99
YOZGI MUDDATDA EKIB KARTOSHKA OʻSTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Darsning maqsadi: Yozgi muddatda kartoshka
yetishtirishnini texnologik
elemintlari toʻgʻrisida talabalarga koʻnikmalar hosil qilish.
Topshiriq:
1. Yozgi muddatda kartoshka yetishtirishda oʻtmishdosh ekinlarni ahamiyatini
oʻrganish.
2. Yozgi muddatda kartoshka yetishtirish boʻyicha texnologik xarita tuzish.
Yer tanlash va tayyorlash. Haydalgan bedapoya, kuzgi gʻalla
va oraliq
ekinlardan boʻshagan yerlarga yozda kechki kartoshka ekiladi.
Yerni tayyorlash
sugʻorish, chuqur agʻdarmay haydash, chizel va bir yoʻla boronalashdan iborat.
Oʻgʻitlash. Kechki kartoshkaga yerni haydash oldidan gektariga 25-30 tonna
chirigan goʻng. 300-350 kg ammofos va 150-200 kg kaliy tuzi solinadi.
Nav tanlash. Yozda ekib, qishki va urugʻlik kartoshka hosili olishda oʻrta va
oʻrtakechpishar; Quvonch-16/56m, Baxro-30, Hamkor-1150, Toʻyimli, Arinda,
Bardoshli-3 , Gollandiyadan keltirilgan Sante, Romano, Marfona, Kondor, Binella,
Kosmos navlarini 15 iyundan 5 iyulgacha ekish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa,
oʻrtapishar va kechki navlarning urugʻlik tuganaklarini yozgi qilib ekish yaxshi.
Chunki, ular omborxonalarda ekishgacha soʻlimay va koʻp nishlamay saqlanadi.
Oʻsimtalarni sindirish. Kechki qilib yozda ekishgacha saqlangan urugʻlik
tuganaklar haddan tashqari koʻkarib ketadi. Uzun oʻsimtali
tuganaklarni ekish
qiyin va bunday urugʻliklar hosili koʻpincha kam boʻladi.
Shuning uchun
oʻsimtalar uzunligi 8-12 sm ga yetganda 1-2 marta sindiriladi.
Oxirgi marta
oʻsimtalarni sindirish ekishga 10-12 kun qolganda oʻtkaziladi.
Natijada ekilgan
tuganaklarning ancha erta va qiygʻos unib chiqishi ta‘minlanadi.
Dostları ilə paylaş: