Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‗ining chap peshana
qismida joylashgan bo‗lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og‗zaki
nutqning paydo bo‗lishida qatnashadi.
Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‗ining chap chakka
qismida joylashgan bo‗lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda
begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‗y beradi. Nutqni tushunishda
bosh miya qobig‗ining orqa bo‗lagi katta rol o‗ynaydi. Bu bosh
miyaning ko‗ruv markazi hisoblanib, yozma nutqni o‗zlashtirish uchun
xizmat qiladi.
Disfoniya (afoniya) – tovush apparatining patologik o‗zgarishlari
oqibatida fonatsiyaning yo‗q bo‗lishi yoki zaiflashuvi. Ma‘nodoshlari:
tovushning buzilishi, fonatsiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vakal
buzilishlar.
Bradilaliya – nutqning patologik sekinlashgan sur‘ati.
Ma‘nodoshi: bradifraziya. Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan
ishlab chiqarishda namoyon bo‗ladi, markaziy bog‗langan va o‗z
tabiatiga ko‗ra organik yoki funksional bo‗lishi mumkin.
Taxilaliya – nutqning patologik tezlashgan sur‘ati.Ma‘nodoshi:
taxifraziya.
Duduqlanish – nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay
tortishish natijasida sur‘at-ohangning buzilishidir. Ma‘nodoshi:
logonevroz: Markaziy bog‗langan bo‗ladi, funksional yoki organik
ko‗rinishga ega, ko‗proq bola nutqining rivojlanishida paydo bo‗ladi. Dislaliya – tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq
apparatining saqlangan innervatsiyasi paytida buzilishi. Ma‘nodoshlari:
tili chuchuklik (eskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik
nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar.
Rinolaliya – tovush tembri va talaffuzining nutq apparatidagi
anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog‗liq holdagi buzilishdir.
Ma‘nodoshlari: dimog‗ bilan gapirish (eskirgan), palatolaliya.