O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolyutsiyasi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

 
5.4. Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolyutsiyasi. 
YUqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi 
ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari 
dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda 
―Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan‖.
Bu yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta`limotda 
hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish transformatsiya masalalari g`oyat 
muhim o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti 
tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi.
Jamiyatning 
konfliktlarsiz 
evolyutsiyasi, 
uning 
industrial 
jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki ―neoindustrial‖, 


57 
informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. Texnik-iqtisodiy omillarni 
mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergentsiya nazariyasini ilgari surish 
imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, P.Sorokin – AQSH, Raymond Aron – 
Frantsiya, YAn Tinbergen - Niderlandiya). ―Industrial‖, ―Postindustrial‖ 
jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga 
keltiruvchi konvergentsiya nazariyalari yangilik emas. Masalan XIX asr 
oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart ―Hozirgi 
zamon kapitalizmi‖ asarida plyuralizm, ya`ni turli sotsial tizimlarni - 
kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaruvchilarni yagona 
plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi.
J.K.Gelbreyt asarlarida, bu fikrlar to`laroq ifodasini topgan. Unda 
ikkala tizimda ro`y berayotgan umumiy o`zgarishlar qayd etildi 
(rejalashtirishda foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi 
farqlarning yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish, fan va ta`limning 
mehnat taqsimoti oshishida asosiy omil ekanligi va boshqalar).
Asta-sekin kapitalizmning ―yomon‖ tomonlari sotsializmning 
―yaxshi‖ xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, 
―kapitalizm transformatsiyasi‖ ro`y berishi bashorat qilinadi. 
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: ―Mo`l-ko`lchilik 
jamiyati‖ (1958), ―YAngi industrial jamiyat‖ (1967), ―iqtisodiy 
nazariyalar va jamiyat 
maqsadlari‖ (1973), ―Pullar‖ (1975), 
―Ishonchsizlik asri‖ (1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola 
va interv`yulari ham bor. 
Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog 
Tofflerning ―Uchinchi to`lqin‖ kitobida ba n etiladi. Unda ―yangi 
tsivilizatsiya‖ davri vujudga keladi‖ deyiladi. Keyingi paytlarda 
neoinstitutsionalizm 
nazariyalari 
ham 
paydo 
bo`lmoqda. 
Bu 
nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy 
e`tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi.
SHunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronal`d Kluz - AQSH) jamoat 
tanlovi (Jeyms ByuKen`en - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga 
keldi. Bu qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy 
siyosati ham o`zgarmoqda. Bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy 
tomonga burish sari bormoqda.


58 
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson 
postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida 
qaraladi va yangi jamiyat shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun 
o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi. XXI asr esa ―inson 
asri‖ deb e`lon qilinadi. Iqtisodiy evolyutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi 
iqtisodiy-globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolyutsiya turli 
iqtisodlarning o`zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli 
tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda 
yangi industrializatsiyani 
ta`minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z o`rnini egallaydi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin