111
artikulyatsiyasi (hosil bo‗lish o‗rni, usuli) aniqlanadi.
67
Bunday tadqiqot
natijalaridan fonetik birliklarning fonologik jihatlarini tavsiflashda
foydalaniladi. O‗zbek tilshunosligida eksperimental fonetikaning
rivojlanishida Ahmadjon Mahmudov va Sora Otamirzayeva kabi
fonetistlarning xizmatlari katta. Bu tilshunoslarning qator ishlarida
o‗zbek tili fonetik tizimining tovushlari urg‗u, bo‗g‗in
kabi birliklari
ayni shu usulda tadqiq qilingan. Agar fonetika tovushlarning hosil
bo‗lishi va ularning xususiyatlarini o‗rgansa segmental fonetika
(segment so‗zi nutq bo‗lagi ma‘nosini anglatadi) deyiladi. Fonetika nutq
tovushlaridan katta birliklarni, ya‘ni bo‗g‗in, so‗z va frazalarni
o‗rganish
bilan ish tutsa, supersegmental fonetika yoki prosodika deb
ataladi. Hozirgi davr fonetikasida ikki asosiy metod mavjud: subyektiv
va obyektiv metodlar. Subyektiv metod talaffuzni bevosita kuzatishdan
(ko‗rib yoki eshitib) iborat. U eng qadimiy va doim ham qo‗llash
mumkin bo‗lgan metoddir. Subyektiv bevosita kuzatish natijasida
tovushlarning artikulyatsion-akustik
xususiyatlari, urg‗uli va urg‗usiz
bo‗g‗inlarning farqi, intonatsiyada ovoz ohangining pastga tushishi yoki
yuqoriga ko‗tarilishini sezish mumkin.
Texnik apparatura yordamida, ya‘ni obyektiv metodlar yordamida
aniqlanuvchi barcha artikulyatsion-akustik xususiyatlar eksperimental-
fonetik tekshirish yoki nutqni instrumental tasnif etish deb yuritiladi.
Ma‘lum apparatlar yordamida tilning tovush tarkibi, bo‗g‗in, urg‗u va
intonatsiyasini tekshirish ancha aniq va chuqur tasnif qilishiga imkon
beradi.
Artikulyatsiyani o‗rganuvchi metodlar ichida palatografiya va
rentgenografiya alohida o‗rin tutadi. Palatografiya – sun‘iy
tanglay
yordamida tilning holatini aniqlashdir. Sun‘iy tanglay ingichka elastik
plastinkadan iborat bo‗lib, uning shakli va o‗lchovi talafiuz qiluvchining
qattiq tanglayiga teng bo‗ladi. Talaffuz qiluvchi shaxs informant deb
atalib, u o‗sha tilning adabiy talaffuzida yoki biror shevada (agar
shevaning talaffuzi tekshirilayotgan bo‗lsa) so‗zlay olishi lozim. Elastik
sun‘iy tanglay og‗iz bo‗shlig‗idagi qattiq tanglayga kiydiriladi. Ma‘lum
67
Jamolxonov H. Hozirgi o‗zbek adabiy tili: Oliy o‗quv yurtlari uchun darslik. – T.: Talqin, 2005. – B.22.
112
tovushning talaffuzida tilning izlari sun‘iy tanglayga ko‗chiriladi.
Natijada tovushning artikulyatsiya o‗rni aniqlanadi. Tilning izlari qolgan
sun‘iy tanglay
palatogramma deyiladi.
Rentgenografiya va kinorentgenografiya tovushning artikulyatsiyasini
juda aniq ko‗rsatib beruvchi metoddir. Oddiy rentgenografiya nutq
a‘zolarining holatini ma‘lum artikulyatsiya
momentida aniqlashga
imkon
beradi.
Kinorentgenografiya
tovush
artikulyatsiyasining
rivojlanish holatlarini aniqlab beradi.
Rentgenogrammalar
Nutqning akustik tomonini aniqlash uchun spektral va ossillografik
metodlar qo‗Ilanadi. Spektrograf tovush maydonining amplitudasi va
chastotasini ko‗rsatib beradi va tovushning to‗la akustik belgisini
aniqlashga yordam beradi. Nutqning akustik tomonini aniqlashda
qo‗llanuvchi yangi vositalar ichida spektral analiz yetakchi o‗rin tutadi.
Ikki tipdagi spektrograf mavjud:
1) statik tipdagi spektrograf tovushlarning akustik strukturasini ma‘lum
chegaralangan vaqt ichida o‗rganishga imkon beradi;
2) dinamik tipdagi spektrograf (yoki sonograf) ―ko‗rinuvchi nutq‖
(visible speech) prinsipida ishlaydi va u yordamida tovushning spektral
ko‗rinishini rivojlanish jarayonida aniqlash mumkin bo‗ladi. Ossillograf
apparati
ham
eksperimental
fonetik
kuzatishlarda
qo‗llanadi.
Ossillografiya tovushning hosil bo‗lishidagi
garmonik tebranishlarni,
nutq intonatsiyasi va iborani ma‘nodor bo‗laklarga bo‗lishni o‗rganishga
113
imkon beradi. Eksperimental-fonetik tekshirishlar tilning tovush
tomonini tilshunoslik jihatdan chuqur va aniqroq tadqiq qilishda katta
yordam beradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Тovush balandligi nima?
2. Тovush bosimi deganda nimani tushunasiz?
3.Тovush kuchi nima?
4. Тovush tembri deganda nima nazarda tutiladi?
5.Intonografik metod deganda qanday metod nazarda tutiladi?
6. Rentgenografik metod nima?
Dostları ilə paylaş: