O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Tovushning fizik-akustik tabiati - tovushning balandligi, kuchi, 
tembri, cho‗ziqligi, ularning eshitilish xususiyatlari.
Gers - tebranayotgan jismning (mas., un paychalarining) tinch 
holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib 
kelishi. Ovozning past yoki balandligi gerslar miqdori bilan belgilanadi.
Tovush balandligi – o‗pkadan kelgan havoning nutq organiga 
urilishi natijasida hosil bo‗lgan tebranishning sekundlik miqdoriga 
bog‗liq bo‗ladi. Havoning sekundlik tebranish miqdori qancha ko‗p 
bo‗lsa, yuzaga kelgan tovush shuncha baland chiqadi va, aksincha.
Tovush kuchi – nutq organiga havoning bergan zarbi bilan 
o‗lchanadi. Ammo tovush kuchi tovush balandligi emas. Kuchli tovush 
past bo‗lishi ham mumkin. Tovush kuchi zarbdan hosil bo‗lgan 
tebranishning har bir silqinishidagi zarb yo‗nalish bo‗yicha borib qaytish 
oralig‗i bilan belgilanadi. Uni fiziklar tilida tebranish amplitudasi 
deyiladi. Tеbranish amplitudasi detsibal bilan o‗lchanadi.
Tovush choziqligi – o‗pkadan kelgan havoning nutq organiga 
urilish davomiyligi bilan o‗lchanadi. Yа‘ni u tovushga ketgan vaqt bilan 
bog‗liq bo‗ladi. Tovush cho‗ziqligi ularning artikulyatsiya usuli bilan 
ham bog‗liqdir. Odatda, portlovchi tovush oniy, sirg‗aluvchi cho‗ziqroq, 
sonor va unlilar nisbatan eng cho‗ziq tovushlar hisoblanadi. Tovushlar 
cho‗ziqligi msek.(milliy sekund-sekundning mingdan bir bo‗lagi)birligi 
bilan o‗lchanadi. 
Tovush tembri (sifati)qator tovush tonlari xususiyati bilan 
o‗lchanadi. Tovush tonlari asosiy ton, yordamchi ton, shovqindan iborat.
Mashina ijodi - san‘at asarlarini avtomatik tarzda yaratish 
jarayoni. Bugungi kunda ijodni to‗la modellashtirishga erishilgani yo‗q, 
lekin bu sohada sezilarli yutuqlar qo‗lga kiritilgan. Jumladan, kompyuter 
yordamida 
musiqalar 
yaratilishi, 
treker-dasturlar, 
sintezatorlar, 
sekvensorlar yordamida bir turdagi melodiya- lar va tovushlar 
generatsiyasi oqibatida elektron musiqalarning yaratilishi, matnning 


151 
avtomatik generatsiyasi yordamida she‘rlar, ertaklar - umuman matnlar 
yaratilishi, rasmlar generatsiyasi va kompyuter grafikasi yordamida kino 
va o‗yinlarning yaratilayotganligi (ayniqsa, strategiya va harbiy 
manyovrlarga asoslangan kompyuter o‗yinlari) kabilar mashina ijodiga 
misol bo‗la oladi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin