137
Xulosa
Ildizi antik davrga borib taqaladigan
tilshunoslik fani bugungi
kunda rivojlangan, til va nutq birliklarini har tomonlama tadqiq
etayotgan turli zamonaviy soha va yo‗nalishlarga ega
fan sifatida fanlar
sistemasida o‗z o‗rniga ega bo‗ldi. U hozirgi taraqqiyot darajasiga
nafaqat, o‗z ichki xususiyatlaridan, o‗z tarixidan kuch olib erishdi, balki
boshqa fanlar, sohalar g‗oyalaridan, tamoyillari,
yangiliklari,
yutuqlaridan ozuqa sifatida foydalandi. Tilshunoslik fanlar
sistemasidagi boshqa fanlar erishgan yutuqlar bilan oziqlanibgina
qolmasdan, o‗z
navbatida, uning o‗zi ham bir qancha fanlarda mavjud
muammolarni ijobiy hal qilish uchun yordam bermoqda. Xususan,
mantiq,
psixologiya,
tarix,
madaniyatshunoslik,
etnografiya,
adabiyotshunoslik tilshunoslik yutuqlariga tayanadi. Shuningdek,
tabiiy
fanlarning atamalar tizimini shakllantirish va tartibga solishda ham
tilshunoslik yordamga keladi.
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan bog‗liqlik darajasi turlicha.
Ayrim fanlar bilan tilshunoslikning ba‘zi masalalarigina aloqadordir.
Xususan, geografiya bilan lisoniy hodisalarning tarqalish hududlarini
belgilashda, bu
hududlarni kartalashtirishda, joy nomlarini ma‘nosini
izohlashda; fizikaning akustika bo‗limi bilan nutq tovushlarining fizik
138
xossasini
o‗rganishda;
biologiya
bilan
nutq
tovushlarining
artikulyatsion xususiyatlarini izohlashda, tibbiyot
bilan nutqiy afaziya
masalalarini o‗rganishda aloqadorlik seziladi. Boshqa fanlar bilan esa
tilshunoslik o‗ta zich munosabatdadir. Masalan, falsafa tilshunoslikning
barcha masalalari bilan uzviy aloqada.
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabatini o‗rganish
natijasida hozirgi kunda fanlar sistemasida ikki fan oralig‗idagi
yo‗nalishlar maydonga keldi. Mentalingvistika (tilshunoslik va falsafa
munosabati), kognitiv tilshunoslik (gnoseologiya),
etnolingvistika
(etnografiya va tilshunoslik munosabati), psixolingvistika (psixologiya
va tilshunoslik munosabati), paralingvistika (semiotika bilan tilshunoslik
munosabati), neyrolingvistika (tibbiyot, fiziologiya bilan tilshunoslik),
sotsiolingvistika (til va jamiyat aloqasi), lingvokulturologiya (inson-
madaniyat-til munosabati), psixolingvistika (til va shaxs ruhiyati
munosabati) kabi yo‗nalishlar shular jumlasidandir.
Shuni ta‘kidlash zarurki, tilshunoslik boshqa fanlar bilan qanchalik
munosabatda bo‗lmasin, o‗z tadqiqoti obyekti va tadqiqot chegarasiga
ega bo‗lgan mustaqil fan sifatida fanlar sistemasida qat‘iy o‗rniga ega.
Dostları ilə paylaş: