O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Institutsional nazariyaning paydo bo`lishi va rivojlanishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

 
5.3. Institutsional nazariyaning paydo bo`lishi va rivojlanishi. 
Institutlar o`zi nima? Turli davlatlar tadqiqotchilari institutlar 
mohiyatini va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yorituvchi bir-
necha ta`riflarni asoslashgan. Institutlarni T.Veblen quyidagicha 
ta`riflagan: ―Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush 
kechiradigan odatiy tafakkur tarzi‖ yoki ―Institutlar – bu o`tmishda sodir 
bo`lgan jarayonlar natijasi bo`lib, ular o`tmish sharoitlariga moslashgan 
va o`z navbbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq moslashmagan‖. E. 
Edvard tomonidan ―Institutlar – bu ko`plab individumlar ulardan hamma 
joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan 
tavsiflanadigan ijtimoiy ne`matlar. Institutlar almashuv jarayonini 
soddalashtiradi.
Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi 
qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi‖ deya 
ta`riflangan. YUqorida ko`rsatilgan barcha holatlarni umumlashtirgan 
holda, institutsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan 
institutlarni quyidagicha ta`riflash mumkin.
Institut – bu jamiyat a`zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni 
belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. 


50 
Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil 
etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga 
oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. 
Ushbu unsur: tartibni saqlash funktsiyasiga ega; o`zaro 
hamkorliklar tizimida majburiy hatti-harakat bajarilishini talab etadi; 
shaxslar hatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanktsiyaga 
tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning 
turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma 
amal qilish uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat: 
Individlarning guruhlanish belgilari; 
Muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas); 
Maqsad; 
Norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar; 
Sanktsiyalar. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida olamda bo`lib o`tgan aniq 
ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning 
salohiyati keskin o`zgardi, ilgari ilg`or bo`lgan davlatlar 2-o`rinlarga 
(Angliya, Frantsiya), nisbatan qoloq bo`lgan davlatlar esa 1-o`rinlarga 
chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda etakchi 
mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko`pincha 
monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o`tish kuchaydi.
Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va 
iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta`sir qila boshladi. SHu sababli 
antimonopol choralar qo`llash g`oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda 
ro`y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani 
qo`llaydilar. Antitrest siyosati yo`li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy 
nazoratning turlicha metod (usullari) qo`llanila boshlandi. Ana shu 
usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud. 
Iqtisodiy ta`limotlardagi institutsionalizm yo`nalishi AQSHda XX 
asrning 20-30-yillarda keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XX asrning 
oxirida vujudga kelgan (T.Veblenning 1899 yilda chiqgan ―Bekorchi 
sinflar nazariyasi‖ asari bilan bog`liq). Bu yo`nalish nomi lotincha 
instituto‖ – urf-odat, ko`rsatma, muassasa so`zidan olingan va 


51 
kapitalizmning imperializm bosqichiga o`tishi bilan bog`liq ravishda 
ro`y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning 
yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga 
asoslangan avvalgi davr ta`limotlari bilan izohlash mumkin bo`lmay 
qoldi.
Bu ta`limot yo`nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat 
rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lib xizmat qiladilar. Bu 
tushuncha tagida ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, 
kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya`ni jamoat ruhining 
namoyon bo`lishi, yurish-turish va o`ylash usulini xalqning ma`lum 
guruhlari uchun odatiy, an`anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va 
boshqa ko`rinishlarini o`z ichiga oladi.
Bu yo`nalish mafkurachilarning fikricha, iqtisodiy kategoriyalar 
bo`lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va boshqalar 
jamiyat ruhining paydo bo`lishi shaklidir. 
Demak ular ob`ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini to`la tan 
olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolyutsiyasini tahlil etadilar. 
Institutsionalizm ma`lum ma`noda neoklaassik yo`nalishga muxolifdir. 
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o`zini-o`zi boshqara oladigan (A.Smit 
fikri0 sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm 
tarafdorlari iqtisodiyot rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari 
moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstida qaraladigan ma`naviy, 
axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog`liqdir deb o`ylaydilar.
Demak, bu yangi yo`nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoif-
iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari 
suriladi. SHu bilan birga, tadqiqot ob`ektlari, ya`ni institutlar birinchi 
yoki ikkinchi darajali deb qaralmaydi va bir-biriga qarama-qarshi 
qo`yilmaydi. Bu yo`nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha 
Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o`xshashlik bor.
Tarixiy va ijtimoiy muhit omillarning hisobga olinishi tarixiy 
maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to`la yakdillik yo`q. YAngi 
yo`nalish 
neoklassiklarning 
marjinalizm 
g`oyalariga 
asoslangan 
matematik va ekonometrik printsiplarini keng qo`llaydilar. 


52 
Institutsionalizmga 
xos 
bo`lgan 
uslubiy 
xususiyatlar 
quyidagilardir: 
Neoklassikaga xos abstraktsiyaning yuqori darajasi va ayniqsa 
baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik; 
Iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga 
intilish yoki fanlararo yondashuv ustivorligiga ishonch; 
Klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) 
etishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga 
chorlash. 
bu yo`nalishning vujudga kelishi, shakllanishi va evolyutsiyasining 
ma`lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, 
U.Mitchell asarlarida iqtisodiy tsikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik 
materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a`zolari uchun xos bo`lgan 
urf-odat, 
an`ana, 
odob-axloq, 
instiktlarni 
o`rganish 
bilan 
shug`ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qayd 
etish uslubi ortiqroqdir.
Masalan, T.Veblen ―Bekorchi sinf nazariyasi‖ (1989) asaridagi 
odatlar to`g`risidagi tahlilda xolizm metodologiyasini qo`llaydi. Odatlar 
individlarning bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi hatti-harakatlari 
doiralarini belgilash beruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar 
hatti-harakati Veblen tomonidan ikkita juda qadimiy odatdan keltirib 
chiqariladi. Bu odatlarni u raqiblik hissiyoti (boshqalardan birinchi 
bo`lib, umumiylikdan ajratib turish istagi) va mahorat hissiyoti (halol va 
samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi.
Ushbu muallifning fikriga ko`ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va 
bozordagi raqobatning asosida yotadi. Ushbu hissiyotning o`zi individ 
o`z tanlovini amalga oshirishda o`z foydaliligini ko`paytirishni emas, 
balki boshqalarning ko`z o`ngida o`z nufuzini oshirishni ko`zlovchi 
―oshkora iste`molni‖ izohlaydi. Masalan, sotib olmoqchi bo`lgan 
avtomobil`ni 
tanlashda 
iste`molchi 
uning 
narxiga 
va 
texnik 
xususiyatlariga emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish 
orqali ta`minlanadigan nufuzga e`tiborini qaratadi.
J.K.Gelbreyt esa tahlilini axborot va axborot almashinuvining 
ishtirokchilar o`rtasida taqsimlanishi masalalaridan boshlaydi. Uning 


53 
asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to`liq axborotga ega emas. Har 
bir shaxsning bilimlari ixtisoslashgan bo`lib, xususiy ahamiyatga ega, 
axborot 
to`liqligiga 
faqat 
ushbu 
to`liq 
bo`lmagan 
bilimlarni 
birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta`kidlaydi. 
Bunda hokimiyat alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka 
ega bo`lgan tashkilotlar qo`liga o`tadi. So`ngra bu tashkilot 
individlarning hatti-harakatlariga ko`rsatadigan ta`sirni tahlil qilib, 
individlar tavsiflarini institutsional muhit funktsiyasi sifatida ko`rib 
chiqadi. Masalan, uning ta`kidlashicha, iste`mol talabining o`sishi 
iste`molchilarning o`z ichki tuyg`ulari yuqori bo`lishidan emas, balki 
ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar 
manfaatlarining o`sishidan kelib chiqadi.
Institutsionalizm eqolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish 
mumkin: 
20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning 
bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1886-
1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940) U.Gamil`tonlar 
faol himoya qildilar. 
Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari 
iqtisodiyotdagi rama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvel`t 
tomonidan ilgari surilgan ―YAngi kurs‖ islohotlarini amalga oshirish 
bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar.
Ular demografiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar 
harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-
yillarda J.M.Klark ―iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi‖, A.berli 
―Mulksiz hokimiyat‖ va ―XX asr kapitalistik inilobi‖ kitoblarini nashr 
etdilar. G.Mints o`zining maqolalarida aktsionerlar soni ortishi, kapital 
mulkning kapital funktsiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
60-70-yillarda 
ijtimoiy-institutsional 
yo`nalish, 
ya`ni 
neoinstitutsionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsionalizm 
asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik imqtisodchi 
G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-
institutsional yo`nalish ta`limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar 
tomonidan davom ettirilgan. Bu yo`nalish g`oyalari iqtisodiy o`sish 


54 
omillari 
nazariyasining 
mafkurachisi 
U.Rostou, 
so`lkeynschilik 
yo`nalishi tashkil topgan. SHunday bo`lsada biz ularni eski va 
neoinstitutsionalizmga ajratamiz. ―Eski‖ institutsionalizm bilan 
neoinstituttsionalizmda ko`plab umumiylik mavjud – bu institutlarni 
tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o`rganishga 
nisbatan evolyutsion yondashuvlarning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir.
Umuman olganda ushbu ikkita yondashuv-kesishuv nuqtalariga 
ega emas. Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko`ra, ―eski‖ 
institutsionalizm bilan neoinstituttsionalizm o`rtasida, kamida, uchta 
asosiy farq mavjud:
1) agar ―eski‖ institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya 
muammolarini jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o`rganishga 
intilgan holda huquq va siyosatdan iqtisodiyot tomon borishsa, 
neoinstitutsionalistlar bunga to`g`ridan-to`g`ri qarama-qarshi yo`ldan 
borishadi, ya`ni o`z tahlilida neoklassik iqtisodiy nazariya vositalariga 
tayanadi, zamonaviy mikroiqtisodiy usullarni qo`llagan holda siyosiy va 
huquqiy muammolarni o`rganishadi.
2) ―Eski‖ institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, 
alohida holatlardan umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, 
qator iqtisodchilarning fikriga ko`ra, umumiy institutsional nazariya 
yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm deduktiv yo`ldan borib, neoklassik 
iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning 
muayyan hodisalarini izohlashga intilmoqda. 
―Eski‖ institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida 
asosiy e`tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan 
kasaba 
uyushmalari 
va 
hukumat) 
hatti-harakatiga 
qaratdi; 
neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a`zosi bo`lish uning uchun foydali 
ekanligini o`z manfaatlariga amal qilgan holda hal etuvchi mustaqil 
individga e`tibor qaratadi. 
―Eski institutsionalizm‖ radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida 
asosiy e`tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, 
kasaba 
uyushmalari 
va 
hukumat) 
hatti-harakatiga 
qaratdi; 
neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a`zosi bo`lish uning uchun foydali 


55 
ekanligini o`z manfaatlariga amal qilgan hal etuvchi mustaqil individga 
e`tibor qaratadi. 
―Eski‖ institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni 
umumiy tarzda quyidagicha ta`riflash mumkin: ―institutlar birlamchi, 
individlar ikkilamchi‖. Ushbu neoinstitutsional nazariyaga asos qilib 
olindi. SHu nuqtai-nazardan ―eski‖ va ―yangi‖ institutsional maktablarni 
bir-biridan farqlash lozim. Amerikalik institutsionalizm vakillari 
iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tushunchasiga ega emaslar.
Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va 
antropologiya bilan bog`langan deb hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik 
va huquqni, Mitchell – antropologiya va matematik hisob-kitoblarni 
ustun qo`yadi.
Amerikalik 
neoinstitutsionalizm 
nazariyotchilari 
iqtisodiy 
jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilan 
bog`lamoqdalar, shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushuntirishda 
jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli 
ijtimoiy - institutsional yo`nalish iqida turli oqim va maktablar vujudga 
keldi. 
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy: 
Ijtimoiy-psixologik; 
Ijtimoiy-huquqiy; 
Empirik yoki kon`yunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. 
Lekin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan 
umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua 
jamiyatini axloq-psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot 
fanida reformistik yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua 
jamiyatini 
mutlaq 
maqtashdan 
chetlangandirlar. 
Bu 
yo`nalish 
g`oyalariga baho berib, g`arb iqtisodchilari institutsionalizmni 
―Formalizmga qarshi g`alayon‖ deb qaramoqdalar, uni klassik iqtisodiy 
maktabga qarama-qarshi qo`ymoqdalar.
Bu yo`nalishning paydo bo`lishi va avvalgilardan farq qilishi vaqt 
va sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan 
keskin o`zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba 
uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo`q 


56 
edi. Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning ―norozilik kayfiyati‖ eng 
yuqori naf nazariyasiga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya 
mikroiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy 
tahlilni amalga oshiradi.
―YUqori naf‖ vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy sub`ekti sifatida 
Robinzon (alohida individ)ni tanlasa, institutsionalizm mafkurachilari 
kollektiv – jamoa ―psixologiyasi‖ni birinchi o`ringa qo`yadilar. Ular 
―yuqori naf‖ nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixiyali rivoji 
o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo`llashni 
afzal ko`radilar.
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy 
hayotining ba`zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`zgarishni asos qilib 
oldi, ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab quvvatladi. 
Ularning g`oyalarida ―Ijtimoiy nazoratni‖ himoya qilish orqali yangi 
sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishi lozim deb ko`rsatiladi.
Ayniqsa bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi 
dolzarb qilib qo`yildi. Ular ―erkin sohibkorlik‖ va marjinalizmga qarshi 
chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini inkor 
etdilar va iqtisodiy jarayonlarni chiqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari 
edilar. Kenysdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotiga faol 
aralashishi kerak degan fikrni ilgari surdilar. Endi shu yo`nalish 
tarafdorlarining ayrim g`oyalari bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin