O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
arxivshunoslik (1)

Manbalar va adabiyotlar 
 
Alimov I va B. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. 
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. Toshkent, 1994. 
Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. Toshkent, 1992. 
Oronyuk B., Aliyev B. Arxivlar – hujjatlar qal’asidir // Sharq yulduzi. 
Nabiyev R. Iz istorii Kokandskogo xastva. Toshkent, 1973. 
Troiskaya A. L. Katalog arxiva kokandskix xanov. Moskva, 1968. 
Ivanov P. P. Arxiv xivinskix xanov //Zapisi IV AN SSSR. T-7. Moskva, 1939. 
Muxsinova K. Opqt rabotq po uporyadocheniyu fonda «Kushbegi emira 
Buxarskogo» // nauchno-metodicheskiy byulleteng’ Arivnogo upravleniya MVD 
UzSSR. 1955. №3, 


11 
3- Mavzu: Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi 
Reja: 
1. Mustamlaka Turkiston idoraviy arxivlarining vujudga kelish 
2. Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli 
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi 
O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z 
mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya 
boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi bosib 
olingan 
hududlarda 
Turkiston 
general-
gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va general-
gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni harbiy gubernatorlar 
boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy 
boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi. 
O’lkada mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati natijasida doimiy ravishda 
ko’plab hujjatlar vujudga kelgan. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to 
qishloq boshqaruv idoralariga qadar hujjatlar to’planib borgan, ular bevosita shu 
muassasaning o’zida saqlangan. Shunday qilib chor mustamlakachiligi davrida 
Turkistonda har bir muassasa qoshida arxivlar vujudga kelganiligini kuzatamiz. 
Ammo bu idoraviy arxivlarni o’zaro bog’lash va yagona davlat arxivlari tizimini 
barpo etish e’tibordan chetda qoldi. 
Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust 
tashkillashtirilgan edi. Ko’p tashkilotlarda arxivlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan 
xonalar yo’q edi. Shu sababdan hujjatlar ko’pincha zax qaznoqlarda, yog’och 
saroylarda saqlangan. 
Bundan tashqari, hujjatli manbalarni saqlash ishiga tashkilot rahbarlarining 
o’zlari ham jiddiy zarar yetkazganlar. Ular qog’ozlarni yakkash o’zlari ko’rib chiqib, 
keraksiz deb hisoblaganlarini yo’qotib yuborganlar. Hujjatli materiallarni yo’q qilish 
turli chekka o’lkalarda, jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha 
davrdayoq ilg’or kishilarni tashvishga solib qo’ygan edi. 1914 yilda Orenburgda 
o’tkazilgan guberna olimlari arxiv komissiyasining I syezdida shu komissiya a’zosi 
A. Popov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Keyingi 12 yil davomida yo’qotilgan 
yuz minglab ishlarning anchagina qismi O’rta Osiyoning qo’shilishi va bosib olinishi
Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida edi”. 
Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan edi. 
Misol tariqasida quyidagi faktni keltirish mumkin. Farg’ona viloyati harbiy shtabida 
25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida 105 pud “keraksiz” 
arxiv materiallari savdogarlarga o’rov sifatida sotib yuborilgan. Tez orada muhim 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin