O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Lingvistik geografiya predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
2.Lingvistik geografiya predmeti, maqsad va vazifalari. 
Lingvistik geografiya quyidagi tushuncha va terminlar bilan ish ko‗radi: 
1.Lingvistik atlaslar 2.Mos hodisalar. 3.Areallar. 4.Izoglosssalar. 5.Til 
lanshafti. 6.Aralash zonalar. 7.Irradiatsiya. 8.Lingvogeografik kartalar. 
9.Kartalashtirish.
92
Maxsus programma – so‗roqlik asosida tayyorlangan, ma‘lum til 
yoki shevalarga xos xarakterli xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks 
ettiruvchi lingvistik kartalarning albom shaklidagi sistemali to‗plami – 
lingvistik atlas deyiladi. Lingvistik atlaslar 2 xil bo‗ladi. 1.Regional 
atlas. 2. Zonal atlas. Regional atlas – u yoki bu rayondagi shevalar 
strukturasining eskiz –sxemasini aniqlash va detallashtirishdan iborat. 
O‗zbekiston teritoriyasini o‗z ichiga olgan o‗zbek shevalari atlasi 
tuzilsa, regional atlas bo‗ladi. Yirik zonadagi til xususiyatlarini o‗zida 
to‗la aks ettirgan atlas –zonal atlas deyiladi. 1821-yil K.de Monre 
tomonidan yaratilgan fransuz shevalari chegaralarini belgilovchi karta,
1876-1926 – Venker va Vredelarning nemis til atlasi, J.Jilyeron va 
E.Edmon tomonidan yaratilgan 12 jildli ―Fransuz tili atlasi‖, K.Yaberg 
va Ya Yudlarning 8 jildli ―Italyan-shveysar‖ (1928-1940) atlasi kabilar 
zonal atlasga misol bo‗ladi.
Mos hodisalar – umummilliy til strukturasining zvenolari bo‗lib, 
har xil dialektlarda o‗zining turli bo‗laklari bilan ishtirok etgan holda 
91
Шерматов А. Лингвистик география нима? –Тошкент: Фан, 1981. –Б.5-7. 
92
Шерматов А. Лингвистик география нима? –Тошкент: Фан, 1981. –Б.6-18. 


135 
shevachilik farqlarini vujudga keltiradi. Narvon, shoti, zangi; borovuz, 
boramiz, boropmiz. 
Areallar – mos hodisalar ayrim bo‗laklarining lingvistik kartada 
tarqalish zonasini, ya‘ni tilning dialektal farqlanishini ko‗rsatadi. 
Lingvistik karta – lingvogeografik tadqiqotning asosiy nuqtasidir. Unda 
til tarixining hamma davri aks etishi kerak. 
Izoglossa – mos hodisalarning u yoki bu a‘zosi tarqalgan eng chet 
nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq.
Til landshafti – muayyan bir til uchun ma‘lum bo‗lgan izoglossalar 
yig‗indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri.
Aralash zona – bir til yoki dialekt ichida boshqa bir til yoki dialekt 
elementlarining mavjud bo‗lishi.
Innovatsiya markazi – u yoki bi til yoki sheva hodisasining 
markazi. Masalan, -din qo‗shimchasi uyg‗ur tilidan o‗zbek shevalariga 
tarqalgan.
Irradiatsiya – hodisaning tarqalish tushunchasi bo‗lib, arealning 
xarakterli belgilaridan biridir.
Lingvistik karta – lingvogeografik tadqiqotning asosiy nuqtasidir. 
Unda til tarixining hamma davri aks etishi kerak. 
Xullas, lingvistik geografiya quyidagi maqsad va vazifalar bilan 
shug‗ullanadi: 

lingvogeografiya materiallar bilan laboratoriyada va kabinetda 
shug‗ullaniladi; 

til hodisalarining tarqalish chegaralari, joylashish o‗rni va tilning 
dialektal bo‗linishi o‗rganiladi; 

areal-tipologik metod orqali tillar tipologiyasi aniqlaniladi; 

areal tadqiqot metodi bilan ham ish ko‗riladi; 

dialektlar va shevalar butunicha aniqlanib tekshiriladi; 

hududiy (regional) va ma‗lum bir, ayrim olingan kenglik, 
maydonlar (zonalar) dialektologik atlaslari tuzish ishlarini amalga 
oshiriladi; 

mustaqil holda dialektologik va lingovogeografik asoslar orqali 


136 
til maydon va kengliklari o‗rganiladi; 

tilda turli omillar sababli paydo bo‗lgan lingvistik hodisalar - 
izoglassa chiziqlarini xaritalashtirish, til lanshaftlarini belgilash 
vazifalari amalga oshiriladi; 

bog‗liq va konvergent izoglassalar til faktlari asosida zamon va 
makonga bog‗liq holda o‗rganiladi. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Lingvistik geografiya qanday tushuncha va terminlar bilan ish 
ko‗radi. 
2.Lingvistik yoki dialektologik atlasning vazifasi nima? 
3. Lingvistik atlas kartalari qanday prinsiplarga asoslanib 
tuziladi? 
4. Lingvistik atlas necha xil bo‗ladi? 
5.Regional atlasning asosiy vazifasi nima? 
6.Zonal atlasning vazifasi qanday? 
7.Mos hodisalar deganda nimani tushunasiz? 
8.O‗zbekistonda aralash zonalar qayerlarda uchraydi? 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin