O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
3.Yangi kovlab olingan tuganaklarni urugʻlik uchun qayta ekish 
urugʻlikning koʻpayish koeffisiyentini bir necha martagacha (10-12%) 
oshiradi. 
4. Bu usul bilan kartoshkaning nav va ekish sifatini yaxshilash va 
hosildorligini oshirish mumkin. Ikki hosilli ekin asosida yetishtirilgan 
tuganaklar yirik, silliq va rangdor boʻlib, yaxshi saqlanadi, kech 
nishlaydi, oʻsuv davri esa uzoq davom etadi. Chunki, kartoshka ikki 
hosilli ekin sifatida yozda yangi kovlab qayta ekilgan tuganaklaridan 
oʻstirilganda, hosilning shakllanishi va oʻsishi salqin oylarga 
(sentyabr–oktyabrga) toʻgʻri keladi. 
Olimlar tomonidan oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar yakuni kartoshkadan 
ikki hosil olish uchun takomillashgan, yangi texnologiya zarurligini 
koʻrsatdi. 
Tadqiqotlarimizning koʻrsatishicha, kartoshkani ikki hosilli ekin 
sifatida oʻstirib, undan moʻl va sifatli hosil olishda asosiy omillar 
quyidagilar ekanligi aniqlandi: 

Tinim davri qisqa yoki oʻstiruvchi stimulyatorlar ta‘sirida tez 
koʻkaradigan ertapishar va oʻrtaertapishar ekin navlarini toʻgʻri 
tanlash: 

Birinchi bahorgi hosilni oʻz vaqtida yetishtirish va yozda qayta ekish 
uchun paykalni tayyorlash; 

Yozda qayta ekilgan urugʻlik tuganaklarning tez, qiygʻos unib 
chiqishini ta‘minlash uchun samarali oʻstiruvchi va nishlatuvchi 
omillarni tanlab qoʻllash, barcha texnologik jarayonlarni maqsadga 
muvofiq ravishda amalga oshirish. 


104 
Kartoshkaning yangi kovlangan tuganaklarini tinim davridan chiqarishning 
kimyoviy, ayniqsa, fizikaviy usullaridan foydalanilganda qoʻshimcha mehnat 
sarflashga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, bu usullar hamma navlarda ham kutgan 
natijani bermaydi. Shuning uchun birinchidan tinim davri qisqa yoki uni buzish 
uchun sun‘iy usullardan foydalanish zarurati boʻlmagan ikki hosilli ekinga mos 
navlarini yaratish; ikkinchidan kartoshkani qisqa muddatda tinim davridan 
chiqarib, toʻla va qiygʻos oʻsimliklar olishni ta‘minlaydigan oʻstiruvchi va 
nishlatuvchi stimulyatorlarni ishlab chiqish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. 
Kartoshka ikkihosilli ekin sifatida oʻstirilganda, oʻsimlikning morfologik 
belgilari va biologik xususiyatlarining sezilarli oʻzgarishiga olib keladi. Yangi 
kovlab qayta ekilgan urugʻlik tuganaklar sekin va birin-ketin koʻkaradi. Koʻkargan 
oʻsimlik yer ustki qismi yaxshi rivojlanmagan mayda va barg sathi katta 
boʻlmagan 1-2 ta poya hosil qiladi. Boshqa xususiyati oʻsimlik koʻkargach jadal 
oʻsib, rivojlanadi, tuganak tugish erta boshlanadi. Ikkihosilli ekin 
morfologiyasidagi farq shundaki, stolonlar juda qisqa boʻlib, tuganaklar uya boʻlib 
gʻuj joylashadi. Har bir tupdagi tuganaklar soni 5-8 tadan oshmaydi. Vazni yirik, 
koʻrinishli boʻladi
Yozda yangi kovlab olingan tuganagi bilan ekib, ikki hosil olishga tinim davri 
qisqa tezpishar navlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Bu navlar bahorda ekilgan ertagi paykali toʻliq gullagach, 20-25 kun 
oʻtgandan soʻng (15-25 iyunda) palagi oʻrib tashlanadi yoki gektariga 15-20 kilo-
gramm magniy xlorat 500-600 litr suvda eritilib, desikasiya qilinadi. 
Palagi oʻrib tashlangan yoki desikasiya qilingan urugʻlik paykal hosili 20-25 
iyunlarda kovlab olinadi va 1-2 kun ichida vazni 30-80 grammlik tuganaklar 
kertiladi. Vazni 80 grammdan ziyodlari esa 2-3 boʻlakka boʻlinib, 30-35 
kilogrammdan qilib toʻr xaltalarga solinadi. Urugʻlik tuganaklar kesish, kertish va 
toʻrlarga joylash bilan birga, nishlatuvchi va oʻstiruvchi moddalar eritmasi 
tayyorlanadi. 
Buning uchun eni 80-100 sm,chuqurligi 70-90santimetr, uzunligi 2-
3metrchuqur (yama) kovlanib polietilen plyonkasi toʻshalib 500 litr tiniq suvda 5 


105 
kilogramm tiomochevina, 5 kilogramm radonlikaliy, 2,5 gramm gibberillin, 10 
gramm qahrabo kislotasi va roslin preparati aralashmasidan iborat eritma 
tayyorlanadi. 
Ushbu eritmada kertilgan va boʻlaklangan kartoshka tuganaklari 1,0-1,5 minut 
davomida ivitilib, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki 1,5-2 hafta qorongʻi salqin joyda 
soʻlitilib, soʻngra ekiladi. Lekin, bunda yorugʻlik tuganaklar ekiladigan dalalar 
haydalgan bedapoya, kuzgi don va oraliq ekinlardan boʻshagan, begona oʻtlardan, 
kasalliklardan toza, sugʻorilgan boʻlishi lozim. 
Kovlab qayta ekilayotgan tuganaklar unuvchanligi va hosildorligini 
oshirishda 
yangi 
istiqbolli 
va 
respublikamizda 
mavjud 
oʻstiruvchi 
stimulyatorlardan (PPK-1, Roslinkabilardan) foydalanish hamda ertagi kartoshka 
palagi gullagach 20-kuni uni oʻrib tashlash, ayniqsa desikasiya qilish maqsadga 
muvofiq boʻladi. 
Ekish muddati 25-30 iyundan kechikmasligi shart. Ekish chuqurligi 8-10 sm, 
qalinligi, esa har gektarda 70-93 ming tup boʻlib, 70x 15-20 santimetr sxemada 
ekiladi. Yangi kovlab, qayta ekilgan tuganaklardan oʻsimliklar 30-35 kundan soʻng 
paydo boʻladi. 
Bu davrda dala tez-tez (4-6 kun oralatib), kam normada sugʻorib turiladi, 
tuproq yumshatiladi va begona oʻtlardan tozalanadi. Qolgan agrotexnik tadbirlar 
odatdagidek oʻtkaziladi. Bu texnologiyada kartoshka yetishtirilganda palakning 
sargʻayishi, qurib qolishi kuzatilmaydi. Balki, koʻpchilik hollarda kartoshka hosili 
palaklarni dastlabki qora sovuq urib ketgach, kovlab olinadi. Kartoshka bahorda, 
shuningdek yozda qayta ekilganda ham urugʻlik paykallarni kasallangan va 
aynigan oʻsimliklardan tozalash, urugʻlik tuganaklarni shakli, rangi va vazniga 
qarab tanlash shart. 
Yuqoridagi tartibda kartoshkani yozda yangi kovlangan tuganaklari bilan 
katta maydonlarga ekib, Tayloq, Jomboy, Boʻlungʻur, Chelak, Oqdaryo tumanlari 
Ulugʻbek, Bogʻizogʻon, A.Temur, Jumabozor, Qoʻshchinor va oʻnlab fermer 
xoʻjaliklarida har gektardan 150-180 sentnerdan mahsuldor urugʻbop hosil 
olinmoqda. Ya‘ni kuzda kovlab olingan tuganaklar erta bahorda kelgusi yil urugʻ 


106 
sifatida ekilganda, odatdagi urugʻlik tuganaklar ekilgan dalaga nisbatan gektaridan 
41-60 sentner yuqori hosil olishni ta‘minlamoqda. Bu esa mahalliy urugʻchilikni 
tashkil etishga imkoniyat yaratmoqda. 
Oʻstiruvchi stimulyatorlar va fungisid eritmasida ishlangan urugʻlik 
tuganaklar salqin, qorongʻi, namligi 65-70 % boʻlgan joylarda 4-5 kunda nishlatib, 
soʻngra oqnish (oʻsimta)lar 2-3 kun yorugʻlikda yashil rangga kirib, 
baquvvatlashgach, kuzgi bugʻdoydan boʻshagan yerlarga 20-25 iyunlarda ekilsa 
boʻladi. 
Kartoshkaning turli navlari ikki hosilli ekinsifatida oʻstirilganda hosilorligi 
gektaridan 9,1 (Brayt) dan 21,3 (Kondor) tonnagacha oʻzgarishi mumkin.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin