O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
 
 
 
18-mavzu: Tilshunoslik va semiotika 
Reja: 
 
1. Semiotika va uning yo‗nalishlari.  
2.Tilning belgi sifatida o‗rganilishi.
Tayanch so‘z va iboralar: belgi, semiotika, lingvistik belgilar, 
Morze alifbo sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, 
yorug„lik va tovush signallari. 
1. Semiotika va uning yo„nalishlari. Turli-tuman belgilar
tizimining umumiy xususiyatlarini o‗rganuvchi fan semiotika deb 
ataladi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi 
hisoblanadi. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan 
faylasuflar shug‗ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala 
ruhshunoslarning ham diqqatini jalb etdi. XIX asrdagi belgilar 
sistemasiga bag‗ishlangan falsafiy asarlar orasida Ch.Pirsning asari 
alohida ajralib turadi. Semiotikaning asoschisi sanaluvchi Ch.Morrisning 
Ch.S.Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Ch.Pirs belgilarni 
birinchi marotaba tasnif qiladi. U tasnifda belgining moddiy tomoni – 
ifodalovchi bilan ifodalanmish o‗rtasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana 
shu belgi asosida Ch.Pirs belgilarni uch katta guruhga ajratadi: 


129 
1.Sanam belgilar. Bunday belgilar ifodalovchi ma‘lum darajada 
ifodalanmish bilan o‗xshashlikka ega bo‗ladi (masalan, hayvonlarning 
tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi). 
2.Indeks belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish 
bilan sabab-natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va 
zamondagi bog‗liqlik va h.k.) orqali bog‗lanadi. Masalan, tutun olovning 
indeks belgisi sanaladi. 
3.Simvol belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish 
o‗rtasida shartli, konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud 
bo‗ladi. Bu munosabat erkin va ma‘lum qoida asosida vujudga keladi. 
Ana shu jihatdan lingvistik belgilar simvol belgilarga o‗xshaydi. Lekin 
belgilar tipologiyasida alohida o‗rin egallaydi. Bu yangi fanning paydo 
bo‗lishi Ch. Morris asarlarining yuzaga kelishi bilan bog‗liq. Muallif o‗z 
asarlarida o‗zigacha o‗tgan Ch.Pirs, Gusserli kabi faylasuflar va 
F.F.Fortunatov, F.de Sossyur kabi tilshunoslar tomonidan qilingan 
barcha ishlarni umumlashtiradi. Bunda F.de Sossyurning quyidagi 
fikriga e‘tiborni qaratadi: belgilar haqidagi fan – semiotika 
psixologiyaning qismi, lingvistik muammo esa birinchi navbatda 
semiologik 
muammo 
bilan 
aloqadordir. 
Semiotika 
turli 
kommunikatsiyaning amaliy talablaridan kelib chiqib, uning turlarini 
o‗rganadi. Semiotika bunda struktura belgisining izomorf hamda 
izomorfizm, ya‘ni tilning turli yaruslari o‗rtasidagi sifat farqlarini inkor 
etib, ularni ilmiy tadqiq etishda bir xil metod va usullardan foydalanish 
g‗oyalariga amal qiladi. In‘ikos natijalari bilan in‘ikos ettiradigan 
buyum o‗rtasidagi nisbat izomorfizm shaklida ifodalanadi. Izomorfizm 
talablariga amal qiluvchi semiotika, ya‘ni tabiat va jamiyatdagi belgilar 
tizimi haqidagi fanning beshta yo‗nalishi bor: 
1) mavjud tabiiy va biologik belgilarni o‗rganuvchi biosemiotik 
yo‗nalish; 
2) insonning madaniyat darajasi, urf-odati, holatini tasvirlovchi 
etnosemiotik yo‗nalish;
3) tabiiy tillarni, ularning stilistik va bir-biridan ajralmaydigan 
belgilar tizimini o‗rganadigan lingvosemiotik yo‗nalish;


130 
4) belgilangan material bilan bog‗liq bo‗lmagan holda o‗ziga xos 
umumiy xususiyatlarni belgilovchi abstrakt semiotik yo‗nalish;
5) mazkur yo‗nalishlarning hammasi uchun umumiy bo‗lgan 
masalalarni hal qiluvchi umumiy semiotik yo‗nalish.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin