Dizartriya – nutq talaffuzi tomonining nutq apparati
innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan bog‗liq holdagi buzilishidir.
Ma‘nodoshi: tili chuchuklik (eskirgan).
Diaxroniya – grekcha dia –ikki, chronos – zamon so‗zlaridan
olingan. Tilni tarixiy taraqqiyotda, rivojlanishda ekanini e‘tiborga olib
o‗rganish diaxroniya hisoblanadi.
Sinxroniya – grekcha ―synchronos‖ so‗zidan olingan bo‗lib bir
vaqtlilik demakdir. Til tarixiy taraqqiyotining muayyan bir davrdagi
holati sinxroniya sanaladi.
Kvalent bog‗lanish – elektron juftlar tufayli vujudga keladigan
kimyoviy bog‗lanishdir. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita
yadroni tutib turadi) bog‗lanish sanaladi.
Elektrovalent yoki ionli bog‗lanish – ionlar orasida elektrosgatik
tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‗lanishdir.
Metall bog‗lanish – elektronlar bir orbitaldan boshqasiga bemalol
o‗tib, metall kristalidagi barcha atomlar orasida bog‗lanish hosil
qilishidir.
Valentlikatamasi lot. valentia so‗zidan olingan bo‗lib, ―quvvat‖,
―kuch‖ degan ma‘noni beradi.
Semantik valentlik – so‗z leksik ma‘nolarining mantiqiy uzvlariga
asoslanadi. Semantik valentlik ma‘noning alohida uzvlari chatishuviga
asoslanadi.
Leksik-semantik valentlik –so‗zning leksik ma‘nosidan, ya‘ni
leksemaning sememasidan boshlanadi.
Agens valentligi- kesim ifodalangan so‗zning shu so‗zdan
anglashilgan harakat, holat, belgi mansub bo‗lgan leksik birlikni birikma
uchun talab qiladi.
Obyekt valentligi – Bunday fe‘l o‗z sememasidagi obyekt
bildiruvchi semasiga ko‗ra u bilan klassemani tarkib toptira oluvchi
sememasi bo‗lgan aktantni talab qiladi.
Mazmun valentligi aktanti ma‘nosi hamma vaqt predikativ
vazifadagi so‗zning ma‘no uzvi bo‗ladi. I.Qo‘chqortoyevning qayd
etishicha, o‗zbek tilidagi fe‘llarning mazmun valentligi aktanti sintaktik
jihatdan asosan to‗ldiruvchi(vositasiz) va ko‗chirma gap vazifasini