42
madaniy informatsiya emas, u tilning barcha sathlariga tegishli bo‗lgan
ajralmas xususiyatdir. Til – kishilar oqimini xalqqa aylantiradigan,
mazkur nutq jamoasining o‗zini o‗zi anglashi, madaniyati, an‘analarini
saqlashi va ularni meros qilishi orqali millatni shakllantiradigan kuchli
ijtimoiy vositadir. Olimlarning quyidagi fikrlari bu mulohazalarimizni
asoslaydi: ―Til madaniyatning milliy komponentlari
orasida birinchi
o‗rinda turadi. Til birinchi navbatda, madaniyatga kishilik jamiyatining
ham muloqot vositasi, ham ushbu muloqotni uzib qo‗yuvchi vosita
bo‗lishiga yordam beradi. Til – uning sohiblarining muayyan jamoaga
tegishli ekanini ko‗rsatadi. Xalqning o‗ziga
xos asosiy xususiyati
bo‗lgan tilga ―ichki‖ va ―tashqi‖ jihatdan yondashish mumkin. Tilga
―ichki‖
jihatdan yondashilganda, u etnik integratsiyaning bosh omili
sifatida namoyon bo‗lsa, ―tashqi‖ jihatdan yondashilganda, u xalqning
etnik farqlarini ko‗rsatadi. Bu ikki qarama-qarshi funksiyani o‗zida
dialektik birlashtirgan til bir tomondan xalqning o‗z-o‗zini saqlash
vositasi, ikkinchi tomondan uni ―o‗ziniki‖ va ―begona‖ga ajratish
vositasi bo‗lib xizmat qiladi‖.
39
Dostları ilə paylaş: