119
Turkistondan chiqqan buyuk mutafakkirlar Farobiy, Ibn Sino,
Beruniylar katta hissa qo‗shdilar.
80
19-asrning oxiri va 20-asr boshida atom yadrosining kashf etilishi
va
uning parchalanuvchan ekanligi; atomlar yadro va uning chekka
qismlari – elektron, neytron, proton kabi zarralardan iboratligi, bu
unsurlar yadroning musbat va zarralarning manfiy zaryadlangani tufayli
dialektik
birlikda ekani, yadroning parchalanishi uning bilan bog‗liq
unsurlarda katta miqdordagi energiyaning ajralib chiqishi va
kataklizmlarga olib kelishi kashf qilinganidan keyin boshqa fanlarda
ham, shu jumladan, tilshunoslikda
ham tabiiy fanlarga qiyosan
―atomistik ta‘limot‖ shakllandi, ya‘ni turli til birliklarida va sathlarida
asos (yadro) va chekka unsurlarni qidirish,
til birliklarini atomistik
ta‘limotning boshqa tamoyillariga ko‗ra tahlil qilish an‘anasi vujudga
kela boshladi. O.S.Axmanovaning ―Lingvistik terminlari lug‗ati‖dagi
―Tildagi yadroviy tuzilmalar‖, ―yadroviy bo‗g‗in‖, ―diftong yadrosi‖
kabi maqolalarga diqqat qilinsa, tilshunoslikda atomistik yondashuv til
qurilishining fonetik, morfemik va sintaktik
sathlariga tatbiq etilishga
ulgurilganini sezish qiyin emas.
81
Dostları ilə paylaş: