27
O‗zbek
ongi modda, ma‘dan, xom ashyolarni alohida bir mantiqiy
kategoriyaga ajratishni talab qiladi. Chunki bularni atovchi so‗zlar
tilimizda qator grammatik xususiyatga ega. Qiyoslang:
cho„yan pech -
cho„yan pechi. Hukm va gap. Tushunchalar munosabatni, ya‘ni narsa va
hodisalarning obyektiv borliqdagi ziddiyatli tabiatini, ularning dialektik
munosabatini ifodalash natijasida fikr paydo bo‗ladi. Fikr hukm orqali
voqelanadi. Hukm fikr bo‗lib, unda biror narsa haqida nimadir tasdiq
qilinadi yoki inkor etiladi. Fikrning manbai – real borliq. Masalan,
barglar shitirladi. Real borliqda barglar
va ularning harakati mavjud,
borliqdagi bu predmet va uning harakati ongda aks etib, ikki tushuncha
(predmet - barglar haqidagi tushuncha va uning belgisi – harakati
haqidagi tushuncha) shakllanadi va bu tushunchalarning qo‗shilishi
hukmni, fikrni keltirib chiqaradi. Demak, hukm biror predmet, voqea yo
hodisa haqidagi tasdiq yoxud inkor fikrdir. Hukm hamisha ikki a‘zoli
bo‗lib, subyekt va predikat qismlardan iborat. Ba‘zi olimlar hukm
tarkibini uchga - subyekt, predikat va bog‗lamaga bo‗ladilar. Bunda
o‗zbek tilida bog‗lama sifatida kesimlik ko‗rsatkichi
-dir nazarda
tutiladi. Hukmning 2 yoki 3 qismdan iboratligi – mantiq fanining o‗z
ichki muammosi. Lekin tilshunoslik nuqtayi nazaridan fikr ifodasini uch
tarkibli deb sanash ma‘qul. Zero, hukmning tildagi muqobili – gapning
kesim tarkibi hamisha murakkab bo‗lib, eng kichik ko‗rinishi ―atov
birligi+kesimlik ko‗rsatkichi‖ qurilishiga ega. Hukmning tilda
ifodalanish shakli – gap. U kommunikativ (aloqa-aralashuv vazifasini
bajaruvchi) birlik, ya‘ni fikrni ifodalash va uzatish, fikr almashish uchun
xizmat qiladi. Gap mantiqiy-predikativ munosabatning lisoniy ifodasi
bo‗lgan ega-kesimning sintaktik bog‗lanishi natijasida yuzaga keladi.
Demak,
gap hukmning tildagi shakli, tafakkur mahsulini tilda ifodalash
uchun xizmat qiladi. Gap – tugallangan ma‘no va tugallangan ohangga
ega bo‗lgan nutqiy birlik. Hukm va gapning o‗zaro munosabatini
o‗rganar ekanmiz, avvalo, ular orasida quyidagicha mutanosiblikka
e‘tibor berish lozim:
Otam o„qituvchidir hukmi va gapida
otam birligi
mantiqan subyekt, grammatik jihatdan egadir.
O„qituvchi qismi
mantiqan predikat, grammatik kesim bo‗lib,
-dir mantiqan bog‗lama,
grammatik jihatdan kesimlik ko‗rsatkichi – affiksidir. Yuqorida
28
keltirilgan hukm-gapda mantiqiy va grammatik hodisalarning o‗zaro
mutanosibligi voqelangan. Mana shunday mutanosiblikni
Karimjon
uxladi, Bola yuguryapti, Qizcha o„qiyapti kabi hukm-gaplarda ham
ko‗ramiz. Hukm va gap tarkibiy qismlari orasida o‗zaro mutanosiblik
mana shunday holatlar bilan cheklanadi, xolos. Ammo c
hiroyli qizcha
baland ovoz bilan kitob o„qimoqda gapida yuqorida ko‗rilgan
mutanosiblik bo‗lmaydi, chunki bu gapning grammatik bo‗linishida ega
va kesim kabi gap bo‗laklaridan tashqari aniqlovchi va hol bor.
Mantiqan esa bu hukm subyekt
(chiroyli qizcha), predikat (baland ovoz
bilan kitob o„qi-) hamda bog‗lama
(-moqda) qismlaridan iborat. Shu
asosda biz hukm va gap orasidagi quyidagi farqlarni ajratishimiz
mumkin.
Birinchidan, hukm hamisha ikki asosiy va bir bog‗lama
qismdan iborat, gap esa ega, kesimdan tashqari boshqa bo‗laklarni ham
o‗z ichiga oladi.
Ikkinchidan, bir gapda (masalan,
O„zbekiston - mustaqil
respublika gapida) mantiqiy urg‗u qaysi bo‗lakka qo‗yilishi va gapning
aktual bo‗linishiga bog‗liq ravishda subyekt (aktual tema) mavqeyida
ham, predikat (aktual rema) mavqeyida
ham shu gap tarkibidagi har
qanday tushuncha kela oladi, gap bo‗laklari mavqeyi esa (o‗rni va shakli
o‗zgarmasa) barqarordir.
Uchinchidan, ayrim
Toqqa chiqiladi, Bu ishni
tezda bajarish lozim kabi shaxssiz gaplarda ega mutlaqo yo‗q va bo‗lishi
mumkin ham emas. Ular bir tarkibli gaplardir. Hukm esa hech qachon
bir tarkibli bo‗lmaydi. Yuqorida keltirilgan gaplarda ifodalangan hukm
majhul (noma‘lum, noaniq, lekin mavjud) subyektli hukm sanaladi.
Demak, gap bir tarkibli ham, ikki tarkibli ham bo‗la oladi, hukm esa
hamisha ikki tarkiblidir
.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Tilshunoslikning mantiq bilan munosabati deganda nimalar inobatga
olinadi?
2.Tafakkurning o‗ziga xos xususiyatlari va tarkibiy qismlarini sanang.
3.Mantiqiy va grammatik kategoriyalarning umumiy jihatlari bormi?
4. Mantiqiy va grammatik kategoriyalarning
farqli jihatlarini misollar
bilan ko‗rsatib bering.