O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Madaniy 
shok 
– 
madaniyatlararo 
to‗qnashuvlarning 
ko‗rinishlaridan biri bo‗lib, u xorijiy tilni o‗rganuvchining ajablanish, 
hayron bo‗lish yoki tili o‗rganilayotgan madaniyat omillarining qabul 
qilmaslik holatini ifodalaydi. Madaniy shok til o‗rganuvchining noto‗liq
akkulturatsiyasi yoki u uchun yangi bo‗lgan madaniyat me‘yorlarini 
bilmasligi, tushunmasligidir.


146 
Neyrolingvistika (yunon. neuron – tomir, nerv, asab va lot. lingua 
– til) – nutqiy faoliyatning miya mexanizmlarini va miyaning mahalliy
jarohatlanishi tufayli yuzaga keladigan nutqiy jarayondagi o‗zgarishlarni 
o‗rganadigan fan. Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida (biologik) 
tilshunoslik negizida, neyrologiya, psixologiya va lingvistika kesishgan 
nuqtada yuzaga keldi va u til sistemasini lisoniy muomalaning miya 
substrati bilan o‗zaro aloqada o‗rganadi.
Neobixeviorizm (yunon. neos – ―yangi‖ va ingl. behaviour – 
―xulq, xatti-harakat‖)da bixeviorizmning prinsipial S–R sxemasi 
mohiyatan murakkablashtirilib, S –R orasida nimadir borligi aniqlandi 
va ―oraliq o‗zgaruvchi‖ tushunchasi paydo bo‗ldi. Gap endi shunchaki 
tashqi stimul va reaksiya haqida emas, balki insonda tashqi reaksiya 
chaqira oladigan va insonning o‗ziga xos individual tajribasini aks 
ettiradigan (shuning uchun ham turli kishilarning reaksiyalari farqli 
bo‗ladi) oraliq o‗zgaruvchi, ya‘ni organizm ichidagi maxsus ichki stimul 
tushunchasi haqida boradi. 
Psixolingvistika termini birinchi marta amerikalik psixolog 
N.Pronko 
tomonidan 
1946-yilda 
ilmiy 
muomalaga 
kiritilgan. 

Psixolingvistika‖ psixologiya (yunon.
psyche ―ruh‖) 
va lingvistika
(lotin. lingua ―til‖) 
kesishgan nuqtadagi metafan, ya‘ni psixologiya va 
lingvistikaning sintezi hisoblanadi. 1953-yilda AQShning Blumington 
shahridagi Indiana universiteti huzuridagi Lingvistika va psixologiya 
qo‗mitasi tomonidan tashkil etilgan universitetlararo seminarda 
psixolingvistika mustaqil fan sifatida e‘lon qilindi. Psixolingvistika 
nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan so‗zlovchining maqsad-niyati 
orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o‗rganadigan fan. U nutqni 
idrok 
etish, 
tilni 
egallash 
kabi 
masalalarni 
o‗rganadi. 
Psixolingvistikaning diqqat markazida individ va kommunikatsiya 
turadi. Unga ko‗ra, so‗zlovchi nutqni yuzaga chiqarar ekan, o‗zi 
o‗ylagan niyatini ma‘lum qoidalar asosida aniq tilning nutq birliklariga 
uzatadi. Tinglovchi nutqni qabul qilar ekan, nutq ifodalarining tashqi 
shaklida o‗z aksini topgan ma‘noni chiqarib oladi.


147 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin