Lingvomadaniy konsept – etnomadaniy xususiyatga ega bo‗lgan
va borliq haqidagi funksional ahamiyatga molik informatsiyani
uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. U madaniy universaliyalarni
ifodalaydi. Lingvomadaniy konsept tafakkurda mavjud bo‗ladi, u o‗zida
kognitiv-ratsional va emotsional-psixologik mazmunni biriktiradi.
Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli
vazifasini o‗taydi. Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning
shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi.
Lingvomadaniy paradigm – bu dunyoqarashning etnik, ijtimoiy,
tarixiy, ilmiy va h.k. o‗zaro aloqadorlikdagi kategoriyalarini aks
ettiradigan til shakllarining majmuyi.
Madaniyat – muayyan xalqqa xos bo‗lgan borliqdagi hayot va
faoliyat, shuningdek, insonlar orasidagi o‗zaro munosabat (urf-odatlar,
rasm-rusumlar, muloqot xususiyatlari) va dunyoni ko‗rish, tushunish va
yaratish usullari. ―Madaniyat‖ tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik
madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati),
shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‗ziga xos sohalari
(masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni
izohlash uchun qo‗llaniladi. Tor ma‘noda ―madaniyat‖ termini
kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
Madaniyat – me‘yorlar, qadriyatlar, ideallar, namunalarning yo‗l-
yo‗riqlari va ko‗rsatmalari tizimiga asoslangan subyektlar faoliyatining
barcha shakllari majmuyi, u boshqa madaniyatlar bilan o‗zaro aloqada
yashaydigan jamoaning meros qilib olgan xotirasi.
Nutq organlari anatomiyasi – nutq organlari shakli va tuzilishi
haqidagi bilimdir.
142
Nutq organlarining ijro kechimi – nutq organlarining nutq
tovushi hosil qilishdagi ishtiroki , holati va ish kechimi kabilardan
iborat.