O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
2. Afaziya va uning turlari. Afaziya – bu bosh miyaning 
shikastlanishi natijasida nutqni to‗liq yoki qisman yo‗qotishdir.  Afaziya 
(yunoncha a - inkor qo‗shimchasi, phasis – nutq, ya‘ni gapira olmaslik, 
so‗zlash qobiliyatining buzilishi). Afaziyaga bosh miya po‗stloq 
qavatidagi so‗zlashish markazining o‗zgarishi sabab bo‗ladi. 
Afaziyaning motor afaziya, sensor afaziya, amnestik afaziya, akustik- 
mnestik afaziya kabi turlari mavjud. 
Motor 
afaziya 
inson 
miyasidagi 
Broka 
markazining 
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Afaziyaning bu turida afaziyaga 
chalinganlar nutqni tushuna oladi, lekin gapirmoqchi bo‗lganda 
so‗zlarni topa olmasligi sababli gapira olmaydi. Motor afaziya bosh 
miya o‗ng yarim shar maydonini harakatga keltiruvchi a‗zolarning 
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Harakatga keltiruvchi markaz 
Broka markazidir. 1)Afferent motor afaziya orqa markaziy va bosh 
miya po‗stlog‗ining tepa qismi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. 
Afferent motor afaziya (afferent – olib kiruvchi, afferentlar – asab 
tugallanmalari). Afferent uchun tovushni tanlash zanjirining buzilishi 
xosdir. Shuning uchun afaziyaning bu turi tovushlar tarkibini buzilishi 
kabi o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki davri nutq organlariga 
yaqin ko‗rib bo‗lmaydigan kamchiliklarni o‗z ichiga oladi.


88 
Akustik-mnestik afaziya – bu nutqiy ma‘lumotni ushlab qolish 
hajmining buzilishi, eshitish va nutqqa oid xotiraning tormozlanishidir. 
U chap chakkaning o‗rta qismlarining shikastlanishida yuzaga kelishi 
mumkin. Bu uzun, besh-yettidan ortiq so‗zlardan tashkil topgan ko‗p 
bo‗g‗inli gaplarni tushunishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Bunda 
eshitib saqlab qolish qobiliyati to‗xtab qolishi yoki hajmi torayishi 
mumkin.
Optik-mnestik afaziyabu ko‗rib eslab qolish xotirasining 
buzilishi, so‗zlar obrazini ko‗rishning susayishidir. Predmetlar va ularni 
nomlanishini, harakatlarni nomlanishini osonligini saqlangan holda, 
qiyinchiliklarni yuzaga kelishida namoyon bo‗ladi. U miya chap yarim 
shari chakka qismining orqa ostki qismining shikastlanishida yuzaga 
keladi.
Amnestik afaziya - bosh suyagining chakka tepa qismi atrofi 
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Kamchiligi ular narsalarning 
nomlarini qiyinchilik bilan saqlab qoladi. Afaziyaga chalingan bo‗lsa 
ham, ularning ma‘nosini biladi va ishlata oladi. Bunday afaziyaga 
chalingan bemorga kalit ko‗rsatilsa, ularni nomlay olmaydi, lekin javob 
beradi. Bu nima deb so‗ralganda hech bo‗lmaganda kalit ochiq yoki 
yopiq deya aylanma harakat qiladi. Amnestika kuchli ta‘sir ko‗rsatishi 
natijasida og‗zaki parafaziya yuz beradi.
Semantik afaziyaning asosida nutqni simultan tahlil qilish va 
uni sintez qilish yotadi. U miya chap yarim sharining yuqori chakka, 
gardan qismlarining uchlamchi zonalarining shikastlanishida yuzaga 
kelishi mumkin. Semantik afaziya – bu grammatik murakkab iboralar 
ma‘nosini anglash, fleksiyalar yordamida ifodalanuvchi so‗zlar 
o‗rtasidagi munosabatlar, atributiv konstruksiyalar buzilishi bilan 
xarakterlanuvchi simptom majmuyidir.
Xullas, bosh miyaning shikastlanishi nutqimizga o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatmasdan qolmaydi. Bu shikastlanish natijasida nutqimizda turli 
xil nutqiy kamchiliklar: nutqning yo‗qolishi, eshitish qobiliyatining 
susayishi va idrok qila olmaslik, ya‘ni fikr yurita olmaslik kabilar 


89 
yuzaga keladi. Bu kamchiliklar tilning fonetik, leksik, morfologik, 
sintaktik va semantik sathlarida namoyon bo‗ladi.
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutqiy 
faoliyatning buzilishi masalasi bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy 
asarlarida qayd etilgan va mazkur kasalni davolashga e‘tibor bergan 
bo‗lsalar-da, lekin u alohida fan tarmog‗i sifatida shakllana olmadi. 
Miya zararlanishining nutqqa ta‘siri muammosi izchil ravishda XIX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‗rganildi. Neyropsixologiya va u 
bilan bog‗liq neyrolingvistika maxsus fan sifatida yaqindagina – o‗tgan 
asrning 70-yillarida shakllandi. Bu fanning vujudga kelishida 
A.A.Leontyev, A.R.Luriya, E.S.Beyn, R.M.Boskis, Ye.N.Venarskaya, 
O.S.Vinogradova, N.A.Eysler singari olimlarning xizmati katta. 
Neyrolingvistika fani bo‗yicha to‗liq ma‘lumot beruvchi ilk kitob 
A.R.Luriya tomonidan yozildi.
56
Nutqiy axborot jarayoni, ya‘ni 
kishilarning o‗zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-
biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‗rganish 
obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari 
tomonidan chuqur o‗rganilgan. Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa 
vositasi bo‗lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida 
voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, 
mazkur tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, 
―ichki tuzilish‖dan ―tashqi tuzilish‖ga o‗tishning asosiy bosqichlari va 
yuqoridagi ikki tuzilishning o‗zaro munosabatlari kabi qator masalalarni 
atroflicha o‗rgandi. Inson borliqni ongida aks ettiradi. Aks ettirish sezgi 
organlari yordamida amalga oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam 
haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi. Miya bu axborotlarni 
umumlashtiradi. Ko‗rinadiki, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni 
markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Nerv 
sistemasi, odatda, ikki guruhdagi nerv sistemalarini o‗z ichiga oladi: 1) 
markaziy nerv sistemasi; 2) chegara nerv sistemasi. Borliq haqida 
axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalarining 
markazga qarab yo‗nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv 
56
Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М., 1975. 


90 
sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma‘lumotni beradi. Shuning 
uchun chegara nerv sistemasiga aloqador a‘zolarni tahlil qiluvchilar 
(analizatorlar) deb yuritiladi. Ular ko‗rish, eshitish, ta‘m bilish a‘zolari 
sanaladi. Har bir analizatorda ikki turdagi nerv strukturasi ajratiladi:1) 
axborotni mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi 
struktura; 2) borliq predmetlariga yo‗naltiruvchi struktura (miyaning 
bilish zonasi). Uchinchi sath sifatida murakkab anatomik tuzilishga ega 
til pardasi zonasi ajraladi. Bu zonada miyaning turli analizatorlaridan 
kelgan belgilar kompleksi birlashtiriladi, natijada sezgi hissiyotidan til 
umumlashmasiga o‗tish imkoni tug‗iladi. 
Nutq hosil qilish, til xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon 
harakat orqali yuzaga chiqadi. Miya analizatorlari qoplangan zonada 
shakllangan nutqiy dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi va nutq 
organlari (shuningdek, yozma nutqni yuzaga chiqaruvchi sistema) 
ishtirokida proyeksiya harakat sistemasi yordamida yuzaga chiqadi. 
Miyaning praksiyali sistemasidan (sensor yoki harakatlanuvchi) 
farqli ravishda gnostik-praksik parda va pardali analizatorlarni yopish 
zonasi funksional asimmetriya bilan xarakterlanadi: til sistemasi va nutq 
orqali ifodalangan tafakkur esa uning yarimshari bilan bog‗langan. 
Inson miyasi murakkab funksional sistema bo‗lib, eng kamida uchta 
asosiy blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‗rsatadi. Ulardan biri 
pardaning tetiklanishini ta‘minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklini 
uzoq amalga oshirish imkonini beradi. Boshqasi axborotni olish, qayta 
ishlash va saqlashni ta‘minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni 
programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. 
Yuqorida bayon qilingan bloklarning zararlanishi ularning bir 
me‘yordagi vazifasiga salbiy ta‘sir etadi. Birinchi blokka mansub 
apparatlarning 
zararlanishi 
psixik 
faoliyatni 
tanlash, 
selektiv 
imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok apparatlarining zararlanishi 
axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash qobiliyatini yo‗qotadi. 
Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish, barqaror 
ravishda boshqarish va nazorat qilish imkonini cheklaydi. 


91 
Ko‗rinadiki, miyadagi har qanday zararlanish inson faoliyatining 
ma‘lum 
qismiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Sensor proyeksiya 
sistemasining 
zararlanishi 
eshitish 
va 
ko‗rish 
organining 
kuchsizlanishiga olib keladi. Buning natijasida og‗zaki va yozma nutqni 
qabul qilish imkoni pasayadi. Nutqiy agnoziya holatida bemor ko‗rish va 
eshitish qobiliyatini yaxshi saqlagan holda, ona tilining tovush 
«qiyofasi»ni (nutqiy eshitish agnoziyasi) yoki yozma nutqda harf 
ko‗rinishini (nutqiy ko‗rish agnoziyasi) unutadi. Bunday vaqtda bemor 
gapirishi yoki yozishi mumkin. Nutqiy eshitish agnoziyasiga uchragan 
bemor o‗qishi, nutqiy ko‗rish agnoziyasiga uchragan bemor esa og‗zaki 
nutqini tushuntirish mumkin. 
Nutqiy apraksiya ro‗y berganda esa teskari holatga duch kelinadi. 
Bu vaqtda bemorning nutq organlari harakati va yozish harakati 
buziladi, tovush va so‗zlarni talaffuz qilolmaydi va yozolmaydi. Lekin 
atrofdagi odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o‗qish qobiliyati 
saqlanib qolishi mumkin. 
Analizatorlar yopqichlarining parda zonasi zararlanganda afaziya 
holati kuchayadi. Bu vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko‗rish 
faoliyati ham, talaffuz qilish, o‗qish faoliyati ham so‗nadi. Agar 
zararlanish manbai o‗rtacha bo‗lsa, bemorning so‗zda tovushni farqlash 
qobiliyati yo‗qoladi. Fonetik jihatdan yaqin so‗zlarni aralashtirib 
yuboradi. Ba‘zan afaziya holatida eshitgan yoki o‗qigan narsalarning 
ma‘nosini tushunmagan holda mexanik ravishda takrorlashi mumkin. 
Neyrolingvistika uchun ikki til va ko‗p til egalarining 
(poliglotlarning) miyasi zararlanishi katta material beradi. Bu vaqtda 
bemor bir tilni ma‘lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni butunlay 
unutishi yoki bir necha tillarning birliklarini aralashtirib yuborishi 
mumkin. 
Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash orqali bemorlarni 
samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. 
Lingvistika va tibbiyotning qo‗lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari 
neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. 
Hozirgi kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya, 
neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‗oyalari 


92 
va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika 
insonning 
olamni 
belgilashtirish 
tabiatini 
kompleks 
ravishda 
o‗rganishning bir tarmog‗i sifatida rivojlanib bormoqda. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Tilshunoslikni biologiya tarkibidagi fan sifatida tilni biologik hodisa 
sifatida o‗rgangan yo‗nalish? 
2.Tilshunoslik va nevrologiya oralig‗idagi fan. 
3. Nutq tovushlarining artikulyatsion belgisi qaysi fanda ham 
o‗rganiladi.
4.Neyrolingvistika haqida kim 1-ma‘lumot bergan?
5. Afaziyaning qanday turlari bor?
6.Afaziyaning qaysi turida bemor narsaning nomini esdan chiqaradi, 
biroq narsaning ko‗rinishini ko‗rsatib bera oladi? 
7.Afaziyaning qaysi turida bemor nutqni tushuna oladi, biroq so‗zlarni 
topolmay qiynaladi? 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin