O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Tilning belgi sifatida o„rganilishi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
2.Tilning belgi sifatida o„rganilishi. Tilning belgilar tizimi 
ekanligi haqidagi fikrlar antik davrlardagi stoiklar falsafasiga, 
Demokritning so‗z va predmet munosabati haqidagi munozaralariga 
borib taqaladi. D. Lokk, G. Gegel, V. Gumboldt, F.F. Fortunatov, F. de 
Sossyur belgilar tizimining kelajagini izohlab berdilar.
F. de Sossyur o‗zining ―Umumiy lingvistika kursi‖ asarida belgilar 
haqida fikr yuritadigan sohani semiologiya deb atadi va tilning belgilar 
xususiyatini shunday ta‘riflaydi: ―Til - belgilar tizimidir. Bunda birdan-
bir muhim narsa mazmun bilan akustik obrazning birikishi hisoblanadi. 
Shu bilan birga, belgining bu ikki elementi teng mohiyatli psixik 
hodisalardir‖. U belgi atamasini butunni ko‗rsatish uchun saqlashni, 
―tushuncha‖ va ―akustik obraz‖ atamalarini ularga mos keluvchi 
―ifodalanuvchi‖ va ―ifodalovchi‖ atamalari bilan almashtirishni tavsiya 
etadi. V. A. Bogoroditskiy ―nutqimizda so‗zlar, tushunchalar va fikrlarni 
ifodalovchi simvollar yoki belgilar‖ mavjud, deb ko‗rsatadi. 
Shunday bo‗lishiga qaramay, belgi tuzilishi to‗g‗risida bir-biriga 
qarama-qarshi ikki xil fikr bor. Birinchi fikr tarafdorlarining vakili L.A. 
Abramyan belgini ham ifoda planiga, ham material, ham mazmun 
planiga ega deydi. Uningcha, belgi o‗zi uchun muhim emas, faqat 
o‗zidan keyingilar uchun muhimdir. Bu nuqtayi nazarga qarshi turgan 
V.Z.Panfilov, A.A.Vetrov, V.M.Solnsevlar belgi bir tomonlama hodisa, 
u faqat ifoda planiga ega, belgi hamma vaqt mazmun bilan aloqada deb 
hisoblaydilar. Buning sababi: 1) tovush qatori faqat predmetni 
ko‗rsatmaydi, balki ma‘noning o‗zini ko‗rsatadi; 2) belgi shartli, 
ixtiyoriy, mazmuni esa shartli emas, u haqiqatni aks ettirishda 
aniqlanadi; 3) ma‘no bilim fakti, miyada saqlanadi, belgi hamma vaqt 
undan tashqaridadir, deb ko‗rsatadi. 


131 
Tildagi belgilar tizimi nutqimizda to‗rt xil aspektdagi munosabatni 
ifodalashda qatnashadi. 1. Sigmatik aspekt. 2. Sintaktik aspekt. 3. 
Semantik aspekt.
4. Pragmatik aspekt.
Sigmatik aspektda belgi predmet bilan aloqada bo‗ladi. Sintaktik 
aspektda belgining boshqa belgi bilan aloqasidan qat‘iy nazar 
predmetning ma‘no va funksiyasi bilan aloqada bo‗ladi. Semantik 
aspektda belgi interpretatsiyasi (o‗tkazuvchi) va uning fikr ifodalash 
vositalari birga qo‗shib olib boriladi. Pragmatik aspektda inson va 
ishoraning o‗zaro munosabatidan foydalaniladi.
Belgi tizimi haqida fikr yuritganda uning lisoniy va nolisoniy 
belgilarini farqlash lozim.
Til belgisida tilning predmetga bo‗lgan munosabati haqida fikr 
yuritiladi. Til belgisi - kommunikativ va informativ belgilar tildagi 
so‗zlar va gap tipidagi birliklar sanaladi. 
Lingvist tilni shakl va mazmun birligida amal qiluvchi o‗ziga xos 
belgilar tizimi sifatida tekshiradi. Tilning asosiy belgisi so‗zdir. Ayni 
vaqtda so‗z ikkinchi signal sistemasining birligidir. Ayrim tilshunoslar 
so‗zni tildagi axborot belgisi deb qaraydilar. Boshqalar bunga e‘tiroz 
bildirib, absolyut atamalardagina bu holatni kuzatish mumkin deb 
hisoblaydilar.
Nolisoniy belgida esa, yordamchi vositalar haqida fikr yuritiladi. 
Yordamchi vositalarga signal va simvollar kiritiladi.
Axborot beruvchi ovozli, ko‗rinishli yoki boshqa shartli belgili 
signal hisoblanadi: yo‗l belgilari (svetafor, semafor); qo‗ng‗iroq, gudok 
kabilar. Signal belgilar tilda ham mavjud. Fonemalar tilning namunali 
tovushlaridir. Fonemalar tilning axborot belgisi emas, ular belgining 
belgisi, ya‘ni til belgisi haqida signal beruvchidir. Boshqacha aytganda, 
u umumiy belgi emas, balki xususiy belgilardir. Mazmuni ko‗rgazmali, 
obrazli ravishda asoslangan belgi simvol sanaladi. Simvol vaziyat bilan 
shartlanishdan ma‘lum darajada ozod. Simvollar o‗z xarakteriga ko‗ra 


132 
murakkab (gerb, bayroq) va oddiy (nishonlar, orden, medallar) simvol 
belgilarga bo‗linadi.
Signal va simvollarning asosiy qismi tilda taqlidiy so‗zlar 
xarakteriga egadir. Lekin tilda taqlidiy so‗zlar sanoqli darajadadir.
Til belgisi haqiqiy bo‗lib, u birlamchidir. Nolisoniy belgi 
yordamchi va sun‘iy til belgisi esa ikkilamchi hisoblanadi. Ikkilamchi 
belgi substitut nomli atama bilan yuritiladi. Substitutlar birlamchi 
belgilarni ko‗rsatishga xizmat qiladi. Masalan, fonema belgi bo‗lsa, harf 
uning substitutidir. Gap kommunikativ belgi bo‗lsa, uning matematik 
modeli substitut sanaladi.
Substitut belgilar axborot tizimida keng tarqalgan. Uning ko‗p 
qo‗llaniladigani matematik belgilardir. Substitutlar metatilni ifodalovchi 
vositadir.
Xullas, til kishilarning bir-birlariga turli axborotlarni xabar qiluvchi, 
yetkazuvchi 
belgilar 
tizimidir. 
Tilning 
belgilik 
xususiyatini 
tilshunoslikning lingvosemiotika bo‗limi o‗rganadi. Lingvosemiotika 
tilshunoslik bilan semiotika hamkorligida yuzaga kelgandir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Belgi turlariga misollar keltiring. 
2. Shartli belgilarga misollar keltiring. 
3. Sanam belgilarga misollar keltiring. 
5. Indeks belgilarga misollar keltiring. 
6.Lingvistik belgilarning boshqa belgilardan farqli jihatlariga misol 
keltiring. 
7. Lingvistik belgilarning boshqa belgilarga o‗xshash jihatlariga misol 
keltiring. 
8. Lingvistik belgilarning muhim jihatlariga misol keltiring. 
9. Imo-ishoralarni belgiga kiritish mumkinmi? 
10. Ushbu mavzu bo‗yicha qilingan tadqiqotlar haqida ma‘lumot 
bering. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin