O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Klonlarni ikinchi yil sinash pitomnigi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Klonlarni ikinchi yil sinash pitomnigi. Ikkinchi yil klonlarini sinashda uch 
marta tozalash (fitoprochistka) o`tkaziladi. Har bir klondagi 30% oʻsimliklarda 


51 
serologik analizlar o`tkaziladi. Vizual va serologik analizlar natijasida kasallangan 
oʻsimliklar topilgan klon oilalarda to`liq serologik analizlar o`tkaziladi. 
Kasallangan oʻsimliklar to`liq olib tashlanadi. 
Supersuperelita, superelita, elita pitomniklari. Bu pitomniklarda vizual 
kuzatishlar natijasida uch marta tozalash oʻtkaziladi. Yashirin xoldagi viruslarni 
aniqlash uchun urugʻlash maydonining kattaligiga qarab namunalar olinadi: 25 
ga. gacha boʻlgan maydonlardan 25 namuna, bunda har bir namuna 20 tup 
oʻsimlikdan olinadi (jami 500 oʻsimlik). 
Katta maydonlarga esa 15 ga. dan koʻproq qismi uchun, har 5 ga. yer 
xisobiga 2 namuna (40 oʻsimlik ) qoʻshiladi. Ya‘ni 25 namuna emas 27 namuna 
olinadi. 
Urugʻchilik qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining muhim tarmogʻi boʻlib, 
yaxshi tashkil etilgan urugʻchilik asosida ekinlardan muttasil yuqori va sifatli hosil 
olishni ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, biologik moʻtadil iqlim ekini boʻlgan 
kartoshkaning urugʻchiligini Oʻzbekistonning issiq iqlim va nisbiy namligi 
pastligi bilan harakterlanadigan sharoitda tashkillashtirishning oʻziga xos 
qiyinchiliklari mavjud. Chunki, bunday sharoitda urugʻlik material tezda oʻz 
sifatlarini pasaytirib ―ayniydi‖ va ekinboplik sifatlari va natijada hosildorligi 
keskin pasayadi. 
Bundan tashqari respublika sharoitida kartoshkaning virus kasalliklari keng 
tarqalgan boʻlib ular ekinning hosildorligini kasallik turi, tashqi sharoit, kartoshka 
navi va qoʻllaniladigan agrotexnikaga bogʻliq ravishda 30 % va undan ortiq 
pasaytirib yuboradi. 
Shuning uchun respublika sharoitining tuproq-iqlim xususiyatlari hamda 
ekinning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda olimlarimiz tomonidan 
bahorgi, yozgi va ikki hosillik ekin asosida kartoshkaning sifatli urugʻlarini 
yetishtirishga qaratilgan samarali urugʻchilik tizimi va sxemasi ishlab chiqilgan va 
ishlab chiqarishga joriy etilgan. 


52 
Vizual 
Serologik 
analizlar 
yordamida 
Olimlarimiz tomonidan Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan 
holda ishlab chiqilgan va respublika qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan quyidagi usullar va sxemalarda olib boriladi. 
1. An‘anaviylashgan usulida kartoshkaning elita urugʻlarini yetishtirish. 
Tanlash asosida kartoshkaning elita urugʻlarini yetishtirish uchun sogʻlom 
oʻsimliklar urugʻlik paykallardan vizual usulda hamda bu usul bilan serologik va 
immunoferment analizlar yordamida tanlab olishga asoslangan.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin