O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Yadro-periferiya tushunchasi. Tilshunoslikda yadro-



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
16-mavzu: Yadro-periferiya tushunchasi. Tilshunoslikda yadro-
periferiya munosabatining tatbiq etilishi 
Reja:
1.Yadro-periferiya tushunchasi.Atomistik ta‘limotning mohiyati
2.Tilshunoslikda yadro-periferiya munosabatining tatbiq etilishi 
3.So‗z turkumlarida yadro-periferiya munosabati 
Tayanch so„z va iboralar: Yadro, periferiya, elektron, neytron, 
proton, 1911 yil, Ernest Rezenford, tilshunoslik, atomistik ta‟limot, 
fonetik sath, leksik sath, morfologik sath, sintaktik sath, diftong, unli, 
dominant, bosh ma‟no, ot, fe‟l, kesim  
1.Yadro-periferiya 
tushunchasi. 
Atomistik 
ta‟limotning 
mohiyati. Ma‘lumki, moddiy va ideal dunyodagi obyektlar, 
tushunchalar va tasavvurlarning barchasi ―yadro‖ (markaz) va 
―periferiya‖ (chekka) qismlardan iborat va har qanday substantning (zot) 
yadro va periferiya qismlari o‗rtasida doimiy va ko‗p tomonlama 
aloqalar mavjuddir.
79
 
Tilshunoslikda til birliklari va sathlarida markaziy va quyi, chekka 
qismlar (sohalar) mavjudligi haqidagi qarashlarning shakllanishiga 
tabiiy fanlar, jumladan, kimyo va fizikadagi mavjud atomistik ta‘limot
turtki bo‗lgan edi. Atomistik ta‘limotning ildizi qadimgi Yunoniston 
tamadduniga borib taqalsa-da, bu xususdagi qarashlarning rivojiga 
79
Eltazarov J.D. So‗z turkumlari paradigmasida yadro-periferiya munosabati// O‗zbek tili va adabiyoti, №3. 2006; 
Элтазаров Ж.Д. Сўз туркумлари парадигмасидаги ўзаро алоқа ҳамда кўчиш ҳоллари. –Тошкент: ЎзМЭ, 
2006. –Б. 109-113. Normo‗minov Sh. Til tizimi va so‗z so‗z turkumlari paradigmasi yadro-periferiya

munosabatlari haqida// SamDU Ilmiy axborotnoma. №6. 2016. –B.112-116.


119 
Turkistondan chiqqan buyuk mutafakkirlar Farobiy, Ibn Sino, 
Beruniylar katta hissa qo‗shdilar.
80
19-asrning oxiri va 20-asr boshida atom yadrosining kashf etilishi 
va uning parchalanuvchan ekanligi; atomlar yadro va uning chekka 
qismlari – elektron, neytron, proton kabi zarralardan iboratligi, bu 
unsurlar yadroning musbat va zarralarning manfiy zaryadlangani tufayli 
dialektik birlikda ekani, yadroning parchalanishi uning bilan bog‗liq 
unsurlarda katta miqdordagi energiyaning ajralib chiqishi va 
kataklizmlarga olib kelishi kashf qilinganidan keyin boshqa fanlarda 
ham, shu jumladan, tilshunoslikda ham tabiiy fanlarga qiyosan 
―atomistik ta‘limot‖ shakllandi, ya‘ni turli til birliklarida va sathlarida 
asos (yadro) va chekka unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik 
ta‘limotning boshqa tamoyillariga ko‗ra tahlil qilish an‘anasi vujudga 
kela boshladi. O.S.Axmanovaning ―Lingvistik terminlari lug‗ati‖dagi
―Tildagi yadroviy tuzilmalar‖, ―yadroviy bo‗g‗in‖, ―diftong yadrosi‖ 
kabi maqolalarga diqqat qilinsa, tilshunoslikda atomistik yondashuv til 
qurilishining fonetik, morfemik va sintaktik sathlariga tatbiq etilishga 
ulgurilganini sezish qiyin emas. 
81

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin