41
individlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlar turli tashkiliy
tuzilmalarning mavjud bo`lishini izohlash uchun hal qiluvchi omil
hisoblanib, neoinstitutsional nazariyani o`rganish ob`ekti sanaladi.
Ayni paytda neoklassik nazariyada firma ―qora quti‖ sifatida ko`rib
chiqildi. Firmaning paydo bo`lishi masalalari ham neoklassiklar
nazaridan chetda qoldi, ayni paytda neoinstitutsional yo`nalish
vakillarining ko`plab ishlari, shu jumladan R.Kouz ishlarining [5, c.
470] maqsadi ―firmaning mavjud bo`lishini izohlash va uning faoliyati
ko`lamlarini belgilab beruvchi sabablarni
qidirib topishdan iborat
bo`ldi‖.
Ta`kidlash lozimki, metodologik individualizm bir
qator
jarayonlarni tadqiq etish uchun ancha jiddiy cheklovlarni belgilaydi.
Masalan davlatni yagona, uyg`unlashgan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi,
bo`linmas organizm sifatida aniq tasavvur qilishga to`liq tayangan
tadqiqotni amalga oshirish ancha muammoga aylandi; davlatning
maqsadli funktsiyasini ko`paytirishga, individlar funktsiyalarining qismi
(agregati) hisoblanmaydigan o`ziga xos ―ijtimoiy ne`mat funktsiyasi‖ga
asoslangan yondashuvlardan foydalanish ham qiyindek tuyiladi.
Ikkinchi
tomondan, bunday asos tadqiqot natijasida olinadigan
xulosalarning maliyot nuqtai-nazaridan ahamiyatini yanada oshiradi,
chunki ular real ma`lumotlarga asoslanadi. Individlar va institutlarning
o`zaro bog`liqligini tahlil etishda boshlang`ich nuqtaga nisbatan ikkita
tamoyil mavjud.
Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda
hatti-harakatlari orqali tushuntiriladi va metodologik
individualizm deb
nomlanadi. YA`ni, individ institutlarni tahlil qilishda boshlang`ich nuqta
hisoblanadi. Masalan, davlatni tavsiflashda uning fuqarolarining
manfaatlari va o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi.
Metodolik
individualizmi
tamoyilining
davomi
spontan
evolyutsiya kontseptsiyasidir. Ushbu kontseptsiyaga ko`ra, institutlar
insonlarning harakatlari natijasida paydo bo`ladi degan taxmin ilgari
suriladi. YA`ni individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi o`rin
tutuvchi to`g`risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida aks etgan.
42
Aksincha tahlil uchun boshlang`ich nuqta sifatida individlar emas,
balki institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyiliga asos bo`ladi. shu tariqa
ikkinchi tamoyilida xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha
aytganda individlar institutlarning ta`rifidan kelib chiqib tavsiflanadi.
Institutlar esa o`zlari makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab
chiqarishda bajariladigan funktsiyalar orqali izohlanadi.
Endi fuqarolar o`z
hukumatini emas, balki hukumat ma`lum
xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko`maklashadi. So`ngra spontan
evolyutsiya kontseptsiyasiga institutsional determinizm tezisi qarshi
turadi va muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar –
o`tmishda sodir bo`lgan ―jarayonlar natijasi‖ bo`lib, ular o`tmish
holatlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo`rtlik, psixologik
mo`rtlik omili hisoblanadi va barcha keyingi rivojlanish ―doiralarini‖
belgilab beradi. SHunday qilib, xolizmda individlarring manfaatlari va
hatti-harakatlari ularning o`zaro hamkorligini oldindan belgilab beruvchi
institutlarning
tavsifi orqali tushuntiriladi, ya`ni institutlar birlamchi,
individlar esa ikkilamchi o`rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: