Uchki meristema usulida sogʻlom tuganaklar olish va ulardan elita yetishtirish tartibi. Keyingi vaqtlarda oʻsimliklarni termoterapiya va uchki
(apikal) meristema to`qima usulida sogʻlomlashtirish yaxshi natijalarni bermoqda.
Bu usullar quyidagicha o`tkaziladi.
Kartoshka tuganaklarini issiq haroratda ushlash ularni barg buralish
kasalligidan holi qilishga yordam beradi. Buning uchun tuganaklar termostatda 35
– 37
0
C haroratda va 90% namlik sharoitida 30 sutka va undan ham ko`proq vaqt
ushlanadi. Bu vaqt davomida tuganaklar 3 – 4 sm uzunlikdagi o`simtalar hosil
qiladi. Bu o`simtalar sindirib olinib, 1 % li diasid eritmasida sterillanadi va
meristema toqimasi ajratib olinib, koʻpaytiriladi.
Meristemani ajratib olish maxsus bokslarda, steril asboblar bilan binokulyar
mikroskop ostida olib boriladi. Olingan meristema to`qimalari (150 – 200 mikron
kattalikdagi) Murasige – Skuga oziq moddalari muhiti solingan probirkalarga
qoʻyiladi va 25 – 27
0
C havo harorati, 70 – 80 % namlikda sutkasiga 16 soat
davomida 12 – 15 ming lyuks yorug`lik ta‘minlanib oʻstiriladi. Meristema
to`qimalari 3 – 5 mm kattalikka yetganida ular yangi ozuqa muhitiga ko`chirib
o`tkaziladi. Bu probirkadagi oʻsimliklar 7 – 8 sm.ga yetganidan keyin, ular bog`im
oraliqlari bo`yicha bo`laklarga bo`linib, yangi ozuqa muhitiga o`tkaziladi. Shu
tartibda kerakli miqdordagi sogʻlom oʻsimliklar olinadi.
56
3 rasm. Kartoshkani uchki meristemasidan ajratib mini tuganaklar yetishtirish sxemasi Olingan meristema oʻsimliklari liniyalarida viruslarning bor yoki yo`qligini
tekshirib ko`rish uchun turli usullardan (elektron – mikroskop, indikator,
immunoferment va serologik) foydalaniladi. Sogʻlom oʻsimliklar keyingi
ko`paytirishlar uchun qoldiriladi. Bu oʻsimliklardan sogʻlom tuganaklar olish
uchun ular torf, kam va yog`och qirindilari 1:1:1 nisbatdagi aralashmasiga ekiladi.
Olingan ko`chatlar issiqxona yoki dokalar bilan o`ralgan uychalarda ekilib,
tuganaklar olinadi. Bunday tuganaklar ko`paytirilib, birlamchi urugʻchilik
pitomniklariga beriladi. Bunday usulda sogʻlomlashtirilgan oʻsimliklar bargining
ko`rinishi ( 4 – rasmda) keltirilgan.
Meristema to`qimalarini ajratib olish, o`stirish va ko`paytirish ishlari
harorat, namlik va yorug`lik sun‘iy boshqarib turadigan uskunalar o`rnatilgan
joylarda o`tkaziladi. Shuning uchun ham sogʻlomlashtirish ishlari maxsus
biotexnologik laboratoriya bo`lishi hamda yuqori malakali mutaxassislar mexnatini
talab qiladi.
57
Sogʻlomlashtirish ishlari birlamchi urugʻchilik bilan shug`ullanadigan ilmiy
– tadqiqot muassasalarida olib boriladi.