2-mavzu. O‘rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi



Yüklə 38,92 Kb.
səhifə1/4
tarix12.05.2023
ölçüsü38,92 Kb.
#112246
  1   2   3   4
2-mavzu. O‘rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi


2-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPA VA ARAB TILSHUNOSLIGI.




1. O’rta asrlar tilshunosligi haqida nimalarni bilasiz?


Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab, shuningdek, arab tilida ijod etgan arab boʻlmagan filologlar nomi bilan bogʻliq. Arab tilshunosligining rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta boʻlgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan boʻlsa, Javhariy, Koshgʻariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining "Devonu lugʻotitturk", "Muqaddimat uladab" asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar Uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi.


2. O’rta asrlarda Yevropada tilshunoslik qanday rivoj topgan?
Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. 


3. O’rta asrlarda arab tilshunosligi haqida gapirib bering?
VII-VIII asr arab tilshunosligining dastlabki markazlari Iroqning Basra va Kufa shaharlari hisoblangan. Basra va Kufa shaharlarida ikkita lisoniy maktab tashkil topgan bo`lib, ular o`rtasida tilshunoslikning ko`pgina masalalari yuzasidan «fikrlar jangi», qizg`in bahslar, munozaralar olib borilgan.
Ushbu lisoniy munozaralar tilshunoslik fanining markazi Arab xalifaligining poytaxti bo`lgan Bag`dod shahriga ko`chirilgandan so`ng to`xtagan.
Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lug`atini yaratdi. U lug`atini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan.
Xalil al - Farohidining shogirdi, mashhur arab tilshunosi, kelib chiqishiga ko`ra fors basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o`zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o`zigacha bo`lgan barcha tadqiqotchilarning ta`limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko`rinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan.
Kelib chiqishiga ko`ra yunon Abu-Abayda (770-837) noyob so`z va ibora, ifodalarning keng qamrovli lug`atini tuzadi.
Bag`dodlik hind Sag`ani (1181-1252) 20 tomlik lug`at yaratadi va uni «To`lqinlar toshqini» deb nomlaydi.
Misrlik ibn Mansur (1232-1311) katta hajmdagi salmoqli lug`at tuzib, uni «Arab tili» deb ataydi.
Sherozlik fors Feruzobodi (1329-1414) 60 tomlik lug`at tuzgan va uni «Qomus» (Okean) deb nomlagan. Bundan keyin yaratilgan ko`plab lug`atlar ham «Qomus» nomi bilan ataladigan bo`lgan.



Yüklə 38,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin