43
ko„rpacha, belbog„), mifologiyalashtirilgan til birliklari,
tilning
paremiologik (maqol va matallar) fondi, frazeologik birliklar,
o‗xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metafora va obrazlar,
nutqiy
muomala madaniyati lingvokulturologiyaning predmeti sanaladi.
Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so‗z bilan tarjima
qilib bo‗lmaydigan so‗zlar mavjud bo‗ladi. Bunday so‗zlarga muqobilsiz
leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos
hodisalarni aks ettiradi. U ko‗pincha mahalliy xalqqa xos lingvistik
birliklar:
masofa-uzunlik birliklari, ro‗zg‗or ashyolari, kiyim-kechak,
yegulik-ichkilik kabi tushunchalarni anglatadigan so‗zlardan tarkib
topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o‗zlashtirilganda ularga ekzotik
leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o‗zga
madaniyatning ramzi sanaladi.
Jumladan,
spiker, kriket, shilling –
Angliya;
yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho„l – O‗rta Osiyo;
sakura,
geysha,
ikebana,
sake
– yapon madaniyatining belgilarini
assotsiatsiyalaydi. O‗zbek madaniyatining belgilarini
palov, patir,
sumalak, ko„rpacha, belbog„ (belida belbog„i bor), do„ppi (do„ppisi
osmonda, do„ppi tor) va h.k. so‗zlarda ko‗rish mumkin.
Bir tildagi so‗z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‗rinlarda har
doim lakuna hodisasi voqelanadi. Lakunalar (lot.
lacuna – bo‗shliq,
chuqurlik, cho‗nqir joy) – matnda bo‗sh qolgan,
tushib qolgan joy,
―tilning semantik xaritasidagi oq dog‗lar‖dir.
41
Muqobilsiz leksika
singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi. Masalan, ingliz tilida
―yurist, advokat‖ ma‘nosini anglatgan
lawyer so‗zidan
boshqa
advokatlik kasbining turli-tumanligini ifodalaydigan
attorney ―vakil‖,
barrister ―oliy sudlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan advokat‖,
solicitor ―mijozlarga va tashkilotlarga maslahat beruvchi; quyi sudlarda
ishtirok etish huquqiga ega‖,
counsel ―yuriskonsult‖,
counsellor
―maslahatchi‖,
advocate ―oliy darajadagi advokat‖ kabi. O‗zbek va rus
tillarida qayd qilingan ifodalarga faqat bir
advokat so‗zigina
muqobil
bo‗ladi. Bulardan ba‘zilari maqol, matal, frazeologik birliklar,
o‗xshatishlar, ramzlar, metafora bizga tushunarli bo‗lgani bois, ularning
41
Степанов Ю.С. Французская стилистика. –М., 1965. –C. 120.
44
izohiga to‗xtalmaymiz. Xullas, lingvokulturologiya jonli kommunikativ
jarayonlarni – xalqning madaniyati va mentaliteti, ya‘ni uning ongi,
shuuri, ommaviy an‘analari, urf-odatlari va h.k.bilan bog‗liq til
ifodalarining qo‗llanilishini tadqiq etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Til va milliy madaniyat mushtarakligiga misollar keltiring.
2. Lingvokulturologiya insondagi madaniy
omilni tadqiq etuvchi
fan sifatida deganda nimani tushunasiz?
3. Muqobilsiz leksika va lakunalarga misol keltiring.
4. Tilning paremiologik (maqol va matallar) fondi, frazeologik
birliklar lingvokulturalogik birlik bo‗la oladimi?
5.Milliy o‗xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metaforalarga misollar
ayting.
Dostları ilə paylaş: