv muassasasi faoliyat
ko’rsatamoqda edi.
Kadrlar masalasini hal etishga katta e’tibor berildi. Mahalliy millat vakillarini
arxiv ishlariga jalb qilish kuchaydi. 60-yillarning oxirida O’zbekiston arxivlarida 597
xodim mehnat qilardi. Ularning 112 tasi oliy ma’lumotli mutaxassislar edilar.
70-80-yillarda arxivlar uchun alohida ixtisoslashtirilgan binolarning qurilishi,
tashkilot va muassasalarda ish yurtish holatining yaxshilanishi,
hujjatlarni qayta
ishlash bo’yicha maxsus xo’jalik hisobidagi guruhlarning tashkil etilishi arxiv
ishlarini tubdan yaxshilashga ko’maklashdi.
Respublika arxiv xodimlari hujjatlar to’plamlarini tayyorlash borasidagi
ishlarni davom ettirdilar. Vazirliklar va muassasalar uchun ma’lumotnomalar
tayyorlanar edi. Tashkilotlar va fuqarolarning
talablariga binoan tegishli
Dostları ilə paylaş: