O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Tilshunoslikning matematika bilan munosabati. Tilni



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
17-mavzu: Tilshunoslikning matematika bilan munosabati. Tilni 
organishda statistik metodlardan foydalanish 
Reja: 
1.Tilshunoslikning matematika bilan munosabati.
2.Tilni o‗rganishda statistik metodlardan foydalanish. 
Tayanch so„z va iboralar: Tilshunoslik, matematika, matematik 
mantiq, algoritm nazariyasi, matematik tavsif, matematik lingvistika, 
kompyuter lingvistikasi, bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi
transformasion grammatika, formal grammatika, generativ lingvistika.
Mutafakkirlarning 
aytishicha, 
til 
sistema 
sifatida 
aynan 
matematikaning o‗zidir. Matematika aniq fan bo‗lib, formulalar 
munosabati orqali reallashadi. Til ham matematika singari aniqlikni 
talab qiladi va unda ikki yoki undan ortiq birliklarning o‗zaro 
munosabati bir butunlikni tashkil etadi. Shunday ekan, matematika fani 
va tilshunoslik o‗rtasida uzviy bog‗liqlik mavjud va bu bog‗liqlik 
matematik lingvistika fanini shakllantirdi.
Matematik lingvistika fani XX asrning 50-yillarida (1952-yilda) 
tilshunoslikning alohida yo‗nalishi sifatida yuzaga keldi. Bu fanning 
shakllanishida 
Kopengagen 
struktural 
tilshunoslik 
maktabi 
(glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g‗oyalari o‗ziga xos 
„turtki― vazifasini o‗tagan. U hatto til hodisalarini matematik bayonda 
tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu 
fan ―Til algebrasi― deb atalishi lozim edi. Mana shunday qarashlar 
ta‘sirida matematik lingvistika fani shakllandi. A.Rahimov fikri bilan 
aytganda, matematik lingvistika bu – tabiiy tillarning matematik 
modellarini (bunday formallashgan til metatil deb ataladi) ishlab chiqish, 
xususan, sun‘iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug‗ullanuvchi 
fandir.
87
Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim masalalar 
quyidagilardir:
- tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish;
- formal grammatika yaratish;
87
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi. –Andijon, 2012. –B.4-5. 


125 
- tillarning matematik modellarini ishlab chiqish.
Matematik lingvistika – insondan tashqarida mavhum sistema 
sifatida, Yelmslev ta‘rifi bilan aytganda, ―sof munosabatlar tizimi‖ 
bo‗lgan til tavsifidir. Matematik lingvistika va klassik (mumtoz) 
tilshunoslik orasidagi farq quyidagi nuqtalarda ko‗rinadi:
- Mumtoz tilshunoslikda til inson bilan birgalikda ko‗rib chiqiladi. Ya‘ni 
mumtoz tilshunoslik insonga yo‗naltirilgan bo‗ladi va uning faol 
ishtirokida qabul qilinadi. Matematik lingvistika esa insonni tavsifdan 
istisno qiladi va u ko‗proq kompyuterga moslashtiriladi.
- Mumtoz tilshunoslik ko‗proq tavsifiy (deskriptiv) xarakterga ega 
hisoblanadi. 
Matematik 
lingvistika 
esa 
masalani 
miqdoriy 
xarakteristikalar va aniq parametrlar asosida hal qiladi. Demak, mumtoz 
tilshunoslik ko‗proq tavsifiy bayonga asoslansa, matematik lingvistika 
miqdoriy (kvantitativ) tavsifga asoslanadi.
Har bir fanning o‗z maqsad va vazifalari bo‗ladi. Shunga ko‗ra 
matematik lingvistika fanining maqsadi bu – tabiiy tillarning matematik 
modellarini qurish, lingvistik muammolarni kompyuter yordamida hal 
qilish, talabalarda ushbu fan haqida puxta bilim hosil qildirish. Ushbu 
maqsadga erishish uchun fan o‗z oldiga quyidagi vazifalarni qo‗yadi:
- tabiiy va sun‘iy tillarning formal modellari algoritmini ishlab chiqish;
- lingvistik muammolarni optimal hal qiluvchi kompyuter dasturlarini 
yaratish;
- lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash;
- til hodisalarini matematik tahlil qilish.
Fanlar hamisha o‗zaro uzviy bog‗liqlik va hamkorlikda ish ko‗radi, 
ular bir-birisiz yashay olmaydi. Jumladan, matematik lingvistika fani 
ham bundan mustasno emas. Matematik lingvistika mantiq, geometriya, 
informatika, statistika, ehtimollar nazariyasi kabi turli fan sohalari bilan 
o‗zaro aloqadorlikda ish ko‗radi.
2. 
Tilni 
o‗rganishda 
statistik 
metodlardan 
foydalanish. 
Tilshunoslikda keng qo‗llanilayotgan statistik metodlar ham matematika 
fanining ta‘siri orqali maydonga kelgan. Statistik metodning markaziy 


126 
muammosi jonli (funksional) tilning statistik qonuniyatlarini va 
matnning statistik strukturasini aniqlashdir. Matnning statistik 
strukturasi deyilganda, shartli ravishda, ma‘lum matndagi turli so‗zlar 
miqdori bilan shu matnda uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi 
orasidagi munosabat tushuniladi. Shunga ko‗ra statistik ma‘lumotlarni 
to‗plash, qayta ishlash kabi murakkab jarayondagi barcha ishlarni 
EHMga 
yuklash 
zaruriyati 
kelib 
chiqqan 
holda 
kompyuter 
lingvistikasida statistik yo‗nalish yuzaga keldi.
Filologik izlanishlarda statistik metodni ilk bor qo‗llagan olim 
V.Ya. Bunyakovskiy edi. Matematik olim Yu.I.Levin fikriga ko‗ra, til 
hodisalarini o‗rganishda ehtimollik nazariyasi va statistikani qo‗llash 
XX asrning boshlariga to‗g‗ri keladi. Bu soha bilan dastlab 
shug‗ullangan shoir Andrey Belin va taniqli matematik A.A.Markovlar 
bo‗lgan. Keyinchalik A.A.Chuprov, A.M.Peshkovskiy, V.F.Chistyakov, 
B.K.Kramorenko, A.A. Lyapidovskiy, E.A.Shteynfeldt, Yu.Markov, 
I.I.Revzin, 
V.A.Artyomov, 
R.G.Piotrovskiy, 
Ye.V.Paducheva, 
I.A.Malchuk, R.M.Frumkina kabi o‗nlab shu sohaning mutaxassislari 
yetishib chiqdi. O‗zbek tilshunosligida esa statistik metodlardan 
foydalanish 1930-yillardan I.Kissen lug‗atlari bilan boshlangan. 
Masalan, 1941-yilda bir necha oy ichida I.A.Kissen rahbarligi va 
ishtiroki bilan 17000 so‗zdan iborat katta o‗zbekcha-ruscha lug‗at 
tuzilgan. I.A.Kissen ―Hozirgi o‗zbek adabiy tilida faol qo‗llanuvchi 
so‗zlar lug‗ati‖ni yaratish uchun qirqta o‗zbek roman va qissalardan 
101,044 ta so‗z shaklini tanlab, shundan 5,4 foizini atoqli otlar (5494 ta 
so‗z), qolgan 95,550 ta so‗z mustaqil va yordamchi so‗zlar bo‗lib, 94,6 
foizni tashkil etishini aniqlagan. O‗zbek tili matbuotining lug‗aviy 
tarkibini birinchi bo‗lib tekshirgan olim V.V.Reshetov edi. U o‗z 
nomzodlik dissertatsiyasida va shu asosda e‘lon qilingan maqolalarida 
o‗zbek tili matbuotidagi so‗zlarning kelib chiqishi (o‗zbekcha, arabcha, 
forscha, ruscha va boshqalar) va so‗z turkumlari bo‗yicha chastotasini 
aniqladi. Xuddi shuningdek, 1940-yilda A.K. Borovkov ham gazeta 
materiallari bo‗yicha statistik tekshirish olib borgan edi.
88
Keyinchalik
88
Ризаев С. Тестни автоматик қайта ишлаш ҳақида //Ўзбек тили ва адабиѐти, 1972. №1. –Б.101-102.


127 
―Minsk22‖ elektron-hisoblash mashinasida S.Rizayev ―O‗zbek bolalar 
adabiyoti tilining chastotali lug‗ati‖ni yaratgan. R.Qo‗ng‗urov va 
S.Karimovlarning 
―Zulfiya 
poeziyasi 
tilining 
lug‗ati‖, 
S.Muhamedovning gazeta matnlari asosida ―O‗zbek tilining alfavitli-
chastotali lug‗ati‖, Rizayev, N.Bo‗ronovlarning ―Abdulla Qahhor 
―Sinchalak‖ povesti tilining chastotali lug‗ati‖ kabi lug‗atlari statistik 
metod asosida yaratilgan.
89
D.O‗rinboyeva, U.Umrzoqov ―O‗zbek 
xalq dostonlari tilining alfavitli chastotali lug‗ati‖, S.Karimov, 
A.Qarshiyev, G.Isroilovalarning ―A.Qahhor asarlari tilining lug‗ati‖, 
N.Xadjimusayevaning ―Orzigul‖dostoni tilining alfavitli, chastotali, 
chappa lug‗ati‖, D.O‗rinboyevaning ―O‗zbek xalq og‗zaki ijodi 
asarlarining qiyosiy chastotali lug‗ati‖, S.Umirovaning ―Usmon Azim 
asarlari tilining lug‗ati‖ kabi qator lug‗atlar ham statistik metod asosida 
yaratilgan lug‗atlardir.
90
Xullas, leksik birliklarni statistik metod bilan tahlil qilish 
leksikologiya va leksikografiyaning ko‗plab masalalarini hal etishga 
ko‗maklashadi. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Matematik lingvistika fani nechanchi asrda shakllangan? 
2. Lingvistikaning tarmoqlarini sanab bering? 
3. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi nima? 
4. Kompyuter lingvistikasi oldida turgan asosiy masalalar qaysilar? 
5. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi nima?
6. Aksiomatik nazariya deb nimaga aytiladi? 
7. Kompyuter lingvistikasi bo‗yicha tadqiqot olib borgan olimlar? 
8. Tarjimani modellashtirish metodlari va uni avtomatlashtirish 
yo‗llarini ishlab chiqqan olim? 
9. Kompyuter lingvistikasini qaysi fanlar bilan aloqador? 
89
Қўнғуров Р., Каримов С. Зулфия поэзияси тилининг луғати (конкорданс). – T., 1981; Муҳаммедов С. Ўзбек 
тилининг алфавитли-частотали луғати (газета матнлари асосида). – Тошкент: Фан, 1982.
90
Каримов C. ва бошқ. А.Қаҳҳор асарлари тилининг луғати. – Тошкент: ЎзМЭ, 2007; O‗rinboyeva D., 
Umurzoqov U. O‗zbek xalq dostonlari tilining alfavitli chastotali lug‗ati. –Toshkent: O‗zME, 2006; Умирова С. 
Усмон Азим асарлари тилининг частотали луғати. – Самарқанд, 2019. 


128 
10. 
Lingvostatistika va almashtirish bilan shug‗ullangan 
olimlarni ayting?
10.Chastotali lug‗atlar haqida ma‘lumot bering. 
11. Bugungi kunga qadar yaratilgan chastotali lug‗atlar haqida 
ma‘lumot bering. 
12. Dastlab yaratilgan chastotali lug‗atlardan zamonaviy, bugungi 
kunda yaratilgan lug‗atlarning farqini ayting. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin