O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Til birliklari va mantiqiy birliklar



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
2.Til birliklari va mantiqiy birliklar. Tafakkur tushuncha, hukm 
(mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud bo‗ladi. Mana shu 
o‗rinda tafakkur til birliklari bilan bog‗liq, chunki tushuncha so‗z va 
so‗z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Til va 
mantiq o‗zaro zich bog‗langani sababli bir qator olimlar til 
kategoriyalarini mantiq kategoriyalariga qiyosan o‗rgandilar. Natijada 
tilshunoslikda mantiqiy yo‗nalish maydonga keldi va tilni mantiqiy 
kategoriyalar asosida o‗rganish, ayniqsa, XVII asrdan XIX asrning 
birinchi yarmigacha o‗z cho‗qqisiga ko‗tarildi. Bu davrda nutqning 
mantiqiy kategoriyalarga to‗la mos holda shakllanishini e‘tirof etgan 
holda, barcha tillar uchun umumiy, ratsional grammatika yaratish 
harakati kuchaydi. Bu yo‗nalish tarixi manbalarda berilgani bois, bu 
masalaga qayta to‗xtalishni joiz bilmadik.
20
Aslida bu birliklar o‗zlariga xos xususiyatlarga ega. Mantiq 
shakllari tushuncha, hukm, xulosalar hamma xalqlar uchun umumiy 
bo‗lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-tumandir. 
Shuning uchun har bir tilning boshqasidan farq qiladigan o‗z 
grammatikalari mavjud. Mantiq fanining grammatika bilan bog‗liqligi 
shundaki, mantiq tafakkurning umumiy qoidalarini, tushuncha, hukm, 
ularning tarkibiy qismlari, o‗zaro munosabatlarini o‗rganadi. 
Grammatika esa mantiq fani o‗rganuvchi hodisalarning shakliy 
ifodasini, tilning grammatik shakllarini o‗rganadi. Biz ularning farqini 
quyidagilarni qiyoslash orqali aniqlaymiz: a)mantiqiy kategoriya va 
lingvistik kategoriya; b)mantiqiy tushuncha va lingvistik so‗z; d) 
mantiqiy hukm va grammatik gap. Har qanday fanda kategoriyalar soni 
ko‗p, ammo hech qachon cheksiz bo‗lmaydi. Odatda har bir fan 10-15 
tacha o‗ta umumiy kategoriyalar bilan ish ko‗radi. Bu kategoriyalar 
obyektiv va subyektiv tabiatga ega. Kategoriyalardagi obyektivlik 
shundan iboratki, har bir kategoriya borliqdagi biror elementning 
ma‘lum bir tomoni umumiyligi bilan uzviy aloqador, bog‗langan, 
belgilangan, shartlangan, asoslangan. Lekin bu aloqadorlik shu 
obyektivlikning ongdagi aksi, in‘ikosi orqali namoyon bo‗ladi. Bu fan 
20
Qarang: Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Тошкент: Шарқ, 2001.–Б.54-61; 
Расулов Р. Умумий тилшунослик. –Тошкент, 2005. –Б.46-48. 


25 
kategoriyalaridagi subyektivlikni tashkil etadi. Har bir kategoriya, 
albatta, murakkab bo‗lib, ichki nisbiy butunlik va yaxlitlikka ega. U bir 
turli narsa, hodisa va munosabatlarning barqaror butunligidir. Shu 
asosda har bir fanda kategorial ma‟no (vazifa/xususiyat kabi) 
tushunchasi mavjud. Kategorial ma‘no deganda shu soha (masalan, 
til)ning ma‘lum bir kategoriyasi uchun umumiy bo‗lgan, shu 
kategoriyaning ichki butunligini ta‘minlaydigan umumiylik (mavjudot, 
belgi, xususiyat, munosabat, vazifa kabilar) tushuniladi. Kategorial 
ma‘no har bir fanda faqat shu fan uchun xos bo‗lgan ifoda shakl va 
vositalariga ega bo‗lmog‗i shart. Agar shunday shakl va vositalar 
bo‗lmasa, demak, bu fanda shu kategoriya yo‗q yoki tamoman boshqa 
mohiyatga ega. Masalan, rus tilida morfologik rod kategoriyasi mavjud 
va bu tildagi ot turkumiga mansub har qanday so‗z uch roddan birining 
shakliga ega. Rod kategoriyasi maxsus qo‗shimchalar, aniqlovchi 
vazifasida kelgan so‗zlarning aniqlanmish ot bilan rod shakliga ko‗ra 
moslashuvi, kesim vazifasidagi so‗zning ega rodiga moslashuvi kabi 
shakllarda voqelanadi. O‗zbek tilida morfologik rod kategoriyasi yo‗q. 
Zarur bo‗lgan hollarda jins (biologik xususiyat) o‗ziga xos leksik (erkak 
- ayol) yoki leksik-sintaktik (erkak o„qituvchi - ayol o„qituvchi) yo‗l 
bilan ifodalanadi. Lekin o‗zbek tilida jinsni ko‗rsatuvchi vositalar 
ma‘lum bir morfologik kategoriyani tashkil etmaydi. Istalgan kategoriya 
butunlik va yaxlitlik bo‗lganligi sababli, albatta, murakkab – bir necha 
tashkil etuvchi – tarkibiy qism (element) lardan iborat bo‗ladi. 
Kategorial ma‘no shu kategoriya elementlariga jins-tur (yoki tur-xil, 
yoki xil-ko‗rinish) obyektiv-mantiqiy aloqalari asosida bo‗linadi, lekin 
hech qachon kategoriya elementi kategorial ma‘nodan butunlay 
tashqarida, unga nisbatan mutlaqo aloqasiz bo‗la olmaydi. Ko‗rinadiki, 
tilshunoslik fanining o‗ziga xos kategoriyalari – lingvistik 
kategoriyalarni to‗g‗ri aniqlash, ularning kategorial ma‘nolarini 
belgilash, har bir lingvistik kategoriya uchun moddiy zamin (obyektiv 
asos) vazifasini o‗tovchi tegishli mantiqiy kategoriya bilan 
aloqadorligini tahlil etish usullari bilan tanishish tilshunos uchun zarur. 
Masalan, so‗z turkumlari kategoriyasi, egalik kategoriyasi, gap 
bo‗laklari kategoriyasi, kesimlik kategoriyasi kabi. Lisoniy kategoriya 


26 
birliklarining shakliy tomoni tilning ifoda tomoni xususiyatlari (segment 
va supersegment fonemalar, prosodik 
vositalar, 
o‗zak va 
qo‗shimchalarning xususiyatlari, agglyutinatsiya, fuziya, so‗z tartibi, 
imo-ishora kabi) bilan bog‗liq bo‗lsa, ularning semantik-funksional 
tomoni fanda mantiqiy kategoriyalar yoki tushunchaviy, mazmuniy 
kategoriyalar deb nomlanuvchi hodisa bilan aloqador. Dastlab 
atamaning o‗zi xususida to‗xtalish lozim. Mantiqiy (tushunchaviy, 
mazmuniy) kategoriya deganda, ma‘lum bir ma‘no, mazmunni atash 
bilan bog‗liq bo‗lgan shaklan rang-barang hodisalar tushuniladi. 
Mantiqiy kategoriya, odatda, grammatik ahamiyatga ega bo‗lgan (ya‘ni 
tilda o‗ziga xos fonetik, leksik, morfologik, sintaktik kabi vositalar bilan 
ifodalanuvchi) bir ma‘no – grammema asosida tuziladi. Bunday 
ma‘nolar xilma-xil bo‗lishi mumkin. Masalan, zamon, makon, 
jonli/jonsizlik, shaxs, inson/hayvon, egalik/qarashlilik, son/miqdor, 
daraja, yo‗nalish kabi. Til qurilishida bu ma‘nolar xilma-xil vosita bilan 
ifodalanadi. Deylik, o‗zbek tilida zamon ma‘nosi leksik (kun, yil, oy ; 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin