120
unsurdan: kuchli va baland talaffuz etiladigan yadro hamda kuchsiz va
pastroq ohangda talaffuz etiladigan periferiyadan iborat. Xuddi shunday
holni o‗zbek tili shevalaridagi diftonglarda ham ko‗rish mumkin,
jumladan, qipchoq
shevalarida uchraydigan [ʱӧü], [ʱaü] diftonglarida
[ӧ], [ü] unlilari yadroni tashkil etsa, har ikkala diftongda [ü] unlisi
periferiyani
tashkil etadi
84
. Bo‗g‗inlardagi yadro-periferiya munosabati
bo‗g‗inni tashkil etuvchi unli va undosh munosabatlariga tayanadi.
Bo‗g‗inlarda yadro sifatida uni tashkil etuvchi unli tovush namoyon
bo‗lsa, periferiya undosh tovush(lar)dan iborat bo‗ladi. Bunday ta‘rif,
albatta, bir unlidan iborat bo‗g‗inlar uchun emas. Hozirgi o‗zbek tilidagi
CV, VC, CVC, CVCC tipidagi bo‗g‗inlarda bir, ikki va uch dona
undosh periferial unsur sifatida mavjud bo‗ladi.
Leksika sathidagi unsurlarning yadro-periferiya
munosabati tildagi
maydon tushunchasi bilan bog‗liq. Tilning leksik birliklari har doim
semantik maydonda o‗z ma‘nosini realizatsiya qiladi, shu sababli leksik
unsurlar orasidan yadroviy va periferial unsurlarni tanlashda leksik
birliklarda bir tarafdan semantik vazifalarning umumiyligini,
boshqa
tarafdan grammatik va leksik unsurlarning o‗zaro ta‘siri kabi shart-
sharoitlarni hisobga olish zarur.
85
Leksik birliklarning yadro-periferiya
munosabatiga ko‗ra tasnifi ana shu tarafi bilan biroz murakkab, ammo
har qanday tildagi hozirgi paytda faol bo‗lgan so‗zlar
qatlamini,
neologizmlarni, adabiy tilning leksik boyligini tilning leksikasi
yadrosida turadi deb hisoblash mumkin. Periferiyada esa eskirgan,
tarixiy so‗zlar hamda dialektizmlar, boshqa tillardan olingan va ma‘nosi
keng ommaga yaxshi tanish bo‗lmagan so‗zlar turishi ma‘lum.
Morfemika sathida ham o‗zbek tilining tipik agglyutinativ-analitik
til ekanligini hamda ―morfema til sistemasida‖, ―morfema
funksional-
paradigmatik sistemada‖ tamoyiliga tayangan holda morfemik
birliklarning yadroviy va periferial qismlari: 1) o‗zak va qo‗shimchalarni
va periferial qismlarini; 2) qo‗shimchalarga ma‘no-vazifa jihatidan teng
84
Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б. Ўзбек диалектологияси. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси
нашриѐти, 2004. –Б.45.
85
Попова З.Д., Стернин И.А. Лексическая система языка. Учебное пособие. -М.:URSS, Книжный дом
―Либроком‖, 2011. – C.172.
121
keluvchi birliklar: ot va fe‘ldagi ko‗makchilar, to‗liqsiz fe‘llar, affiks-
yuklamalar, sifat va ravishdagi eng, juda tipidagi formalar, qil, et, ayla,
bo‗l
;
de
fel formalari, affiksoidlar; 3) tub ―o‗zak so‗zlar‖; 4) nol
morfemalar; 5) o‗zgaruvchan morfemalar: choy-poy, non-pon, meva-
cheva tipidagi takrorlarda ikkinchi qismlarni kiritish mumkin.
86
Dostları ilə paylaş: