O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Tilning turli sathlarida “yadro-periferiya” munosabatlarining



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
2. Tilning turli sathlarida “yadro-periferiya” munosabatlarining
namoyon bo„lishi. Tilning har bir sathi va qismida yadroviy, tipik, 
asosiy hamda periferial (ikkinchi darajali) unsurlar mavjudligi va ularni 
turli aspektlarda namoyon bo‗lishi manbalarda ta‘kidlanadi.
82
Xususan, 
Sh.Normo‗minovning dissertatsiya ishida o‗zbek tilining turli sathlarida 
yadro-periferiya munosabatlarining namoyon bo‗lishi ko‗rib chiqilgan 
bo‗lib, biz mavzuni tushuntirishda ushbu tadqiqotdan foydalandik.
83
 
Fonetik sathda yadro-periferiya munosabati diftonglarda namoyon
bo‗lishi ko‗proq kuzatilgan. Unli fonemalar tarkibida boshqa jinsdan 
bo‗lgan unsurning ishtirok etmasligi ularda yadro-periferiya 
munosabatining mavjudligini shubha ostiga qo‗yadi. Diftong esa ikki 
80
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Тошкент: Шарқ, 2001.–Б. 108. 
81
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – М.: Сов.энциклопедия, 1966.
82
Элтазаров Ж.Д. Сўз туркумлари парадигмасидаги ўзаро алоқа ҳамда кўчиш ҳоллари. –Тошкент: ЎзМЭ, 
2006. – Б. 110.
83
Нормўминов Ш.Т. Ўзбек тили сўз туркумлари тизимидаги ядро-периферия алоқаларининг функционал-
семантик тадқиқи: Филол.фан.ф.д (Phd)…дисс. – Самарқанд: 2019. 


120 
unsurdan: kuchli va baland talaffuz etiladigan yadro hamda kuchsiz va
pastroq ohangda talaffuz etiladigan periferiyadan iborat. Xuddi shunday 
holni o‗zbek tili shevalaridagi diftonglarda ham ko‗rish mumkin, 
jumladan, qipchoq shevalarida uchraydigan [ʱӧü], [ʱaü] diftonglarida 
[ӧ], [ü] unlilari yadroni tashkil etsa, har ikkala diftongda [ü] unlisi 
periferiyani tashkil etadi
84
. Bo‗g‗inlardagi yadro-periferiya munosabati 
bo‗g‗inni tashkil etuvchi unli va undosh munosabatlariga tayanadi. 
Bo‗g‗inlarda yadro sifatida uni tashkil etuvchi unli tovush namoyon 
bo‗lsa, periferiya undosh tovush(lar)dan iborat bo‗ladi. Bunday ta‘rif, 
albatta, bir unlidan iborat bo‗g‗inlar uchun emas. Hozirgi o‗zbek tilidagi 
CV, VC, CVC, CVCC tipidagi bo‗g‗inlarda bir, ikki va uch dona 
undosh periferial unsur sifatida mavjud bo‗ladi. 
Leksika sathidagi unsurlarning yadro-periferiya munosabati tildagi 
maydon tushunchasi bilan bog‗liq. Tilning leksik birliklari har doim 
semantik maydonda o‗z ma‘nosini realizatsiya qiladi, shu sababli leksik 
unsurlar orasidan yadroviy va periferial unsurlarni tanlashda leksik 
birliklarda bir tarafdan semantik vazifalarning umumiyligini, boshqa 
tarafdan grammatik va leksik unsurlarning o‗zaro ta‘siri kabi shart-
sharoitlarni hisobga olish zarur.
85
Leksik birliklarning yadro-periferiya 
munosabatiga ko‗ra tasnifi ana shu tarafi bilan biroz murakkab, ammo 
har qanday tildagi hozirgi paytda faol bo‗lgan so‗zlar qatlamini
neologizmlarni, adabiy tilning leksik boyligini tilning leksikasi 
yadrosida turadi deb hisoblash mumkin. Periferiyada esa eskirgan, 
tarixiy so‗zlar hamda dialektizmlar, boshqa tillardan olingan va ma‘nosi 
keng ommaga yaxshi tanish bo‗lmagan so‗zlar turishi ma‘lum. 
Morfemika sathida ham o‗zbek tilining tipik agglyutinativ-analitik 
til ekanligini hamda ―morfema til sistemasida‖, ―morfema funksional-
paradigmatik sistemada‖ tamoyiliga tayangan holda morfemik 
birliklarning yadroviy va periferial qismlari: 1) o‗zak va qo‗shimchalarni 
va periferial qismlarini; 2) qo‗shimchalarga ma‘no-vazifa jihatidan teng 
84
Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б. Ўзбек диалектологияси. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси 
нашриѐти, 2004. –Б.45. 
85
Попова З.Д., Стернин И.А. Лексическая система языка. Учебное пособие. -М.:URSS, Книжный дом 
―Либроком‖, 2011. – C.172.


121 
keluvchi birliklar: ot va fe‘ldagi ko‗makchilar, to‗liqsiz fe‘llar, affiks-
yuklamalar, sifat va ravishdagi eng, juda tipidagi formalar, qil, et, ayla, 
bo‗l
;
de fel formalari, affiksoidlar; 3) tub ―o‗zak so‗zlar‖; 4) nol 
morfemalar; 5) o‗zgaruvchan morfemalar: choy-poy, non-pon, meva-
cheva tipidagi takrorlarda ikkinchi qismlarni kiritish mumkin.
86

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin