O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
arxivshunoslik (1)

Turkiston ASSRda arxiv 
ishi 
Муаммоли савол: Совет даврида архив ишида қандай 
ижобий ўзгаришлар рўй берди? Архивлар ишида 
қандай салбий ҳолатлар мавжуд эди? 


16 
DAF hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratib olingan 
hujjatlar tartibga solindi va ro’yxatlashtirildi. 1924 yilga kelib barcha saqlanayotgan 
arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solib bo’lingan edi. 
Arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda 
foydalanish imkonini berdi. Arxiv tashkilotlari hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil 
etdilar, idoralarga ma’lumotnomalar berdilar, qiroatxonalar orqali hujjatlardan 
foydalanishni yo’lga qo’ydilar. 
1924-1925 yillarda O’rta Osiyoda milliy-
davlat chegaralanishi o’tkazildi. Natijada 
O’zbekiston SSR va boshqa ittifoqdosh 
hamda muxtor respublika va viloyatlar 
tashkil qilindi. Turkiston ASSR ning yagona arxiv fondi yangi tuzilgan respublikalar 
o’rtasida quyidagi tartibda tuzildi. O’rta Osiyo va ittifoqdosh ahamiyatga ega bo’lgan 
arxiv fondlari O’rta Osiyo Markaziy arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har 
bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikalarga berildi. Lekin O’rta Osiyo 
Markaziy Arxivi tuzilmaganligi bois O’rta Osiyo ahamiyatiga ega arxiv fondlari ham 
O’zbekistn arxiv boshqarmasiga berildi. Shunday qilib, O’zbekiston arxiv fondida 
nafaqat respublika tarixiga balki O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlanadigan 
bo’ldi.
O’zbekiston SSR MIK va XSKning 1925 yil 22 iyulg’ qarori bilan “O’zSSR 
arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga 
ko’ra respublikada yagona DAF tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, 
kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy 
arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi. 
Viloyatlarda arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, 
Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi. 
1930 yil 9 aprelda O’zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O’zSSR arxiv ishlari 
boshqarmasi “O’zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi” deb o’zgartirildi. 
O’zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi (MAB) huzurida O’zSSR Oktyabrp inqilobi 
Markaziy davlat arxivi va O’zSSR Markaziy Tarix arxivi tashkil qilindi. Farg’ona va 
Samarqand shaharlarida ularning bo’limlari tashkil etildi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qarorda idoralar davlat arxiviga faqat doimiy 
saqlanadigan 
hujjatlarnigina topshirishlari 
uqtirildi. 
Vaqtincha 
(3-10 
yil) 
saqlanadigan hujjatlarni idoralarning o’zlari maxsus komissiya tuzib yo’q qilishi 
ta’kidlandi. Bu qoida davlat arxivlari ishini ancha yengillashtirdi. 
1931 yil 20 maydagi hukumat qaroriga asosan ma’muriy jihatdan markaziy 
Arxiv boshqarmasi O’zSSR MIKga bo’ysundirildi. Mazkur qarorga binoan kasaba 
uyushmalari arxivlari MDA tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yilda O’zSSR Kasaba 
uyushmasi harakati markaziy arxivi tashkil qilindi. Bu arxiv 1942 yilgacha faoliyat 
ko’rsatdi va yana O’zR MDAga qo’shib yuborildi. 
1934 yil iyulda SSR MIK qarori bilan O’zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 
1945 yil oxirida bu arxiv tugatildi va uning fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya 
Markaziy Arxiviga olib ketildi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin