2. O„zbek tilshunosligida maydon nazariyasining o„rganilishi va
maydon tushunchasi. O‗zbek tilshunosligida ham maydon nazariyasi
bilan bog‗liq qarashlar va tadqiqotlar shakllandi. A.Nurmonov,
H.Ne‘matov, R.Rasulov, E.Begmatov, M.Abduvaliyev, T.Mirzaqulovlar
tomonidan maydon nazariyasi yoritildi.
69
Maydon nazariyasining
shakllanish tarixi, jahon va o‗zbek tilshunosligida o‗rganilishi, maydon
turlari, maydon va unga yondosh hodisalar haqida Sh.Iskandarovaning
―Leksikani mazmuniy maydon asosida o‗rganish‖ kitobida batafsil
ma‘lumotlar berilgan.
70
Olima maydon komponenti ishtirok etgan
69
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили ситем лексикологияси асослари. –Тошкент, 1995; Мирзақулов Т.
Ўзбек тили морфем парадигматикаси ва синтагматикаси масалалари: Филол.фан. докт. ...дисс.автореф.1996.
70
Искандарова Ш. Лексикани мазмуний майдон асосида ўрганиш. –Тошкент: Фан, 1998.
115
tushunchalar sifatida G.Shchur qarashlarini keltiradi: funksional-
semantik maydon, morfem maydon, fonem maydon, so‗z yasovchilar
maydoni, leksik maydon, mazmuniy maydon, mikro va makro maydon,
nisbiylik maydoni, vaqt maydoni, son maydoni , inkor maydoni,
mavjudlik maydoni, mayl maydoni, shaxs maydoni, leksik-grammatik
maydoni, transformatsion maydoni, mutlaq maydon, faoliyat maydoni,
holat maydoni va hk. Keyinchalik Sh.Iskandarova o‗z tadqiqot ishida
leksik maydon tushunchasini, asosan, shaxs otlari maydon tushunchasi
ostida o‗rganadi. Tadqiqotda shaxs maydoni dastlab 2 ga ajratiladi:
afsonaviy va real. Afsonaviy shaxs nomlari o‗z navbatida 2 ga
ajratiladi: 1) afsonaviy ertak qahramonlari; 2) diniy-afsonaviy shaxs
nomlari. Real shaxs nomlari 2 ga ajratiladi: 1) umumlashgan; 2) xususiy
shaxs nomlari. Afsonaviy ertak qahramonlari yana 2 ga ajratiladi: 1)
ijobiy; 2) salbiy. Shu tariqa shaxs maydoni 9 bosqichgacha kichik
maydon va maydonchalar, qatorlarni tashkil etib boradi. Afsonaviy ertak
qahramonlari 3 bosqichgacha, real shaxs nomlari ancha quyi bosqichga
qadar ajratiladi.
71
Leksik birliklarni bir mazmuniy uyaga birlashtirish va tahlil qilish
lug‗at turlarida ham mavjud. Ideografik lug‗atlar shu asosda yaratilib,
ular tilning butun leksik sistemasini qamrab oladi. O.Axmanova bunday
lug‗atlarda so‗zlar mavzu qatorlari asosida joylashishini aytadi.
72
―O‗zbekiston Milliy Ensiklopediyasi‖da ideografik lug‗atlar alifbo
tartibida emas, balki mavzu bo‗yicha tuziladi, -deyilgan.
73
Ideografik
lug‗atlarning yaratilishi xususida manbalarda quyidagicha fikrlar
keltiriladi: ―Shu kunga qadar ideografik lug‗at tuzish Ovrupodan
boshlangan va bunday lug‗atlar Roje, Kasares, Rober, Dornzayf nomlari
bilan bog‗liq deb hisoblab kelindi. Rus tilshunosligida Yu.N.Karaulov
ideografik lug‗at tuzish tamoyillari bo‗yicha maxsus tadqiqot olib bordi.
Lekin bu muallif ham ideografik lug‗at tuzish Ovrupodan boshlanganini
e‘tirof etadi. Sharq leksikografiyasi, xususan, arab va o‗zbek
71
Искандарова Ш. Ўзбек тили лексикасини мазмуний майдон сифатида ўрганиш (шахс микромайдони):
Филол.фан.докт. ...дисс.автореф. –Тошкент, 1999.
72
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – М.: Сов.энциклопедия, 1966.
73
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 4-жилд. –T.: ЎзМЭ, 2002. – Б. 77.
116
leksikografiyasi tarixiga e‘tibor bersak, bunday lug‗atlar Sharqda ancha
uzoq tarixga egaligi ma‘lum bo‗ladi‖.
74
Haqiqatan, keyingi davrda
ideografik lug‗atlar bo‗yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda Sharqda
ideografik yo‗nalishning yuzaga kelishida islomning muqaddas kitobi
sanalgan ―Qur‘oni Karim‖ muhim rol o‗ynagani, VII-IX asrda arab
leksikograflari tomonidan amalga oshirilgan olamshumul ishlar butun
sharq olami tilshunosligida, xususan, lug‗atshunoslik sohasida o‗ziga
xos inqilob yasash bilan birga G‗arb leksikografiyasiga ham o‗z ta‘sirini
o‗tkazganligi ta‘kidlangan.
75
A.E.Bertels Mahmud Zamaxshariy lug‗ati
hamda nemis olimi F.Dornzayfning oradan VIII asr o‗tib tuzilgan
ideografik lug‗atini qiyoslar ekan, ularda tushunchalarni mavzuiy
guruhlarga ajratish uslublari o‗rtasidagi bir xilliklarni aniqlagan, bunga
sabab qilib G‗arb ilm-fan, madaniyati rivojiga Sharq ilm-fan, madaniyati
ta‘siri bo‗lganligini ta‘kidlab o‗tgan.
76
O‗zbek lug‗atshunosligi tarixida
turkiy tillarga bag‗ishlangan tematik lug‗atlar ham yuzaga kelgan bo‗lib,
XIV asrda yaratilgan ―Tarjimon turkiy va ajamiy va mo‗g‗uliy‖ asari
shunday lug‗atlardan biridir. To‗rt qismdan iborat ushbu asarning ―Faqat
ismlar haqida‖ deb nomlangan birinchi qismida so‗zlar mavzuiy
guruhlar asosida joylashtirilgan. Ushbu qism 26 fasldan iborat. Fasllar
tarkibida 30-40 dan ortiq so‗z (ba‘zilarida undan ham ko‗proq) bo‗lib,
ayrimlari bir necha mayda bo‗limlarni o‗z ichiga oladi.
77
Birinchi fasl
―Osmon va unga tegishli narsalar ismi haqida‖ deb ataladi.
―Tarjimon‖dagi aksariyat mavzu nomlarini ideografik lug‗atlarda ham
uchratish mumkin. Misol uchun, ―Osmon va unga tegishli narsalar‖,
―Yer va undagi joylar‖, ―Suv, suv ichidagi narsalar‖, ―Daraxtlar,
mevalar va (boshqa) o‗simliklar‖, ―Yirtqich hayvonlar‖, ―Hasharotlar
va shunga o‗xshash narsalar‖, ―Son va sanoq sonlar‖, ―Vaqt‖,
―Ma‘danlar‖ kabi mavzu guruhlari R.Xallig va V.Vartburglarning
―Universum‖ lug‗atida aynan shunday yoki shunga yaqin nomlar ostida
alohida semantik maydonlarni tashkil qiladi. Shuningdek, asarda
74
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002. –Б.104.
75
Ҳамраева Ё.Н. Ўзбек тилининг идеографик луғатини тузиш тамойиллари: Филол.фан.номз. ...автореф.дисс.
–Тошкент, 2010. –B.9.
76
Бертельс А.Е. О происхождении рубрик тематических (идеографических) словарей. – В кн.: Переводная и
учебная лексикография. – М.: Русский язык, 1979. – С.23.
77
Таржимон – XIV аср ѐзма обидаси. Нашрга тайѐрловчи А.Юнусов. –Тошкент: Фан, 1980. –Б.6.
117
Yevropa tillarida yaratilgan ideografik lug‗atlardagi singari ―Insonning
tashqi va ichki a‘zolari haqida‖, ―Kishilarning sifatlari haqida‖, ―Hunar
turlari, odamlarning martabalari haqida‖, ―Kiyim-kechak, gazmol va
shunga aloqador narsalar haqida‖, ―Qarindosh-urug‗lar, xo‗jayin, qul-
cho‗ri, tanish-bilishlar haqida‖, ―Dard-kasalliklar, dori-darmon va o‗lim
haqida‖ kabi ko‗plab mavzu guruhlari bevosita insonga aloqador.
Mavzu bo‗yicha tuzilgan ideografik lug‗atlar qatoriga Muhammad
Yoqub Chingiyning ―Kelurnoma‖ asarini kiritish mumkin. Muhammad
Chingiy ―Kelurnoma‖asari Avrangzeb davrida (1658-1707) yaratilgan
bo‗lib, u 15 bob, 332 fasldan iborat. Ulardan 14-bobi arab alfaviti
asosida 400 dan ortiq fe‘lni izohlashga bag‗ishlanadi. Oxirgi 15-bobda
ismlar 9 mavzuiy guruhga ajratiladi: 1)osmon va u bilan bog‗liq bo‗gan
tushunchalar; 2) yer va u bilan bog‗liq bo‗gan tushunchalar; 3) Ot va
egarlanadigan hayvonlar; 4) burgutlar va yovvoyi qushlar; 5) odam jismi
a‘zolari nomlari; 6) qarindoshlik nomlari; 7) qurol-yarog‗ nomlari; 8)
sanoq nomlari; 9) olmosh, ravish, bog‗lovchi va qo‗shimchalar. Bu bob
1300 so‗z va 6000 dan ortiq so‗z shakllarini o‗z ichiga oladi.
78
Bugungi
kunda
o‗zbek
lug‗atchiligida
savdo-sotiq,
hunarmandchilik,
dehqonchilik va boshqa sohalar sohiblariga, ishbilarmonlar, turli
zamonaviy
sohalarning
vakillariga
bag‗ishlangan
har
xil
yo‗nalishlardagi mavzuiy lug‗atlar mavjud. Shu kabi ideografik
yo‗nalishdagi lug‗atlarni yaratishda tilni maydon sifatida o‗rganish katta
ahamiyat kasb etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Fizikada maydon nazariyasi shakllanishi fanda qanday
kashfiyotlar yaratilishiga sabab bo‗ldi?
2. Tilshunoslikda maydon nazariyasining shakllanishi qaysi
davrlarga borib taqaladi?
3. Maydon nazariyasi bo‗yicha o‗zbek tilshunosligida qanday
tadqiqotlar olib borilgan?
78
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002. –Б.105-106.
118
4.Maydon turlari: fonem, morfem, leksik, grammatik maydon
haqida batafsil ma‘lumot bering.
5. Morfem maydon bo‗yicha kimlar tadqiqot ishlari olib
borishgan?
6. Leksik maydon bo‗yicha kimlar tadqiqot ishlari olib borishgan?
Dostları ilə paylaş: |