O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
4-mavzu: Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati. 
Tilshunoslik va tarix. Tilshunoslik va etnografiya 
Reja: 
1.Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati. Tilshunoslik va 
tarix. 
2. Tilshunoslik va etnografiya. Etnolingvistika. 
Tayanch tushunchalar: Tilshunoslik, tarix, til tarixi, etnografiya, 
etnolingvistika, antropolinvistika, lingvokulturologiya, folklor 
Tarix kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlarini o‗rganuvchi 
fandir. Jamiyatimiz, xalqimiz qanday tarixiy jarayonlarni bosib o‗tgan 
bo‗lsa, til ham jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida ana shu 
taraqqiyot bosqichlarini bosib o‗tgan, tarixiy voqealarni, jamiyatdagi 
o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirgan. Shu sababdan tilshunoslik va tarix 
sohasi bir-bilan chambarchas bog‗liq. Bu fanlarning o‗rganish obyekti, 
vazifalari har xil bo‗lsa-da, shu vazifalar yechimida biri ikkinchisiga 
yordam beradi. Masalan, tarixning muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy 
hujjatlar, tarixiy yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik 
materiallar yordamga kelishi mumkin. Ayni paytda, ma‘lum lingvistik 
faktlarni tarixiy materiallarga suyanmasdan turib izohlash yetarli 
bo‗lmaydi. Bu esa jamiyat tarixi bilan shu jamiyat tilining va ularni 
o‗rganuvchi tarix fani bilan tilshunoslik fanining naqadar aloqador 
ekanini ko‗rsatadi. 
Tarix fani til tarixini, taraqqiyot bosqichlarini o‗rganishda zarur 
bo‗lib, til tarixi jamiyat tarixining tarkibiy qismi, shuning uchun til 
tarixini jamiyat tarixidan uzilgan holda o‗rganish mumkin emas. Tilda 
mavjud bir qator hodisalar mohiyati jamiyat tarixi asosida ochiladi. 
Masalan, tilimiz tarixiy taraqqiyotini davrlashtirish muammolari, til 
birliklarining tarixiy shakllari, so‗zlarning ma‘no taraqqiyoti, so‗zlar 
etimologiyasi, joy nomlari, millat, urug‗, qabila nomlarining ma‘nosi, 
nomlanish tarixini o‗rganishda tarixiy faktlarga tayanamiz: ―Turkiy, 
xususan, o‗zbek xalqining etnogenezini aniqlash tarixchilar, etnograflar, 
arxeologlar, tilshunoslar va adabiyotshunoslar shunga o‗xshash soha 


30 
olimlarining birgalikda ish olib borishlarini talab qiladi. Masalan, 
hozirgi zamon O‗rta va Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezini bilish 
– shu hududda qadimda yashagan xalqlar – saklar(skiflar), massagetlar, 
sug‗dlar, kushonlar (yoki toxarlar), xunnlar hamda boshqa qo‗shni 
xalqlarning tarixini o‗rganish bilan bog‗liqdir‖.
21
Yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy, madaniy, iqtisodiy hodisalar, jamiyat hayotidagi turli xil 
yangiliklar shu jamiyat tilining lug‗at tarkibida o‗z ifodasini topgani 
tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan 
ko‗proq jamiyat tarixi bilan bog‗liq bo‗ladi. Agar e‘tibor bersak, har bir 
tarixiy evrilishlar tilga o‗z ta‘sirini o‗tkazgan. Masalan, Turk hoqonligi 
davri tili, qoraxoniylar davriga qadar juda katta o‗zgarishlarga yuz 
tutmagan bo‗lsa, qoraxoniylar sulolasining O‗rta Osiyoda yuqori 
mavqega ega bo‗lishi, davlatimiz tarixida alohida o‗rin egallagani tilga 
ham ta‘sir ko‗rsatgan. Ushbu davrda tilimiz fonetikasi, leksikasi, 
grammatikasida katta o‗zgarishlar ro‗y berib, qadimgi turkiy til eski 
turkiy tilga o‗z o‗rnini bo‗shatib bergan. Buning asosiy sabablarini 
tushunishda bizga tarix fani ko‗mak beradi. Arab, fors-tojik tilining 
ta‘siri, mo‗gullar bosqini, etnik qavmlarning alohida millat bo‗lib 
shakllanish jarayoni sabab tilimizning tarixiy taraqqiyotida yana bir 
bosqich ―Eski o‗zbek tili‖ davri shakllandi, taraqqiy etdi. Ruslar 
istilosidan so‗ng nafaqat tilimiz leksikasida, balki grammatikasida ham 
o‗zgarishlar yuz berdi. XX asrning 20-yillaridan ―Hozirgi o‗zbek adabiy 
tili‖ shakllandi. Tildagi bu kabi o‗zgarishlarni sharhlashda, albatta, tarix 
fani yutuqlariga tayanamiz. Shu bilan bir qatorda tarix fani ham 
tilshunoslik materiallariga tayanadi va ayni damda til materiallarini 
o‗rganish tarixning uch xil muammosini hal qilishda yordam berishi 
mumkin: 1) xalqning kelib chiqishi 2) tarixiy taraqqiyotning turli 
bosqichida xalq madaniyati holati 3) boshqa xalqlar bilan munosabati. 
Quyidagi fikrlar mulohazalarimizni asoslaydi: ―Tillar xalqning yozuv 
va san‘at paydo bo‗lgungacha yaratgan eng qadimgi yodgorliklari 
hisoblanadi. Tillar xalqlarning kelib chiqishi, qarindoshligi va joylashuvi 
to‗g‗risida eng yaxshi guvohlik beradi‖. 
22
21
Abdurahmonov G‗., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‗zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent: O‗zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. –B.10. 
22
Туймабаев Ж. Становление и развитие алтайской теории и алтаистики. –Туркистан, 2006. –Б.46. 


31 
Xullas, tilshunoslik sohasi bilan tarix sohasi bir-biri bilan uzviy 
bog‗liq. Shu bilan barobarida til shu til egasi bo‗lgan xalq bilan uzviy 
aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, urf-odatlari, turmush tarzi 
uning tilida aks etadi. Tilshunos olim N.Mahmudov ta‘kidlaganidek: 
―Xalq tushunchasining toyilmas tirgagi, uning tafakkur va taxayyul 
olamining ustuvor ustuni ona tilidir, chunki shu til, avvalo, olomon 
shaklidagi odamlarni yaxlit qavm o‗laroq birlashtiradi, bu qavmning 
dunyoni bilish, anglash tarziga muntazam shamoyil beradi, shu tariqa 
uni tamaddun otlig‗ buyuk ne‘matning oliy arshiga olib chiqadi. Biron-
bir til va xalqni bir-biridan ayro holda tasavvur etish nomumkin 
yumushdir. Tilsiz xalq va xalqsiz til tushunchalari mohiyatdan mutlaqo 
mahrumdir. Xalq tilning tillo beshigida balog‗atga yetadi, til esa o‗z 
sohibi bo‗lmish xalqning qalbidan kuch oladi, uning ardog‗ida tarovat 
topadi. Til xalq birligining, xalq esa til barhayotligining poydor 
posbonidir‖.
23
Shuning uchun til bilan shu til egasi bo‗lgan etnos 
o‗rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo‗lsa, ularni o‗rganuvchi 
tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o‗rtasida ham shunday aloqa 
bor. 
Tilning shu til egasi bo‗lgan etnos madaniyatiga munosabatini, 
tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til bilan etnomadaniyat, 
etnopsixologik omillar o‗rtasidagi aloqani o‗rganishga ehtiyoj tufayli 
etnolingvistika yo‗nalishi vujudga keldi. Sohaning o‗rganish obyekti, 
predmeti, maqsadi va vazifalari xususida manbalarda quyidagicha fikrlar 
bildirilgan: Etnolingvistika – makrolingvistikaning til bilan xalq 
o‗rtasidagi munosabatlarini, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik 
va etnik omillarning o‗zaro ta‘sirini o‗rganuvchi bo‗limi.
24
Etno... (yun. 
ethnos — qabila, elat, xalq) — o‗zlashma qo‗shma so‗zlarning birinchi 
qismi; elat, xalq va ularga oidlik ma‘nolarini bildiradi (mas, etnogenez, 
etnografiya). …Etnolingvistika (etno... va lingvistika) — 
tilshunoslikning til va til egasi bo‗lgan xalq orasidagi bog‗liqlik hamda 
munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik 
23
Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий 
уйи, 2012. –Б.3
24
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б.178. 


32 
omillarning birgalikdagi ta‘sirini o‗rganuvchi sohasi. Til bilan etnik 
xususiyatlarning o‗zaro munosabati, bir-biriga ta‘siri ikki tomonlama 
bo‗ladi: etnik omillar (etnosning urf-odatlari, milliy an‘analari, falsafiy, 
diniy qarashlari va b.)ning tip rivojiga ta‘siri va, aksincha, til vazifaviy 
imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy 
ta‘siri. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning 
qanchalik hissa qo‗shganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, 
mushtaraklik 
yoki 
ularning 
bir-biridan 
ajralish, 
uzoqlashish 
xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal 
lingvistika, 
lingvistik 
geografiya, 
dialektologiya, 
til 
tarixi, 
sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistika erishgan ilmiy 
natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika ayniqsa, yozuvga ega 
bo‗lmagan xalqlarning etnografiyasini o‗rganishda, ularning tillaridagi 
etnik xususiyatlar bilan bog‗liq lisoniy materiallarni to‗plash va tadqiq 
qilishda qo‗l keladi. 
25
Etnolingvistika mustaqil lingvistik yo‗nalish sifatida XIX asrning 
70-yillarida Shimoliy, 
keyinroq Markaziy Amerikadagi hindu 
qabilalarining tili, madaniyati, urf-odatlarini o‗rganishning kuchayishi 
bilan paydo bo‗ldi. Lekin mazkur yo‗nalishning ilk davrida ko‗proq 
etnografiya masalalariga diqqat jalb qilindi, faqat asrimizning 20-
yillarida lingvistik tomoniga e‘tibor kuchaytirildi. Etnolingvistikaning 
mustaqil yo‗nalish sifatida shakllanishida Amerika tilshunosi va 
etnografi F.Boas va uning o‗quvchilarining xizmati katta bo‗ldi. 
Tilshunoslikda etnolinvistikaga oid qarashlar, ya‘ni til va madaniyat, til 
va inson omili, til va tarix masalalari bilan dastlab Yevropa va rus 
tilshunoslari V.fon Gumboldt, A.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir, 
Boduen de Kurtene, A.Potebnya, A.Shaxmatov, N.Xomskiy, U.Cheyf,
B.Serebrennikov, L.Shcherba, Yu.Stepanov, I.Galperin, N.Karaulov, 
N.Jinkin, A.Leontev, J.Lakoff, T. van Deyk, A.Vejbitskaya, 
E.Kubryakova, E.Rosh, V.Belyanin, V.Demyankov, V.Maslova, 
T.Dridze, K.Sedov, o‗zbek tilshunoslari A.Nurmonov, N.Mahmudov,
E.Begmatov, S.Mo‗minov, Sh.Safarovlar shug‗ullanishgan. 
25
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 10-жилд. Шарқ – Қизилқум. – Тошкент: ЎзМЭ, 2005. –Б.285.


33 
Etnolingvistika sohasining predmeti dastlabki davrlarda tillar 
tasnifi bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik tillarning va madaniyatlarning o‗zaro 
ta‘siri, bilingvizm masalalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning 
ta‘siri kabi muammolar ham etnolingvistikaning o‗rganish doirasiga 
kiritilgan. 
Shuningdek, 
turli 
etnik 
guruhlarda 
qo‗llaniladigan 
paralingvistik 
vositalar, 
folklor 
materiallarini 
o‗rganish ham 
etnolingvistika obyekti sanaladi. Xususan, asrimizning 70-80-yillarida 
folklor materiallariga e‘tiborning tortilishi til va madaniyat o‗rtasidagi 
aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va bu bilan 
etnolingvistikaning o‗rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi kunda 
etnolingvistika 
dunyoning 
deyarli 
barcha 
mamlakatlarida 
tilshunoslikning bir yo‗nalishi sifatida e‘tirof etildi va bu yo‗nalish 
bo‗yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Tarix fani va tilshunoslikning o‗zaro bog‗liqligini tilshunoslikning 
qaysi sohalarida kuzatasiz? 
2. Tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar til tarixini yoritishda 
xizmat qilishi mumkinmi? 
3. Etnolingvistika fani nechanchi asrda shakllandi? Uning 
shakllanishida qaysi olimlarning xizmati bor? 
4. Etnolingvistika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat? 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin