O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
15-mavzu: Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka 
ta‟siri. Tilshunoslikda maydon nazariyasi 
Reja: 
1.Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka ta‘siri. 
Tilshunoslikda maydon nazariyasi. 
2. O‗zbek tilshunosligida maydon nazariyasining o‗rganilishi va 
maydon tushunchasi. Ideografik lug‗atlar yaratilish tarixi va bunday 
lug‗atlar yaratilishida maydon nazariyasining o‗rni. 
Tayanch soz va iboralar: maydon, elektr maydoni, morfem maydon
fonem maydon, so„z yasovchilar maydoni, leksik maydon, mazmuniy 
maydon, mikro va makro maydon, nisbiylik maydoni, vaqt maydoni, son 
maydoni, inkor maydoni, mavjudlik maydoni, mayl maydoni, shaxs 
maydoni, ideografik lug„atlar. 
1.Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka ta‟siri. 
Tilshunoslikda maydon nazariyasi. ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖ da 
maydon so‗zi fors-tojikcha so‗z deyilgan va uning bir necha o‗z va 
ko‗chma ma‘nolari izohlangan. Fizik atama sifatida ―Biror fizik hodisa 
ro‗y beradigan yoki uning ta‘siri seziladigan fazo. Elektr maydoni
magnit maydoni‖, – degan ta‘rif berilgan.
68
Maydon tushunchasi dastlab 
fizika sohasida qo‗llanila boshlagan. Ingliz fizik olimi M.Faradey(1791-
1867) ishlari asosida elektr zaryadlarining o‗zaro ta‘siri nazariyasi 
68
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II томлик. 2-том. – Москва: Рус тили, 1981. –Б.442. 


114 
yaratilgan. Bu nazariyaga ko‗ra, har bir elektr zaryadi atrofida elektr 
maydoni hosil bo‗ladi. Zaryadning elektr maydoni moddiy obyekt 
bo‗lib, fazoda uzluksiz boshqa zaryadlarga ta‘sir qilish xususiyatiga 
egadir. Elektr toklarining o‗zaro ta‘sirlashuvining bunday hodisasini 
A.Amper elektrodinamik o‗zaro ta‘sir deb nomladi, bu esa o‗z navbatida 
magnit maydoni nazariyasining yaratilishiga sabab bo‗ldi. 
Lisoniy birliklarning muayyan birlashtiruvchi ma‘no asosida ma‘lum 
paradigmalarga 
birlashuvi 
keyinchalik 
tilshunoslikda 
maydon 
nazariyasini vujudga keltirdi. Maydon tushunchasi deganda
―mazmunning 
umumiyligi 
(ba‘zan 
rasmiy 
ko‗rsatkichlarning 
javobgarligi) bilan birlashtirilgan va belgilangan hodisalarning 
kontseptual, asosli yoki funksional o‗xshashligini aks ettiruvchi til 
birliklari yig‗indisi‖ tushuniladi. Lisoniy birliklarning muayyan 
birlashtiruvchi ma‘no asosida ma‘lum mazmuniy uyalarga birlashtirish 
dastlab sharq tilshunosligida rivojlangan va bu g‗oyaning amaliy 
ko‗rinishi sifatida ko‗plab ideografik lug‗atlar yaratilgan, faqat maydon 
tushunchasi bilan nomlanmagan, xolos. Keyinchalik bu g‗oya (XIX 
asr) Yevropada avj oldi. Unda leksik birliklar (umuman, til) 
umumiyligiga M.Pokrovskiy (XIX asr) e‘tibor qaratdi. Bu 
tushunchaning nazariy talqini I.Trir, G.Ipsen, V.Porsig, A.Ufemseva, 
N.Filicheva, Yu. Karaulov, G.Shchur ishlarida berilsa-da, mazkur 
tushunchaning uzil-kesil shakllanishi L.Vaysgber ishlari bilan bog‗liq.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin