145
Lisoniy qobiliyat (linguistic competence) tushunchasi N.Xomskiy
tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. N.Xomskiy lisoniy qobiliyatni
mazkur tilda so‗zlashish qobiliyatini tashkil qiluvchi sifatida izohlagan.
Ma‘lumki, kishi tovushlar birikuvi, so‗zlar bog‗lanishi, umuman, tildagi
so‗zlar tizimining qo‗llanishini onasidan, tevarak-atrofidagi yaqinlaridan
eshitib o‗z ona tilini o‗zlashtiradi (ayni holat tilshunos yoki tilni
o‗rganuvchi har qanday kishida ham kuzatiladi).
Bunday tizimdan
foydalanish natijasida inson ona tilidagi cheksiz so‗z turkumlari,
jumlalar va matnlarni hosil qilish qobiliyatini egallab boradi. Shunga
ko‗ra, lisoniy qobiliyatni so‗zlovchi va
tinglovchi til bilimining
potensiali, deb izohlash mumkin.
N.Xomskiy ―lisoniy qobiliyat
birlamchi bo‗lib, u lisoniy faollikni belgilaydi‖, - deb hisobladi.
Transformatsion grammatika tarafdorlari ham asosiy urg‗uni lisoniy
qobiliyatga berishdi.
Matn atributsiyasi matnning muallifligini – ma‘lum
matnni
mazkur shaxsga tegishli ekanligi yoki bu shaxsga tegishli emasligini
aniqlash. Matnning atributsiyasi faqatgina kriminalistik amaliyotda
amalga oshirilmaydi. Matnni aniqlash tarix
va filologiya fanlarining
yordamchi sohasi hisoblangan, badiiy va boshqa asarlar matnlarining
yaratilish tarixini o‗rganadigan manbashunoslikning
ham muhim
masalalaridan biridir.
Motor afaziya – inson miyasidagi Broka zonasi shikastlanganda
maydonga keladi. Afaziyaning bu turida inson nutqni tushuna oladi,
lekin gapira olmaydi. Broka markazini
1861-yilda fransuz olimi P.Broka
kashf qilgan. U miyaning chap peshona
pastki orqa burmasida
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: