123
Yadro va periferial so‗z turkumlari orasidagi munosabatlar
shakllari,
bizningcha, quyidagicha: markazning chekka sohalarga
uzluksiz ta‘siri gapni shakllantiruvchi asos komponentlar sifatida ism va
fe‘l periferial birliklarning mavjudiyatini ta‘minlab beradi, periferial
birliklar esa ism va fe‘ldan o‗zlariga mos
keluvchi spetsifik semantik
komponent va hamda fonetik-akustik struktura oladi;
buning evaziga
ism-fe‘l juftligiga nutqiy faoliyatda ―yordamga keladi‖ va aksincha. Shu
sababli yadro-periferiya aloqalarining bu turini so‗z turkumlariaro
tarixiy-geneologik
aloqalarni,
diaxron
plandagi
ko‗chishni,
grammatikalizatsiya va leksikalizatsiya
hollarini ifodalaydi, deyish
mumkin.
Xullas, til tizimining barcha sathlarida
yadro va periferial
qismlarning mavjudligini kuzatishimiz mumkin,
bu esa dunyodagi
boshqa moddiy va ideal tizimlar kabi semiotik tizim bo‗lmish tilda ham
mutlaqo yadro va periferiyaning planetar modeliga o‗xshash tuzilish
modeli mavjud va u tizim amal qilinishining
universal shartlaridan
biridir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Fonetik
sathda
yadro-periferiya
munosabati
diftonglarda
ko‗rinadi. Diftonlarga misol keltiring.
2.Ma‘lum bir so‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolari asosida yadro-
periferiyaga misollar tuzing.
3. So‗z turkumlarining eng chekka periferiyasiga qaysi so‗z
turkumini olish mumkin? Fikringizni chizma asosida ko‗rsating.
4.Olmosh so‗z turkumida olmoshning qaysi turi yadroda turadi, deb
o‗ylaysiz. Chizma asosida ko‗rsating.
5. Yadro-periferiya nazariyasini sintaktik birliklarga nisbatan tatbiq
etish mumkinmi?
6. Yadro-periferiya nazariyasi bo‗yicha o‗zbek
tilshunosligida
qanday tadqiqotlar amalga oshirildi?